Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

6. Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa 
tortishni takomillashtirish masalalari. 
Respublikada bozor iqtisodiyotiga xos 
bo‘lgan ijobiy islohotlar amalga oshirilayotgani hamda tadbirkorlik faoliyatiga 
keng yo‘l ochilib, yanada rivojlanayotgani munosabati bilan jismoniy shaxslardan 
undiriladigan daromad solig‘i tobora ko‘proq dolzarblik va ahamiyat kasb 
etmoqda. Agar Sobiq ittifoq davrida turli toifadagi mehnatkashlarning daromadlari 
(ish haqlari, mukofotlar) ma‘muriy yo‘l bilan belgilangan va bir-biridan katta farq 
qilmagan, boshqacha qilib aytganda “bir tekislik” amal qilgan bo‘lsa, hozirda 
tadbirkorlik sohasidagi daromadlarga cheklovlar bekor qilingani munosabati bilan, 
kam va yuqori daromadlar o‘rtasidagi tafovutlar ko‘payib, yuqori daromad 
oladigan shaxslar soni ortib bormoqda. Tadqiqot mavzusining dolzarbligini 
asoslashda keltirganimizdek, “Aholining daromadlari tarkibida tadbirkorlik 
faoliyatidan olinayotgan daromad ulushi tobora salmoqli o‘rin egallamoqda va 
barcha daromadlarning 47 foizdan ortig‘i ushbu soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda”9. 
Jismoniy shaxslar daromadini deklaratsiyalash usulida soliqqa tortishning muhim 
afzalliklaridan biri shundaki, u kam daromad oladigan va yuqori daromadga ega 
jismoniy shaxslarga nisbatan tabaqalashtirilgan stavkalarni qo‘llash orqali 
osongina “gorizontal adolatni” tiklashi mumkin. 
Mamlakatimizda daromadlarni deklaratsiyalash asosida soliqqa tortish 
tizimini 
joriy 
etish 
va takomillashtirish 
yo‘nalishlari ishlab chiqilib, 
respublikamizda olib borilayotgan islohotlarga hamohang ravishda rivojlantirilib 
borilmoqda. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 
apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi 
to‘g‘risida”gi 397-1-son Qarorining 5-bandida “2002 yildan e’tiboran, daromadlar 
olish manbalaridan qat‘iy nazar, barcha jismoniy shaxslarning jami yillik 
daromadini deklaratsiyalash tizimi joriy etilishi nazarda tutilsin”, deya qayd etib 
qo‘yilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 7 dekabrda 
qabul qilingan Qaroriga binoan esa, jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini 
deklaratsiyalash tizimi 2003 yilda olingan daromadlardan boshlab joriy etilishi 
belgilab qo‘yildi.
Vazirlar Mahkamasiga “1997 - 2001- yillar mobaynida jismoniy 
shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash tizimini, shu jumladan,
deklaratsiya shaklini, uni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibini hamda 
muddatlarini, shuningdek, deklaratsiya taqdim etmaganlik, uni belgilanmagan 
shaklda taqdim etganlik yoki noto‘g‘ri ma‘lumotlarni taqdim etganlik uchun 
9
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga 
xizmat qiladi – Toshkent: «O’zbekiston», 2011. – 21 b. 


57 
javobgarlik choralarini ishlab chiqish” vazifasi topshirilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2002 yil 5 sentyabrdagi “Jismoniy shaxslarning jami 
daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmonida, daromadlarni deklaratsiyalash tizimini yaratish bo‘yicha 
chet el tajribasini chuqur o‘rganishni, aholini tegishli tarzda tayyorlashni, zarur 
qonunchilik va me’yoriy negiz qabul qilinishini, butun bir tashkiliy chora-tadbirlar 
majmui amalga oshirilishini talab etishini hisobga olgan holda, uni 2002-2005 
yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilab berilgan edi. 
Bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik faoliyati erkinligi tamoyillari amal 
qilayotgan iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan barcha mamlakatlarda fuqarolar 
tomonidan o‘z daromadlarini majburiy deklaratsiyalash amaliyoti keng 
qo‘llaniladi. Daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish, fuqarolar 
tomonidan soliqlar to‘lash chog‘ida, shuningdek, uy, er maydonlari va ko‘chmas 
mulk, qimmatbaho qog‘ozlar hamda boshqa qimmatli buyumlarni xarid qilish bilan 
bog‘liq yirik moliyaviy bitimlarni amalga oshirishda qat‘iy shart hisoblanadi. 
Xullas, fuqarolar daromadlarining manbalari oshkoraligi, qonuniyligini tasdiqlash 
zarur bo‘lgan joyda deklaratsiya talab qilinadi. 
Xorijiy mamlakatlarda mavjud bo‘lgan deklaratsiyalash tizimining asosiy 
sharti bir tomondan, o‘z daromadlari va ularning manbalari to‘g‘risida 
fuqarolarning o‘zlari ixtiyoriy ravishda ma‘lumot berishlaridir. Ikkinchi tomondan, 
deklaratsiyada mol-mulk xarid qilishga sarflangan pul mablag‘larining manbalari 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni taqdim etmaslik maqsadida o‘z daromadlarini atayin 
kamaytirib ko‘rsatganligi yoki ularni yashirganligi uchun iqtisodiy jazo va 
jarimalarning qonun yo‘li bilan mustahkamlanganligi, hatto, jinoiy javobgarlikka 
tortishgacha bo‘lgan kuchli tizimning mavjudligidir. 
Fuqarolarning daromadlarini deklaratsiyalash yashirin iqtisodiyotga, pul 
mablag‘larining noqonuniy aylanishiga, korruptsiya va poraxo‘rlikka hamda 
iqtisodiyot sohasidagi boshqa jinoyatlarga qarshi kurashda ta‘sirchan vositalardan 
biri hisoblanadi. 
Shuni taassuf bilan e’tirof etish kerakki, bizda korruptsiya va g‘ayriqonuniy 
daromadlarga, savdo-vositachilik faoliyati natijasida tushadigan naqd pullarni 
yashirishga qarshi qat‘iy kurash olib borish zarurligi to‘g‘risida ko‘p gapiriladi-yu, 
ammo ayni vaqtda, jahon amaliyotida umumqabul qilingan mexanizmni joriy etish 
bo‘yicha aniq-ravshan choralar ko‘rilmayapti. Bunday mexanizm poraxo‘rlik 
payini qirqib, yashirin iqtisodiyot uchun zamin yaratayotgan, bankdan tashqari pul 
aylanishini ta‘minlayotgan barcha manbalarni tugatishga yordam beradi. 
Shuni hisobga olish zarurki, daromadlarni deklaratsiyalashni joriy etmay, 
fuqarolarning o‘z daromadlari va ularni olish manbalari to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etishning barqaror tizimini vujudga 


58 
keltirmasdan, shuningdek, o‘z daromadlari haqidagi ma‘lumotlarni taqdim etishdan 
bo‘yin tovlayotganlarni jazolash choralarini puxta ishlab chiqmay turib, 
korruptsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash borasidagi ishlarni tasavvur 
qilish qiyin. 
Aynan shu boisdan, taraqqiy etgan mamlakatlarda tarkib topgan tajribadan 
kelib chiqqan holda bizning respublikamizda ham bunday ishlarning jami qonun 
hujjatlariga, huquqiy me’yorlarga tayanadigan xuddi shunday tizimi faollik bilan 
yaratilishi lozim. 
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish tufayli aholi uchun o‘z 
qobiliyatlarini o‘zini iqtisodiyotning turli sohalarida yana ham kengroq namoyon 
etish hamda turli qonuniy manbalardan daromad olish imkoniyatlari ochiladi. 
Respublikada xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, kichik biznesni 
rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mehnatga haq to‘lashdagi cheklashlarni 
bekor qilish, korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga davlat va nazorat idoralarining 
aralashuvini keskin kamaytirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bularning hammasi fuqarolar uchun faol mehnat qilish va o‘z mehnati bilan 
ko‘proq daromad topish imkoniyatini yaratishga qaratilgandir. Shu munosabat 
bilan aholi daromadlarini hisobga olish, daromadlarning qonuniyligini hamda 
soliqlar bekamu ko‘st to‘langanligini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish 
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqdaki, bu ham daromadlarni umumdeklaratsiyalash 
tizimini joriy etish zarurligini taqozo etadi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish