To‘rtinchidan, auksionda quyidagi qiymatdagi tovarlarni xarid qilish taqiqlanadi: • 2,5 ming EKIH va undan ortiq – byudjyet buyurtmachilari uchun; • 5 ming EKIH va undan ortiq – korporativ buyurtmachilar uchun. Beshinchidan, auksion faqat elektron formatda Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida o‘tkaziladi. Tadbirkorlik sub'yektlarining auksionda ishtiroki elektron raqamli imzoni olish, portalda ro‘yxatdan o‘tish va avans to‘lovlarini amalga oshirish (operator haqi – bitim summasining 0,15%i va zakalat -boshlang‘ich narxning 3%i kiritiladi) bilan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |