4.Jismoniy shaxslar tulaydigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
hamda soliq xizmati organlarida soliq to’lovchilar faoliyatiga oid
dasturiy
mahsullarni
mohiyati va ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetiga to’lanadigan soliqlar va
yig’imlarning hal qiluvchi asosiy qismini yuridik shaxslarning soliqlari va
boshqa majburiy to’lovlari tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday
shaxslarga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo’lmaganlar va chet el
mamlakatlari fuqarolari kiradi. O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga
binoan soliqqa tortish maqsadida soliq to’lovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga
bo’lingan. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining
20-25 foizini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq
jismoniy shaxsning to’g’ridan - to’g’ri o’z daromadidan olinadi. Ular to’laydigan
soliqlar va yig’imlar asosan byudjetga naqd pul to’lash yo’li bilan o’tkaziladi (1-
chizma).
6
Panskov V.P., Knyazev V.G. Nalogi i nalogooblojeniya. –M.: MTsFER, 2003. –s. 57-59.
21
Jismoniy shaxslar davlat byudjetiga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarni to’laydi:
- jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq;
- mol-mulk solig’i;
- yer solig’i;
- transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganligi uchun
soliq;
- jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanganda daromadiga
o’rnatilgan qat’iy stavkadagi soliq;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliqlar va majburiy to’lovlar.
1-chizma. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlar
Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish
Ish haqi ko’rinishida
hamda mol-mulk-
ni ijaraga berishdan
olingan
daromadlari
O’ta zararli, o’ta og’ir, zararli va og’ir
sharoitli ishlarda olingan daromadlar
Foiz va divident
ko’rinishi-dagi
daromad-
lar
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari
bilan bog’liq bo’lgan ish haqiga
qo’shimcha to’lovlar va
koeffitsientlar (tuman to’lovlari va
h.k.)
Ishlab chiqarishlar,
muassasalar,ishlar,
kasblar, lavozimlar va
ko’rsatkichlarning 1, 2 va
3-son ro’yxatlariga
kiritilganlar (VMQ
12.05.1994 y. 250-son)
1-son (III q), hamda
2-son (I q) ro’yxat-
larda qayd etilgan ishlar
hunarlar va lavozimlarda
band bo’lgan ayollarning
daromadi (VMQ
12.05.1994 y. 250-son)
Tadbirkorlik
faoliyatidan olingan
daromadlar
12 – 22%
stavkada
10%
stavkada
12%
stavkada
Daromaddan
soliq olish darajasi
25%dan ortmaydi
Daromaddan
soliq olish darajasi
20%dan ortmaydi
Faoliyat turiga
qarab qat’iy
belgilangan
soliq stavkasi
22
«
Do'stlaringiz bilan baham: |