Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

 
 
 
 
 
 
 
 


81 
4.1-jadval 
Yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo’yicha 
olinadigan qat’iy belgilangan soliq
STAVKALARI
12
 
№ 
Faoliyat 
turi 
To’lovchilar 
Mazkur faoliyat 
turini xarak- 
terlovchi fizik 
kursatkichlar 
Fizik ko’rsatkich birligiga har 
oyda qatiy belgilangan soliq 
stavkasi (eng kam ish haqiga birlik 
uchun karrali miqdorlarda) 
Toshkent 
shahri 
Nukus sh. 
va viloyat 
bo’ysunuvi
dagi 
shaharlar 
boshqa 
shaharla

boshqa 
aholi
punktlari 
1.
Avtotransport 
vositalarini 
vaqtincha saqlash, 
dehqon (oziq-
ovqat) 
bozorlarining 
avtoto’xtash 
joylarida 
avtotransport 
vositalarini 
vaqtincha 
saqlashdan 
tashqari 
Yuridik 
shaxslar 
Egallagan 
maydon 
(1 kv. metr) 
0,1 
0,06 
0,05 
0,04 
2.
Bolalar o’yin 
avtomatlari 
Yuridik va 
jismoniy 
shaxslar 
Jihozlangan 
o’rinlar soni 
(birlikda) 
3,0 
2,0 
1,5 
1,0 
 
Qat’iy belgilangan soliq stavkasi yil boshiga - 2018 yil 1 yanvarga 
belgilangan eng kam ish haqi (172 240 so’m) miqdoridan kelib chiqib belgilanadi 
va eng kam ish haqi miqdorining yil davomidagi o’zgarishiga qarab qayta ko’rib 
chiqilmaydi. Taqdim etilgan qat‘iy belgilangan soliq hisob-kitobida hisobga 
olinmagan fizik ko‘rsatkichlar aniqlangan holatda bu hol soliqqa tortish ob‘ektini 
yashirish sifatida qaraladi. 
2. Jismoniy shaxslar tomonidan davlat bojini to’lash tartibi. Davlat boji 
yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday 
harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan 
hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to’lovdir. 
O’zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik 
harakatlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji konsullik yig’imi tariqasida 
undiriladi. 
12
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2019 yilgi 
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-3454-son qaroridan 
olindi. 


82 
Davlat bojining stavkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 
Yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilishi va (yoki) hujjatlar 
berilishi xususida vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat 
qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to’lovchilardir. 
Undirish ob’ektlari 
Davlat boji quyidagilardan undiriladi: 
1) sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, organlarning va ular mansabdor 
shaxslarining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlardan, alohida 
tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sudlarning qarorlari ustidan 
beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat 
tartibida protest keltirish to’g’risidagi shikoyatlar va arizalardan, hakamlik 
sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to’g’risidagi arizalardan, hakamlik 
sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to’g’risidagi 
arizalardan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik 
uchun; 
2) da’vo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish 
to’g’risidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablarni bildirgan 
uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish to’g’risidagi arizalardan, yuridik ahamiyatga 
ega bo’lgan faktlarni aniqlash to’g’risidagi arizalardan, xo’jalik sudining qarorlari, 
ish yuritishni tugatish to’g’risidagi ajrimi ustidan berilgan, da’voni ko’rmasdan 
qoldirish to’g’risidagi, sud jarimalarini solish to’g’risidagi apellyatsiya va 
kassatsiya shikoyatlaridan, hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish to’g’risidagi, 
hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish 
to’g’risidagi arizalardan, xo’jalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish 
to’g’risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro 
etish uchun ijro varaqasini berish to’g’risidagi va ijro varaqasini berishni rad etish 
to’g’risidagi ishlar bo’yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya 
shikoyatlaridan;
3) notariuslar va O’zbekiston Respublikasining konsullari tomonidan 
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun; 
4) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek 
fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi to’g’risida takroriy 
guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga 
o’zgartishlar, qo’shimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi 
munosabati bilan guvohnoma berganlik uchun; 
5) chet eldan O’zbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi 
hujjatlarni, O’zbekiston Respublikasiga taklif qilish to’g’risida hujjatlarni 
berganlik uchun; yashash guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini 


83 
uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va respublika hududidan chet elga 
chiqish huquqini beradigan chet el pasportiga yoki uning o’rnini bosuvchi hujjatga 
viza berganlik uchun, shuningdek O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul 
qilish va O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to’g’risida beriladigan 
arizalardan; 
6) O’zbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini yoki uning o’rnini 
bosuvchi hujjatlarni, O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish 
huquqi uchun hujjatlar berganlik uchun; 
7) O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va 
ro’yxatdan chiqarganlik, turgan joyi bo’yicha hisobga olganlik uchun, shuningdek 
chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni turar joyga qayd 
etganlik va ro’yxatdan chiqarganlik uchun. 
8) yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro’yxatidan 
o’tkazganlik uchun; 
9) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun; 
10) ov qilish huquqiga ega ekanligi to’g’risida ruxsatnoma berganlik uchun. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish