Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


 Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari va



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

2. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari va 
soliqdan beriladigan imtiyozlar.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qarori bilan belgilanadi, ularni soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi, 
Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda 
bildiriladi. Soliq stavkalari har yili keyingi moliya yili uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat 
byudjeti parametrlari to‘g‘risidaga qarori asosida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 
2018 yil uchun soliqning stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilangan: 
6.1.-jadval 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning 
STAVKALARI
11
 
N
Soliq solinadigan ob’ektlarning nomi
Soliq stavkasi,
mol-mulkning
kadastr qiymatiga 
nisbatan
foizda
1. 
Turar joylar, kvartiralar, dala hovli qurilmalari, (umumiy maydoni 200 
kv.m dan oshiq bo’lganlari bundan mustasno), boshqa imoratlar, xonalar 
va inshootlar 
0,2 
2. 
Shaharlarda joylashgan umumiy maydoni quyidagicha bo’lgan turar 
joylar va kvartiralar: 
200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha bo’lgan 
0,25 
500 kv.m dan oshiq bo’lgan 
0,35 
Boshqa aholi punktlarida joylashgan turar joylar, kvartiralar umumiy 
maydoni 200 kv.m dan oshiq bo’lgan turar joylar va kvartiralar: 
0,25 
 
11
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi 
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-3454-son qaroridan 
olindi. 


70 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish 
maqsadida mol-mulkining kadastr qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib 
belgilanadi, biroq 42 000 ming so’mdan kam bo’lmasligi kerak. 
Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha tegishli organlar 
tomonidan belgilangan kadastr qiymati bo‘lmasa soliq undirish uchun Toshkent 
shahri va viloyat markazlarida – 210 000 ming so‘m, boshqa shaharlar va qishloq 
joylarda – 90 000 ming so‘m miqdoridagi mol-mulkning shartli qiymati qabul 
qilinadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulklari texnik inventarizatsiyalash byurosi 
(TIB) xodimlari tomonidan baholanadi. 
Ko’chmas mulkka huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlarda 
belgilangan tartibda ro’yxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar bo’yicha 
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining 
ikki baravari miqdotidan kelib chiqib undiriladi. 
Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo‘yicha pensionerlar uchun mol-mulk 
solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan eng kam miqdor umumiy maydonining 60 
kv.metri hajmida belgilanadi. 
Soliq kodeksining 275-moddasiga muvofiq quyidagilarning mulkida bo’lgan 
mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi: 

“O’zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni 
unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan 
fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha “O’zbekiston Qahramoni” unvoni 
berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat 
Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha 
bo’limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari 
bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush 
nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari 
bo’limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa 
nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga 
bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi; 

o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish 
uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini 
tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos bo’ladi;

pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;

I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki 
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini 
himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning 


71 
boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi 
yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli 
halok bo’lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-
onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining). Imtiyoz “Halok bo’lgan 
askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok 
bo’lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qo’yilgan yoxud 
pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa 
muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. 
Agar mazkur shaxslar pensioner bo’lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa 
vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek 
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati yoxud Ichki 
ishlar vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining 
yoki ichki ishlar organi xodimining halok bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma 
asosida beriladi. Sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy 
tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi 
xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yoki frontda bo’lish bilan 
bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar 
organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi 
nikohdan o’tmagan taqdirda beriladi.
O’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar, pensionerlar, I va II guruh 
nogironlari uchun mol-mulk solig’idan nazarda tutilgan imtiyozlar qonun 
hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida beriladi. 
Soliq kodeksining 275-moddasida belgilangan imtiyozlar mulkdorning 
tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi. Mazkur 
imtiyozlar 
jismoniy 
shaxslar 
tomonidan 
tadbirkorlik 
faoliyati 
uchun 
foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga 
berilgan soliq solish ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi. 
Yuqorida keltirilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan jismoniy 
shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda 
taqdim etadilar. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish