Auktsion qator xususiyatlarga ega. Birinchidan, unda davlat buyurtmachilari faqat tovar sotib olishlari mumkin. Ishlar va xizmatlarni u yerda xarid qilish taqiqlangan – tadbirkorlik sub'yektlari ularni faqat elektron do‘konda, tanlov va tender bo‘yicha sotishlari mumkin. Ikkinchidan, auksionda xarid qilinadigan tovarlar standart xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunda tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zarurati mavjud bo‘lmasligi kerak.Ya'ni buyurtmachining to‘laqonli texnik topshiriq tuzishi talab etilmaydi. Shu bilan birga u auksion predmeti xususiyatlarini (tasnifini) batafsil ta'riflashga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |