30
Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to’ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni
maketi deyiladi (1-sxema).
Statistik jadvallar o’z egasi va kesimiga ega bo’lishadi. Jadvalda gap nima
ustida borayotgan bo’lsa, o’sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi
ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi.
Odatda ega jadvalning chap
tomonida, ya’ni yotiq qatorlarda, kesim esa jadvalning o’ng tomonida, ya’ni
ustunlarda joylashtiriladi. Tekshirish maqsadi va mavjud ma’lumotlarning
xarakteriga qarab buning teskarisi ham bo’lishi mumkin, ya’ni ega o’ng tomonda,
kesim esa chap tomonda joylashtiriladi.
Har qanday tuzilgan va to’ldirilgan jadval umumiy nomga ega bo’lishi kerak.
Jadvalning umumiy nomi uni ustida keltirilib, uning mazmunini o’zida ifoda etishi
kerak. Jadvaldagi qatorlar va ustunlar ham nomlanadi va iloji boricha nomerlanadi.
Statistik
jadvallar, ega xarakteriga qarab: oddiy; guruhiy (gruppali);
kombinatsion jadvallarga; kesim xarakteriga qarab: kesimi oddiy ishlab chiqilgan;
kesim
kombinatsiya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi bo’yicha: informatsiya
tavsifli; analitik; tipologik; maxsus tayinlangan (balans, matritsa va h.k.)
jadvallarga bo’linadi.
Oddiy jadvallar deb egasi faqat hodisalar, yillar, ob’ektlar ro’yxatidan tashkil
topgan jadvallarga aytiladi.
Oddiy jadvallar, ma’lumotlarni berilishiga qarab sanoqli, territorial va
xronologik jadvallarga bo’linadi. Jadval egasida hodisalar sanog’i berilishi
mumkin.
1 - jadval ma’lumotlari tuman oziq-ovqat do’konlarida
qanday tovarlar
sotilayotganligi va sotish hajmini har bir tovar guruhi bo’yicha qanday o’zgarib
borishi haqida juda qiziqarli informatsiyani bizga taqdim etmoqda.
Oddiy jadvalda faqat sanoqli, hududiy va xronologik tamoyil bilan berilgan
informatsiyani kamroq o’rganamiz, asosan, ko’pchilik joyda, bu uchala tamoyil
birgalikda qo’llaniladi.
1-jadval
Yunusobod tumani oziq-ovqat do’konlarida sotilgan mahsulotlar hajmi
Tovarlar
N y.
N+1 y.
N+2y.
Non va non mahsulotlari
2117,8
2118,3
2200,1
Sut va sut mahsulotlari
1821,4
1717,7
1819,2
Go’sht va tovuq
3030,3
3131,4
3141,8
Ichimliklar (alkogolsiz)
1917,6
1821,5
1800,4
Guruhiy (gruppali) jadvallar deganda jadval egasi biron-bir belgi bo’yicha
guruhlarga ajratib berilgan jadvalga aytiladi.
Yunusobod tumanida 30 ta oziq-ovqat do’koni mavjud. Shu do’konlarda
tovar
oborotining hajmi va muomala xarajatlari nisbiy darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni
31
o’rganish uchun analitik guruhlash metodini qo’lladik. Olingan natijalar 2-jadval
keltirilgan.
2- jadvalda (guruhiy) juda qiziq ma’lumotlar keltirilgan, ya’ni tovar oboroti
va muomala xarajatlarining mutlaq hajmi o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish,
tovar oborotining mutlaq hajmi va muomala harajatlarining nisbiy darajasi
o’rtasida teskari bog’lanish mavjudligi aniqlangan. Bu
aloqalar statistikada juft
aloqalar (bu masalalar keyingi mavzularda juda keng yoritiladi) deyiladi, ya’ni bir
omilning natijaga ta’siri o’rganiladi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: