Tashkil etish Muhokama ikki xil yo‘lda tashkil etilishi mumkin.
Birinchisi – vertikal usul, bunda afzalliklar va kamchiliklar alohida ko‘rib
chiqiladi.
7
Stephen Bailey. Academic Writing. A Handbook for international student`s. London, 2015, 14: 68-71; 86-90;
126-128; 208-210; 217-223-betlar.
95
Ushbu birikmalar
kam uchraydigan
fikrlar uchun
qo‘llaniladi:
Bahs kelib chiqishi
mumkin, uyda ishlash
vaqtni tejaydi.
Bir fikr shuki, uyda
ishlovchilar o‘zlarini
yolg‘iz his qilishadi.
Ikkinchisi – gorizontal, bu usulda esa mavzu turli nuqtai nazardan yoritiladi.
Vertikal Salbiy tomoni: Qamoqxonalar qimmat, ularni “jinoyat
universitetlari” deb atash mumkin, ko‘p mahbuslar qamoqxonani tark etgandan
so‘ng ham yana jinoyatga qo‘l urishadi, aksar mahbuslar tuzatib bo‘lmaydigan
ma’naviy kasallikka chalinishadi.
Foydali tomoni: Qamoqxonalar xavfli jinoyatchilarni jamiyatdan butunlay
ayirib qo‘yishadi, jinoiy harakatlarni oldini oladi, jinoyatni ja zosiz qoldirmaydi.
Muhokama: Mamlakatlarda jinoyatchilar soni oshib bormoqda, ammo
qamoqxonalar doimo jamiyatda ularga qarshi kurashuvchi kuch bo‘lib xizmat
qiladi.
Gorizontal Iqtisodiy:
Jinoyatchilarini saqlash xarajatlarini ta’minlaydi.
Boshqacha jazo turlari bilan taqqoslang.
Axloqiy:
Qamoqlar jinoyatchilarni o‘zgartirib yuboradimi? Mahbuslarning
qanday huquqlari bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz? Nohaq qamashga nima sabab
bo‘ladi?
Ijtimoiy:
Qamalishning mahbus oilasiga ta’siri, ayniqsa u farzandli ayol
bo‘lsa. Qolaversa, begunoh qurbonlarning erta o‘limi-chi?
Muhokama:
Mamlakatlarda jinoyatchilar soni oshib bormoqda, ammo
qamoqxonalar doimo jamiyatda ularga qarshi kurashuvchi kuch bo‘lib xizmat
qiladi.
Qaysi shakl afzalroq ekan, sizningcha Quyidagi (vertikalmi, gorizontalmi)?
mavzuda esse yozishingiz talab etiladi:
Jadvalga fikrlaringizni yozib qo‘ying (ijobiy va
salbiy xususiyatlarini ajratgan holda). So‘ng esa vertikal
yoki gorizontal strukturalardan birini belgilab oling.
Masalan, quyidagi esse mavzusi ko‘rsatilganidek
ikki
xil
uslubda
muhokama
qilinishi
mumkin:
qamoqxonalarning
jinoyatchilardan
foydala-nishi
cheklanishi kerak.Muhokama qilinadi.
96
Muhokama tili
Mavzuni yoritayotganingizda menimcha, mening fikrimcha, o‘ylaymanki
kabi subyektiv iboralardan foydalanmang, uning o‘rniga obyektiv birikmalardan
foydalaning.
Umuman olganda, uyda ishlash yo‘lga ketadigan vaqtni tejaydi.
Ko‘pchilik biladiki, e-mail va Internet
xizmati ofis ishlarini ham bajaradi.
Ko‘pchilikda hamkasblar bilan yuzma-yuz
muloqotga zarurat tug‘iladi.
Bo‘lishi mumkin, ko‘proq korxonalar uyda
turib ishlashni qo‘llab-quvvatlashadi.
Vaziyat shuni taqozo etadiki, muayyan
kishilar o‘zlari mustaqil ish olib borishni yoqlashadi.
Agar fikrlaringizni faktlar bilan to‘ldirmoqchi
bo‘lsangiz, quyidagidek birikmalardan foydalaning:
Emersonning
fikricha
(2003),
rivojlangan
prinsiplar-ga ega kompaniyalar kamchi-likni tashkil
etadi. Poledna (2007) ta’kidlaydiki, aksariyat xodimlar
qulay
ish
jarayonida
mehnat
unumdor-ligiga
erishadilar.
Qarshi fikrlar
Qarshi fikrlar qarashlarga teskari bo‘lishi mumkin. Mavzuni ilmiy muhokama
qilayotganda masalaning ikkala tomoni haqida ham qarashlarni bildirib, o‘z
fikrlaringizni dalillar bilan qo‘llab-quvvatlashingiz lozim. Odatda, o‘z g‘oyangizni
taqdim etishdan avval unga teskari bo‘lgan qarashlarni keltirish ma’qulroq.
Qamoqxonalar mavzusida yozilgan quyidagi misolda muallifning munosabati
qanday?
Ma’lumki, qamoqxonlar xavfli jinoyatchilarni qamash va ularga mos jazoni
qo‘llash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Bu ma’lum holatlarda to‘g‘ri bo‘lishi
mumkin, lekin shu bilan birga ular ko‘pincha “jinoyat universitetlari” sifatida
Ralf Uoldo Emerson
(1803-1882)
Amerikalik shoir, faylasuf,
lector, jamoat arbobi; eng
taniqli AQSh allomalari va
yozuvchilaridan biri.
O‘zining “Tabiyat”
essesida birinchi bo’lib
Transandantalizm
falsafasini bildirdi va
shakllantirdi.
97
jinoiy xatti-harakatlarni jadallashtirishga ham xizmat qiladi. Mahbuslarning
hammasi ham xavfli emas va boshqa vositalar orqali ularga samarali ta’sir qilish
mumkin.
Esselar ham, hisobotlar ham o‘z ichiga batafsil ravishda ko‘rib chiqilgan aniq
vaziyatlarni misol tariqasida olishi mumkin. Bir aniq vaziyat essening asosiy
mavzusi bo‘lishi yoki esse har xil vaziyatlarni ko‘rsatish uchun bir necha
misollarga ega bo‘lishi mumkin.
Aniq vaziyatlar usuli aniq bir holatda nima ro‘y berganini ko‘rsatishga
intiladi. Masalan, agar siz qishloq hududlarida bezgak bilan kurashish usullarida
izlanayotgan bo‘lsangiz, Indoneziyaning aniq hududida tibbiy xizmatchilar oylar
davomida ko‘rgan choralarini ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Aniq vaziyatlar usullarini qo‘llashning afzalliklari qanday?
Uning yetishmovchiliklari bormi?
Do'stlaringiz bilan baham: |