Terminlar
rasmiylashgan so`zlar
bo`lganligi sababli
respublika miqyosida,
hatto dunyo miqyosida
bir tushunchani
anglatadi.
20
Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud
mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos
spetsifik terminlari bilan ish ko‘radi.
Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki
og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda
mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor
doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi
tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi
terminlar
iqtisodiyotdan
uzoqroq
biror
kasb
egasining nutqida ishlatilmaydi.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki
fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va
terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb
ataladi.
Masalan,
matematika
terminologiyasi,
tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi
va boshqalar.
Zero,
ayrim
leksikografik
ishlarni
hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda
o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan
sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan.
Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan
kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha
o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, bilim
sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi,
ilmiy tafakkur doirasining kengayishi, sobiq
ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at
tarkibining
boyib
borishi,
binobarin,
tilda
terminlarning ko‘payib borishi ularni (terminlarni)
har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga
turtki bo‘lgan edi.
O‘zbek tilshunosligida
terminlarni o‘rganish,
ularni tartibga solish,
terminologik lug‘atlar
tuzish kabi qator chora-
tadbirlar XX asrning
20-yillari o‘rtalaridan
boshlangan.
Iqtisodiyot sohasining
qator terminlari ham
borki, ular muayyan til
egalarining deyarli
barchasi nutqida bab-
baravar ishlatilaveradi.
Bozor, mol, savdo,
savdo-sotiq, pul,
haridor, bozorchi, olib-
sotar, chayqovchi
kabilar shular
jumlasidandir.
21
O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga
oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har
tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish,
asosan, 1950-yillardan keyin izchilroq tus ola
boshladi; termin va terminologiyaning nazariy
masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan
sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga
bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga
keldi, mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga
kirishildi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va
nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish,
termin
qo‘llashni
tartibga
solish
davlat
ahamiyatidagi masalaga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili
haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining
ish
boshlashi,
terminologiya
masalalariga
bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-
amaliy,
ilmiy-nazariy
konferensiyalarning
o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.
RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten
nashr etishni yo‘lga qo‘ydi, unda o‘zbek tili terminologiyasining dolzarb
masalalariga bag‘ishlangan qator maqolalari bilan birga, har bir qo‘llanuvchi
terminlarning ro‘yxati ham berib borildi.
Shuni qayd etish lozimki, Atamaqo‘m RMTK an’anasini davom ettirib,
ko‘rsatilgan “Byulleten” ni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi.
Ta’kidlash lozimki, Atamaqo‘m keyingi yillarda o‘zbek tili terminologiyasi
tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har xilligiga chek qo‘yish borasida
1984-yilda O‘zbekiston
Fanlar akademiyasi
Prezidiumi qoshidagi
Respublika
Muassasalararo
terminologik komissiya
(RMTK)ning
Atamashunoslik
qo`mitasi tashkil
etilgan.
22
ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, respublikamizda
terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib yuborildi. Xususan, uning
tashabbusi bilan terminlarni nomlash prinsiplari ishlab chiqildi va e’lon qilindi.
O‘zbek tilining iqtisodiy terminlarini to‘plash, sistema lashtirish, ilmiy nuqtai
nazardan tadqiq etish va shu asosda bu terminologik tizimni imkon boricha tartibga
solish zarurati tug‘ildi.
Shuni aytish kerakki, tilda an’anaviy
tarzda qadimdan saqlanib kelayotgan iqtisodiy
atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar
o‘rtasida juda katta farq bor.
Qadimgi iqtisodiy atamalarning miqdori ancha
cheklangan bo‘lsa, hozirgi yangi davr, ya’ni bozor
iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisod terminlariga
ehtiyoj ortishi munosabati bilan iqtisodiy terminlar
benihoya boyib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |