Sug’urtani turkumlash (klassifikatsiyalash)
- 1) sug’urta turlarini
ierarxiya ko’rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va turlarga bo’linishi.
Bunda har bir keyingi bo’g’in oldingi bo’g’inning bir qismi shaklida
ifodalanadi. Sug’urta ob’ekti sug’urtaning toifasi, sug’urta javobgarligining
hajmi va sug’urta qismining shakli sug’urtani turkumlashning asosiy mezoni
bo’lib hisoblanadi. 2) xorij amaliyotida sug’urta turlarini tartiblashtirilgan
tizimi. Hozirgi vaqtda Evropa Ittifoqi davlatlarida sug’urtaning yagona
klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va hayotga joriy etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |