Ilmiy-tadqiqot ishlarida va amaliyotda statistik jadvallar keng qo‘llaniladi. Statistik svodkalash va guruhlash natijalari statistik jadvallarda aks ettiriladi. Barcha jadvallar ham statistik jadval bo‘la olmaydi. Ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni aniq, ravshan aks ettiruvchi samarali usul statistik jadval deb ataladi. Statistik jadvallar logorifmlik, ko‘paytirish (karra) va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Statistik jadvallarda birinchidan, haqiqiy ma’lumotlarni hisoblangan natijalari aks ettiriladi; ikkinchidan, statistik to‘plam ma’lumotlarini jamlash va qayta ishlash natijasida paydo bo‘ladi; uchinchidan, ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan hodisalarni tahlil qilish vositasi hisoblanadi. E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |