Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
1.
O'zbekiston Respublikasining Davlat soliq xizmati to'g'risidagi
qonuni. «Xalq so'zi» gazetasi. 1997 yil, 29 avgust 
2.
O'zbekiston 
Respublikasining 
Soliq 
kodeksi: 
Rasmiy 
nashr.T.:“Adolat”, 2014 y. 
3.
Gadoyev E, Kuziyeva N. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv 
qo’llanma, –T.: "EL PRESS", 2011 yil – 240 b. 
4.
Gadoyev E, Kuziyeva N. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. Darslik. –
T.: “O’zbekiston”, 2012. - 336 b. 
5.
Vahobov A.V, Jo'rayev A.S. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik.–T.: 
“Sharq”, 2009. - 448 b. 
6.
A.Jo’rayev, M.Usmanova, Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv 
qo’llanma, –T.: “Sano-standart”, 2015. - 216 b.
7.
Usmanova M.S. Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida 
soliqqa tortish muammolari. Monografiya.- T.: “Tamaddun”, 2013 y.144 b. 


59 
5-MAVZU: TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUG’ULLANUVCHI 
JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH
Reja: 
1. Tadbirkorlik tushunchasi va mohiyati. 
2.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat’iy belgilangan soliqni qo’llashning 
o’ziga xos xususiyatlari. 
3. Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 
tomonidan qat’iy belgilangan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari. 
4. Qat’iy belgilangan soliq bo’yicha berilgan preferentsiyalar

 
Tayanch so’zlar: 
tadbirkorlik, qat’iy belgilangan soliq, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar, preferentsiyalar

savdo faoliyati.
 
 
1.Tadbirkorlik tushunchasi va iqtisodiy mohiyati 
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha 
aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo’yicha
mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. 
“Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to’g’risida”gi O’zbekiston 
Respublikasi qonunida tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik-
mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy 
javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat 
ko’rsatishdir”. 
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi: 
Birinchidan, tadbirkorlikning sub’ekti kim bo’lishi mumkin. O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik 
to’g’risidagi Qonuniga muvofiq balog’at yoshiga etgan har bir fuqaro o’z mulki 
asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o’z ixtiyor etgan Qonunga zid 
bo’lmagan faoliyat turi bilan shug’ullanishi mumkin. 
Ikkinchidan, yuqoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni 
ifoda etilgan bo’lib, u mazmunan boy, xilma xil ko’rinishiga ega. Tadbirkorlik 
faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, 
jamiyat ahamiyatiga molik ish bo’lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir. 
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3
guruhini alohida ko’rsatish mumkin: 
1) 
yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi 
bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug’ullanadi. 


60 
2) 
tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar. 
3) 
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan 
shug’ullanuvchi tadbirkorlar. 
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini: 
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan; 
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, 
sog’liqni saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin. 
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
1. 
Shug’ullanayotgan soha bo’yicha ilm, bilimga egaligi. 
2. 
Tavakkalchilikka 
asoslangan 
qarorlar 
qabul 
qilish 
buyicha 
tashabbuskorlik qobiliyati. 
3. 
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish. 
4. 
Qonunlarga itoatkorligi. 
5. 
Innovatsiyachilikning faolligi. 
6. 
Maqsad sari intiluvchanlik. 
7. 
Tashkilotchilik. 
8. 
Tejamkor bo’lishi. 
9. 
O’z so’zining ustidan chikish. 
10. Ruxiy poklik va xalolligi. 
11. O’z jamoasi uchun kurashuvchanlik. 
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
1. 
Mulk munosabatlarining uygunlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
mulkiy munosabatlar uch jixat bilan belgilanadi: - 

egalik qilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to’la xukumronlik qilish: 
sotish, ijaraga berish, xadya etish; 

foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va 
to’lov evaziga mulkdan vaktincha foydalanish; 

operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida 
resruslarni taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish buyicha mulkni 
boshqarish xuquqini joriy etish. 
2. 
Tadbirkorlarga o’z qobiliyatini tula namoen etish uchun quyidagi 
iqtisodiy erkinliklarning berilishi. 

mahsulot assortimenti turlarini va ishlab chiqarish usulini tanlash 
erkinligi; 

hamkorliklarni mustaqil tanlash; 

mablag’larni qonunga zid bulmagan soxalarga mustaqil sarflash erkinligi 
va x.k.; 
3. 
Bozorning ochikligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi, 
xom ashe xarakati uchun sun’iy g’oyalarning yukligi. 


61 
4. 
Bozor infratuzilmasining mavjudligi. 
Bunga quyidagilar kiradi: 

tijorat banklari; 

tovar, fond, mexnat, valyuta birjalari; 

tijorat tavakkalchiligi va mulk sug’urtasi; 

ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloka 
vositalari; 

ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati 
tashkilotlari, arbitrajlar va x.k. 
5. 
Tadbirkorlik uchun xuququiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni 
ximoyalovchi Qonunchilikning mavjudligi. 
6. 
Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to’lash, tabiiy 
boyliklardan foydalanish buyicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik 
biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
farmonida ko’rsatilishicha: xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni 
rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish kichik va xususiy 
tadbirkorlik faoliyati soxasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy 
sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida;
2004 yilning 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik sub’ektlari toifasiga 
quyidagilar kiradi: 
1. yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
2. xodimlarning o’rtacha yillik soni band bulgan mikrofirmalar: 
- ishlab chiqarish tarmoqlarida – 20 kishidan oshmagan; 
- xizmat kursatish soxasi va boshqa ishlab chiqarishga alokador bulmagan 
tarmoqlarda - 10 kishidan oshmagan; 
3. xodimlarning o’rtacha yillik soni band bulgan kichik korxonalar: 
- yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, 
yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati - 100 
kishidan oshmagan; 
- mashinasozlik, metallurgiya, yokilgi-energetika va kime sanoati, qishloq 
xujaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-
ishlab chiqarish soxalari – 50- kishidan oshmagan; 
- fan, ilmiy xizmat kursatish, transport, aloka, xizmat kursatish soxasi, savdo 
va umumiy ovkatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga alokador bulmagan 
soxalar - 25- kishidan oshmagan kichik korxonalar. 
Yuqorida ko’rsatib utilgan mikrofirma va kichik korxonalarga amaldagi 
qonunchilik bilan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan soliq 
imtiyozlari va preferentsiyalari tatbik etiladi. 


62 
Xozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik soxasiga 
xorijiy sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korxonalar va 
korxonalar tashkil etilib, maqbul sharoitlar yaratilmoqda. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish