Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

 Umumiy yurisdiktsiya sudlarida davlat bojini to’lashdan ozod qilish
Umumiy yurisdiktsiya sudlarida davlat bojini to’lashdan quyidagilar ozod 
qilinadi: 
1) da’vogarlar — ish haqini undirib olish to’g’risidagi da’volar va mehnat 
huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan; 
2) da’vogarlar — mualliflik huquqlari va turdosh huquqlardan, shuningdek 
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi va 
tovar kelib chiqqan joy nomiga, selektsiya yutug’iga bo’lgan huquqdan kelib 
chiqadigan da’volar yuzasidan; 
3) da’vogarlar — alimentlar undirish to’g’risidagi da’volar yuzasidan; 
4) da’vogarlar — mehnatda mayib bo’lganligi yoki sog’lig’ining boshqacha 
tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan 
zararning o’rnini qoplash to’g’risidagi da’volar yuzasidan; 
5) da’vogarlar — noqonuniy hukm etish, jinoiy javobgarlikka tortish, 
ma’muriy jazo berish tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o’rnini 
qoplash bilan bog’liq nizolar yuzasidan; 
6) da’vogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o’rnini 
qoplash to’g’risidagi da’volar yuzasidan; 
7) jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning undirib olinishi to’g’ri yoki 
noto’g’ri ekanligi nizolashilayotgan jinoyat ishlari bo’yicha apellyatsiya va 
kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar; 


84 
8) nikohni bekor qilish to’g’risidagi mol-mulkni bo’lish bilan bog’liq 
bo’lmagan ishlar bo’yicha apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat 
qilgan shaxslar; 
9) yuridik va jismoniy shaxslar — jinoyat ishlari va alimentlarni undirishga 
doir fuqarolik ishlari bilan bog’liq hujjatlarni ularga berganlik uchun; 
10) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun 
bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilinishini 
so’rab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar; 
11) yuridik va jismoniy shaxslar: 
sudning ishni tugatish yoki uni ko’rmasdan qoldirish to’g’risidagi ajrimini 
bekor qilish to’g’risidagi ariza bo’yicha; 
sudning hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib ijro etish, ijro 
etish usuli va tartibini o’zgartirish to’g’risidagi ariza bo’yicha; 
da’voni ta’minlash yoki da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan 
almashtirish to’g’risidagi ariza bo’yicha; 
sudning yangi ochilgan holatlar bo’yicha hal qiluv qarorini, ajrimini yoki 
qarorini qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi ariza bo’yicha; 
sud tomonidan belgilangan jarimani bekor qilish yoki kamaytirish 
to’g’risidagi, sudning hal qiluv qarori ijrosini o’zgartirish to’g’risidagi, o’tkazib 
yuborilgan muddatni tiklash to’g’risidagi ariza bo’yicha; 
12) yuridik va jismoniy shaxslar — sud ijrochisining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan, sudning jarimani bekor qilish yoki 
kamaytirishni rad etish to’g’risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyatlar hamda sud 
ajrimi ustidan boshqa xususiy shikoyatlar yuzasidan; 
13) tadbirkorlik sub’ektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan 
bog’liq bo’lgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari 
hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda; 
14) iste’molchilar — o’z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan 
bog’liq da’volar yuzasidan; tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz 
bo’lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari; 
iste’molchilarning jamoat birlashmalari — iste’molchilarning (iste’molchilar 
nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko’zlab qo’zg’atilgan da’volar yuzasidan; 
15) da’vogarlar — o’rmon daraxtlarini o’zboshimchalik bilan kesish hamda 
o’rmondan foydalanish, o’rmonni qo’riqlash va muhofaza qilishning tartibi va 
shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o’rmon fondiga yetkazilgan zararni 
undirish to’g’risidagi ishlar yuzasidan; 
16) davlat organlari — o’zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish 
to’g’risidagi da’volar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan, 


85 
tarixiy, badiiy qimmatga yoki jamiyat uchun boshqa qimmatga ega bo’lgan mol-
mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xo’jasizlarcha munosabatda bo’lgan 
hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qo’yish to’g’risidagi ishlar 
yuzasidan; 
17) O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy 
boshqarmalari — palata a’zolarining manfaatlarini ko’zlab qilingan da’volar 
bo’yicha, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular 
mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining 
manfaatlarini ko’zlab qilingan shikoyatlar yuzasidan; 
18) nodavlat notijorat tashkilotlari — o’z huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
buzayotgan davlat organlarining g’ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor 
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda; 
19) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, 
o’quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar yuzasidan; 
20) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish 
tashkilotlari — majburiy badallarni kiritish va kommunal xizmatlar haqini to’lash 
bo’yicha qarzni undirish to’g’risidagi da’volar yuzasidan; 
21) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish 
tashkilotlari, shuningdek fuqarolar — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-
joy-kommunal xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki 
lozim darajada bajarilmaganligi tufayli yetkazilgan zararning o’rnini qoplash 
to’g’risidagi da’volar yuzasidan; 
22) tumanlar, shaharlar (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari 
— kommunal xizmatlar ko’rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari 
shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini to’lash va majburiy badallarni kiritish 
bo’yicha qarzni undirish to’g’risidagi taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan 
da’volar yuzasidan; 
23) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasining hududiy tuzilmalari — pensionerlardan (nafaqa 
oluvchilardan) ortiqcha (noqonuniy) to’langan pensiyalarning va nafaqalarning 
summalarini undirish bilan bog’liq da’volar yuzasidan;
24) O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda uning joylardagi 
organlari — ko’chish joyiga bormagan yoki ko’chib borgan joylarini 
o’zboshimchalik bilan tark etgan ko’chirib keltiriluvchilarga nisbatan ko’chish 
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning o’rnini qoplash to’g’risida taqdim etilgan 
da’volar yuzasidan; 
25) O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va 
uning joylardagi organlari — atrof muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan 
o’zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda 


86 
ularning muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik 
tufayli tabiiy ob’ektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash 
to’g’risidagi da’volar yuzasidan; 
26) O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hamda uning 
joylardagi organlari — suv to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli 
davlatga etkazilgan zararning o’rnini qoplash uchun mablag’larni davlat 
daromadiga undirish to’g’risidagi da’volar yuzasidan; 
27) sug’urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organlari — 
majburiy sug’urta operatsiyalari bilan bog’liq ishlar yuzasidan; 
28) qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat 
organi — investorlarning, qimmatli qog’ozlar egalarining hamda davlatning huquq 
va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi da’volar yuzasidan; 
29) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari — 
barcha ishlar va hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar 
bo’yicha sudga arizalar berganlik uchun;
30) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa to’lovlarni to’lashdan 
bo’yin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish 
to’g’risidagi ishlar yuzasidan; 
31) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning 
manfaatlarini ko’zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan; 
32) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning 
manfaatlarini ko’zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan; 
33) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qarzdorni yoki uning mol-mulkini 
qidirish bo’yicha xarajatlarning o’rnini qarzdor tomonidan qoplash to’g’risidagi 
ishlar yuzasidan; 
34) O’zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — intellektual 
mulk ob’ektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini himoya qilishni ko’zlab 
qilinadigan da’volar yuzasidan; 
35) O’zbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari — fermer xo’jaliklarining 
manfaatlarini ko’zlab qilingan da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va xo’jalik 
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor 
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer xo’jaliklarining 
manfaatlarini ko’zlab qilingan shikoyatlar yuzasidan; 
36) O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda uning hududiy 
organlari — qo’mita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan da’volar va 
arizalar yuzasidan; 


87 
37) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog’liq 
bo’lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risida davlat organlari 
va boshqa organlarning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining qarorlari, 
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat 
qilish haqidagi ishlar yuzasidan; 
38) yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra qishloq 
joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibda uy-joy qurish chog’ida 
buyurtmachining vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq qaysi yuridik shaxsning 
zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, o’sha yuridik shaxs — qishloq joylarda namunaviy 
loyihalar bo’yicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka 
tartibdagi quruvchilar bilan nizolarni hal etish to’g’risidagi da’volar bo’yicha;
39) qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibda uy-joy 
qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq qaysi tijorat 
banklarining zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, o’sha tijorat banklari — qishloq 
joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan 
imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini 
undirish to’g’risidagi da’volar bo’yicha; 
40) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aktsiyadorlik jamiyatlari — ularning 
huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risidagi da’volar yuzasidan. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish