Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


-MAVZU: JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN SOLIQ



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

-MAVZU: JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN SOLIQ 
MAJBURIYATLARINI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH 
Reja: 
1. Jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarilishini nazorat 
qilish maqsadida uchastka soliq inspektori faoliyatini tashkil qilish. 
2. Soliq tayanch punkti va uchastka soliq inspektorining asosiy vazifalari. 
3. Uchastka soliq inspektorining huquq va majburiyatlari. 
4. Uchastka soliq inspektorining ish faoliyatini nazorat qilish va lavozimiga 
tayinlanadigan xodimga qo’yiladigan talablar. 
5.Soliq qonunchiligini buzgan jismoniy shaxslarga qo’llaniladigan choralar. 
Tayanch so’zlar: 
Uchastka soliq inspektori, soliq qonunchili, soliq 
majburiyatlarini, soliq tayanch punkti, noqonuniy savdo-sotiq faoliyati. 
 
1. Jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarilishini 
nazorat qilish maqsadida uchastka soliq inspektori faoliyatini tashkil qilish. 
Soliq to‘lovchilar, soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq 
ob’ektlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta‘minlash maqsadida davlat soliq 
xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari lavozimi tashkil etiladi. 
Uchastkalarning chegaralari, shuningdek uchastka soliq inspektorlarining soni 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan normativlar bo‘yicha 
belgilanadi.
Uchastka soliq inspektorlari o‘zlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk 
solig‘i va yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan 
tegishli ishlarni bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashlarini 
nazorat qiladilar.
 
Uchastka soliq inspektori ishini tashkil qilishning huquqiy va 
me’yoriy asoslari bo‘lib «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonun, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, «Davlat 
soliq qo‘mitasi to‘g‘risida»gi Nizom hisoblanadi. 
 
Uchastka soliq inspektori o’z faoliyatida bevosita davlat soliq 
inspektsiyasining tegishli bo’limi rahbariga bo’ysunadi.
Har bir uchastka soliq inspektori o’ziga biriktirilgan hududni belgilovchi, 
davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan hujjatga va «Uchastka
pasporti»ga ega bo’lishi shart. 
Uchastka soliq inspektori mazkur Nizom va lavozim yo’riqnomasida 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga, uchastkasi bo’yicha soliq ob’ektlari 
va sub’ektlari, hisoblangan va to’langan soliqlar nazoratini har oy yakuni bilan 
dasturiy mahsuldan chiqariladigan hisobot ma’lumotlari asosida olib borishga, 


104 
dasturiy mahsulda ko’zda tutilmagan hisobotlarni yuqori soliq organi tomonidan 
belgilanadigan shaklda yuritishga shaxsan javobgar. Uchastka soliq inspektorining 
ish tartibi davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi. Ish tartibi 
mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda va soliq to’lovchilarga qulaylik yaratish 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq tarzda 
tashkil etiladi. 
Uchastka soliq inspektori o’z vazifalarini qishloq fuqarolar yig’ini, mahalla 
qo’mitalari va ichki ishlar uchastka nozirlari bilan hamkorlikda bajaradi, aholi 
o’rtasida birgalikda tushuntirish ishlari olib boradi, fuqarolar yig’inlari, mahalla 
qo’mitalarida bo’ladigan yig’inlarda ishtirok etadi, amaldagi qonunchilikda 
belgilangan soliq va to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlayotgan shaxslar bilan 
tushuntirish ishlarini olib boradi. 
Vakolatli idoralardan soliq ob’ektlari va sub’ektlari to’g’risida olingan 
ma’lumotlar, imtiyoz huquqi bo’yicha fuqarolar tomonidan DSIga taqdim etilgan 
tegishli hujjatlar hamda biriktirilgan hududda aniqlangan qonunbuzarlik holatlari 
bo’yicha uchastka soliq inspektori tomonidan yozilgan bildirgilar kantselyariyada 
ro’yxatga olinishi va tegishli bo’limda alohida jildlarga tikib borilishi shart. 
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning byudjetga o’z vaqtida 
tushishini ta’minlash maqsadida uchastka soliq inspektori hisoblangan soliqlarni 
belgilangan tartibda aholidan bevosita naqd pul shaklida qabul qilishi va bank 
muassasasiga topshirishi mumkin. Bunda uchastka soliq inspektori ishlatilgan 5-
shakl patta nusxalarini 2-ilovadagi shakldagi reestr asosida DSIning hisob, tahlil va 
soliq statistikasi bo’limiga topshiradi. 
Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslardan 
soliq va to’lovlar faqat bank muassasasi orqali undiriladi. 
Soliq to’lovchilarning amaldagi soliq qonunchiligi bo’yicha murojaatlariga 
joyida tegishli tushuntirishlar berilishini ta’minlash, turli masalalar bilan soliq 
organiga kelib-ketishlaridagi noqulayliklarni kamaytirish maqsadida uchastka soliq 
inspektorlariga biriktirilgan aholi punktlarining uzoqligi va joylashishidan kelib 
chiqqan holda bir nechta uchastka soliq inspektoriga biriktirilgan uchastkalar 
birlashtirilgan holda Soliq tayanch punktlari tashkil etiladi. 
Soliq tayanch punktlari faoliyatini tashkil etish tartibi, har bir uchastka soliq 
inspektoriga biriktiriladigan hudud va soliq ob’ektlari soni Davlat soliq 
qo’mitasining 2004 yil 3 maydagi «Uchastka soliq inspektorlari faoliyatini tashkil 
etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 132-sonli buyrug’i 
bilan tasdiqlangan me’yor asosida belgilanadi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
1998 
yil
12 yanvardagi «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi faoliyatini tashkil 
etish masalalari to’g’risida»gi 14-sonli qaroriga muvofiq uchastka soliq 


105 
inspektorlari biriktirilgan uchastkasi hududida xizmat xonasi bilan mahalliy 
hokimliklar tomonidan ta’minlanadi. 
Davlat soliq qo’mitasining 2004 yil 3 maydagi «Uchastka soliq inspektorlari 
faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 
132-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Soliq tayanch punktlarini jihozlash va 
inventarlar bilan ta’minlash tartibi»ga asosan xizmat xonasi barcha zarur jihozlar, 
ko’rgazmali stend, metodik qo’llanmalar, kitoblar, daftarlar va boshqa blankalar 
bilan DSI tomonidan ta’minlanadi. 
Uchastka soliq inspektori xizmat vazifasini bajarishda doimiy tarzda qishloq, 
mahalla va ko’chalarda, noqulay iqlim sharoitida yurishi, olis masofalarga 
qatnashini hisobga olgan holda oylik transport xarajatlari DSI tomonidan har oylik 
ish haqiga qo’shilgan holda to’lanadi va kiyim-boshlari (qishki kostyum-shim, 
yozgi forma va oyoq kiyimi) har yili Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
markazlashgan tartibda ajratiladi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish