Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


Deklaratsiyani to‘ldirish tartibi. Soliq to‘lovchining majburiyatlari



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

3. Deklaratsiyani to‘ldirish tartibi. Soliq to‘lovchining majburiyatlari.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya shakli 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda unda quyidagi ma‘lumotlar 
ko‘rsatilishi kerak: 

soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, jinsi, 
fuqaroligi, doimiy yashash joyi manzili; 

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; 

soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlar turlarga ajratib ko‘rsatilgan holda 
olingan jami yillik daromad (bir martalik operatsiyalardan hamda mol-mulkni 
ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu 
operatsiyalarning o‘zidan olish mo‘ljallanayotgan daromad aks ettiriladi); 

daromadlarning manbalari; 

daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va 
ajratmalarning summalari; 

jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo‘yicha 
imtiyozlar; 

hisoblab chiqarilgan soliq summasi; 

haqiqatda to‘langan soliq summasi. 


52 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada 
jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiya qilish bilan bog‘liq 
boshqa ma‘lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya pochta 
orqali buyurtma xat shaklida, shuningdek elektron shakldagi axborot tarzida 
taqdim etilishi mumkin. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya blankalari 
soliq to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan bepul beriladi. 
Jismoniy shaxs taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi 
to‘g‘risidagi deklaratsiyada to‘lanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar 
aniqlangan taqdirda, jismoniy shaxs deklaratsiyaga zarur o‘zgarishlar kiritishi 
shart. 
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani 
o‘zgartirish haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 
to‘lash muddati tugaguniga qadar berilsa, soliq to‘lovchi ushbu Kodeksda 
belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi. 
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani 
o‘zgartirish haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 
to‘lash muddati tugaganidan keyin, biroq xatolar davlat soliq xizmati organi 
tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq to‘lovchi soliqning etishmayotgan 
summasini hamda unga tegishli penyani to‘lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod 
etiladi. 
Jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organining taqdim etilgan jismoniy 
shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada aniqlangan xatolik 
to‘g‘risidagi bildirishnomasini olgan kun davlat soliq xizmati organi tomonidan 
xatolik aniqlangan kun deb hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchilar Kodeksning 189-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar 
bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, doimiy yashash joyidagi davlat soliq 
xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim 
etadi. 
Deklaratsiya qilinishi shart bo‘lmagan daromadlarni olgan soliq to‘lovchilar 
doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami yillik daromadlari 
to‘g‘risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish