Siyosiy tavakkalchilik
- davlat organlarining hatti-xarakati yoxud
uyushgan shaxslar guruhining siyosiy talab bo’yicha chiqishi natijasida
vujudga keladigan xavf. Siyosiy tavakkalchilikga urush xarakatlari, siyosiy
hokimiyatning yoki tuzumning o’zgarishi, qonun xujjatlaridagi o’zgarishlar,
fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish tashlashlari, milliylashtirish,
konfiskatsiya kiradi. Siyosiy tavakkalchilik ro’y bergan vaqtda sug’urta
kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo’ladi. Chunki siyosiy tavakkalchiliklar,
faqat, davlatga qarashli maxsus sug’urta kompaniyalari tomonidan
sug’urtalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |