Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/278
Sana26.08.2021
Hajmi5,15 Mb.
#156492
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   278
Bog'liq
akademik yozuv va notiqlik

ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar turiga kiradi. 
Shartnoma    -  ikki  yoki  undan  ortiq  tomonning  fuqarolik  huquqlari  va 
majburiyatlarini  belgilash,  o‘zgartirish  yoki  to`xtatish 
yo`lidagi  kelishuvidir.  Shartnoma  to‘g‘risidagi  umumiy 
qoidalar  O`zbekistan  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi 
(353-385-moddalar)da  bayon  etilgan.  Shartnoma  davlat 
yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, 
shuningdek, 
fuqarolar 
o‘rtasida  tuzilishi  mumkin. 
Shartnoma  munosabatlari  muassasa  bilan  ayrim  shaxs  yoki 
shaxslar  o`rtasida  o`rnatilayotgan  bo‘lsa,  bunda  tuzilajak 
hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi. 
Shartnomada  tomonlar  bajarishi  lozim  bo‘lgan  shartlar  va  boshqa 
majburiyatlar ko`rsatiladi. Ba’zi shartnomalarda olingan majburiyatni bajarmaslik 
natijasida  keltiriladigan  zararni  to`lash  tadbirlari  ham  belgilanadi.  Tomonlar 
shartnomaning  barcha  moddalari  bo`yicha  bir  bitimga  kelganlaridan  keyin 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil 
ko‘rinishga  ega:  mahsulot  yetkazib  berish  haqida,  qishloq  xo`jalik  mahsulotlarini 
davlat yo`li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va 
inshootlar  ko`rilishi  haqida,  turar  joy  ijarasi  haqida,  uy-joy  yoki  transport 
vositalarini  oldi-sotdi,  hadya  qilish,  almashtirish,  mol-mulkni  ijaraga  olish,  qarz 
berish  haqida  va  boshqalar.  Muassasalar  o`rtasida  keng  tarqalgan  shartnoma 
turlariga  mol  (tovar)  yetkazib  berish,  pudrat,  imoratlar  ijarasi,  asbob-uskunalarni 
o`rnatish  haqidagi  shartnomalarni  ko`rsatish  mumkin.  Har  qanday  shartnoma  o`z 
mazmuni  va  shakliga  ko`ra  qonunga  muvofiq  bo`lishi  kerak.  Bu  qoidaning 
buzilishi  shartnomaning  qonuniy  kuchini  yo`qqa  chiqaradi  va  uni  shu  ahvolda 
tuzgan yoki tuzishga yo`l qo`ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi. 
Shartnomalar  og`zaki,  yozma  usulda  tuzilishi  hamda  notarial  idoralar  tomonidan 
tasdiqlangan tarzda ham bo`lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, 
Shartnoma 
tomonlarning 
biron-bir 
munosabatlar 
o`rnatish haqidagi 
kelishuvi (bitimi)ni 
qayd etuvchi va 
munosabatlarni 
tartibga soluvchi 
hujjatdir.
 


110 
 
imoratlarni  oldi-sotdi  shartnomasi  tegishli  davlat  idoralarida  qayd  qilinishi  zarur. 
Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo`llanadi. 
Shartnoma  muassasalarga  tegishli  bo`lganda,  tomonlar  imzolagunga  qadar, 
unda  muayyan  muassasa  hisobchisi  va  adliya  maslahatchisining  rozilik  belgisi 
(vizasi) bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va 
qismlari  bo`yicha  kelishib  olib,  uni  tegishli  ravishda  rasmiylashtirganidan 
keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.  
Buyruq  –  mazkur  huquqiy  hujjat  muayyan  muassasa  asosiy  va  kundalik 
masalalarni  hal  qilish  maqsadida  qo‘llaniladi.  Buyruq  uchun  qog`oz  (blanka)lar  
A4  hajmli  (310*297)  qog‘ozga  tayyorlanadi.  Mohiyat-e’tibori  bilan  buyruqlar 
ikkiga  bo‘linadi:  asosiy  faoliyatga  oid  va  kadrlar  Shaxsiy  tarkibiga  oid.Asosiy 
faoliyatga  oid  buyruqlar  ishni  tashkil  qilish,  muassasa  yoki  uning  bo‘limlari 
faoliyatini    tartibga  solishda  qo‘llaniladi.  Ularda,  odatda,  yuqori  tashkilotlardan 
kelgan ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq 
tadbir-choralar  belgilanadi,  mas’ul  shaxslar  va  bajarish  muddati  tayinlanadi. 
Buyruq  vositasida  rahbar  tashkilotning  ishlab  chiqarish,  rejalashtirish,  hisobot, 
moliyalashtirish, kredit ajratish, mahsulot sotish faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyati, 
tashkilot  tuzilmasini  takomillashtirish  va  ishlarni  tashkil  etish  hamda  boshqa 
masalalar bo‘yicha amaliy ish yuritiladi. 
Shartnoma 
muassasalarga 
tegishli 
bo`lganda, 
tomonlarim  zolagunga  qadar,  unda  muayyan  muassasa 
hisobchisi 
va 
adliya 
maslahatchisining 
rozilik 
belgisi(vizasi) bo`lishi maqsadga muvofiqdir. 
 Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari 
bo`yicha 
kelishi 
bolib, 
uni 
tegishli 
ravishda 
rasmiylashtirganidan 
keyingina 
shartnoma 
tuzilgan 
hisoblanadi.  
Ichki  mehnat tartiboti  qoidalari, mukofotlash  nizomi 
va  shu  kabilarni  tasdiqlash  bilan  bog‘liq  me’yoriy 
buyruqlar  ham  asosiy  faoliyatga  oid  buyruqlar  sirasiga  kiradi.  Buyruqqa  tegishli 
Buyruq -                                              
mazkur huquqiy hujjat 
muayyan muassasa 
asosiy va kundalik 
masalalarni hal qilish 
maqsadida 
qo‘llaniladi. Buyruq 
uchun
 
qog`oz 
(blanka)lar  A4 
hajmli (310*297) 
qog‘ozga 
tayyorlanadi.
 


111 
 
imzolar qo‘yilib, u blankaga ko‘chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Rahbar 
imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan tegishli daftarga 
qayd etiladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan 
tarkib  topadi.  Asoslovchi  (kirish)  qismida  buyruqdan  maqsad,  shart-sharoit, 
sabablar  ko‘rsatiladi,  asos  qilib  olinayotgan  buyruqqa  havola  qilinadi  (nomi, 
raqami, sanasi yoziladi).  
Buyruqning  farmoyish  qismi    yangi  satrdan,  bosh  harflar  bilan  yoziladi 
“BUYURAMAN”  so‘zi  bilan  boshlanadi.  Shu  so‘zdan  so‘ng  ikki  nuqta  qo‘yilib 
yangi satrda farmoyishlar beriladi.  
Farmoyishlarda  odatda  kim  qanday  vazifani,  qaysi  muddatda  bajarilishi 
ko‘rsatiladi.  Buyruqning  farmoyish  qismi  oxirida  buyruqni  nazorat  qilish  kimga 
yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi.  

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish