133
7.7 -jadval
Yaponiya soliqlari
19
Davlat soliqlari
Mahalliy soliqlar
To’g’ri soliqlar
Egri soliqlar
Prefektura
Munitsipal
Korporatsiyalar
foydasiga soliq
Istemol solig’i
Prefekturada yashash
uchun soliq soliq
Yashash uchun soliq
soliq
Jismoniy shaxslar
daromadlariga soliq
Gerb
yig’imlari
Ommaviy tamosha
tadbirlari o’tkazish uchun
soliq
Shaharlarni
obodonlashtirish
uchun soliq
Meros va xadya solig’i
Ko’chmas mulk solig’i
Mol -mulk solig’i
Yer solig’i
Avtotransport vositalari
uchun soliq
Er egaligi uchun soliq
Ko’chmas mulk solig’i
Tabiiy resurslardan
foydalanganlik uchun
soliq
Mamlakat budjeti va prefekturalar byudjetlarining daromad qismi faqat
soliqlargagina asoslanmaydi. Qator boshqa mamlakatlarga qaraganda Yaponiya
nosoliq tushumlarining xissasi ancha yuqoridir. Binobarin, soliqlar davlat
byudjetiga 83,8 foizni va nosoliq mablag’lar 16,2 foizni tashkil etadi, mahalliy
boshqaruv idoralari nosoliq tushumlarining chorak qismiga ega 25,3% bunga ijara
haqi er uchastkalarini va boshqa munitsipial ko’chmas mulkni sotish, pensiyalar,
jarimalar, obligatsiyalarni sotish, lotareyalardan keladigan daromadlar, qarzlar va
boshqalar kiradi.
Daromadlarning xuddi shu moddalariga avvalgi yil qoldig’i kiritiladi. AQSh
va Evropaning soliq tizimi kabi Yaponiyaniki soliqlarning ko’pligi bilan
harakterlanadi. Ularni hududiy boshqaruvning har bir idorasi undirish huquqiga
ega. Biroq mamlakatning barcha soliqlari qonuniy xujjatlarda qayd qilingan.
Daromad solig’ining har bir turi qonun bilan to’g’rilanadi. Mahalliy soliqlar
haqidagi qonun ularning turlari va meyoriy stavkalarini belgilaydi qolganlarni
mahalliy parlament belgilaydi. Mamalakatda jami 25 ta davlat va 30 ta mahalliy
soliq bor. Ularni 3 ta asosiy gurux bo’yicha tasniflash mumkin.
Birinchi – bu xuquqiy shaxslardan bo’lgani kabi, jismoniy shaxslardan ham
undiriladigan to’g’ri daromad soliqlari. Ikkinchi – mulk to’g’ri soliqlari. Uchinchi
to’g’ri va bilvosita isteomol soliqlari.
19
Налоговый вестник Сибири журнали 2006 йил №1 (17)
134
Byudjet asosini to’g’ri soliqlar tashkil etib, xuquqiy va jismoniy shaxslar
daromad solig’i davlatga eng yuqori daromad keltiradi. U butun soliq
tushumlarining 56,4 foiziga teng.
Daromad solig’ining kelib chiqishi Birlashgan Qirollik 1799 yildan kiritildi.
O’sha davrdan beri, daromad solig’i ko’p davlatlarning soliq tizimiga
kiritilgan edi va uning o’zagidir. Shunday qilib daromad solig’i «eng yaxshi» deb
ataladi. Yaponiyada 1887 yildan boshlab amal qila boshladi.
Yaponiyada daromadlarni deklaratsiyalash tartibi.
Mentaliteti jihatidan bizga yaqin bo‘lgan va Osiyoning eng rivojlangan
mamlakati
hisoblangan
Yaponiyada
jismoniy
shaxslar
daromadlarini
deklaratsiyalash tartibi o‘ziga xos xususiyatga ega. O‘ziga xosligi shundaki,
Yaponiyada umumdeklaratsiyalash tizimi amal qilmaydi, ya‘ni barcha soliq
solinadigan daromadga ega jismoniy shaxslar yil yakuni bo‘yicha deklaratsiya
topshirmaydilar. 2010 yil uchun amaldagi tartibga muvofiq ikki va undan ortiq
manbadan daromad oluvchi va yillik daromadi miqdori 20,0 mln iendan yuqori
bo‘lgan jismoniy shaxslar daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshiradilar
20
.
Yaponiyada daromadlarini deklaratsiyalashning yana bir xususiyati o‘z vaqtida
vijdonan to‘liq hisob-kitoblar bilan deklaratsiyalarini taqdim etgan shaxslarga, o‘z
vaqtida taqdim etganligi uchun turli xil imtiyozlar beriladi. Bu “ko‘k”
deklaratsiyalar berish tartibi deyiladi va bu soliq to‘lovchilarni “ko‘k”
deklaratsiyali shaxslar deb ataladi.
“Ko‘k” deklaratsiya topshirish istagida bo‘lgan shaxslar joriy yilning 15
fevralidan boshlab 15 mart kunigacha soliq organiga ularga “ko‘k” deklaratsiya
berishga ruxsat etishni so‘rab murojaat qilishlari kerak. Bu ruxsatnomani olgandan
keyin ular belgilangan tartibda hisobot yuritish majburiyatini oladilar. Bu holda
ular oddiy hisobotlarni ham yuritishlari mumkin, jumladan naqd tushum va
xarajatlar, kredit sotuvlari, kredit xaridlari, xarajatlar hisobi va doimiy aktivlar
uchun xarajatlar.
“Ko‘k” deklaratsiyali soliq to‘lovchilar uchun ko‘plab imtiyozlar mavjud,
ulardan asosiylari quyidagilar:
1) Oila a‘zolari uchun mukofotlarga (oila biznesida) chegirma.
Ishchilar orasida oila a‘zolari bor shaxslar sof foydadan belgilangan
miqdorda mukofotlar ajratishlari mumkin. Bunday xolda ular bu mukofot
summasini soliq idoralariga ma‘lum qilishi kerak va mukofotlar shu summa
doirasida zaruriy xarajatlar sifatida chegiriladi.
20
Seminar on Tax Adminstration 8-22 fevruary 2010. Tokyo. JICA. 23 p.
135
“Oq” deklaratsiyali soliq to‘lovchilar uchun esa oila a‘zolariga
chegirmalarning belgilangan summalari mavjud (turmush o‘rtog‘i uchun 860.000
ien, qolgan qarindoshlar uchun 500.000 ien).
2) “Ko‘k” deklaratsiyali soliq to‘lovchilar uchun maxsus chegirma.
To‘liq qoida bo‘yicha xisobot yurituvchi soliq to‘lovchilarga 550.000 ien
miqdoridagi summaga chegirma ajratishga ruxsat etiladi, oddiy qoida bo‘yicha –
450.000 ien, qolganlari uchun esa – 100.000 ien miqdorida chegirma beriladi.
Yillik daromadlarni deklaratsiyalashda umumiy daromad summasidan
quyidagi 15 turdagi chegirmalar ajratilib, soliqqa tortiladigan daromadning
umumiy summasi hisoblanadi.
1) Ko‘rilgan turli xil zararlar uchun chegirma.
Shaxs yoki u bilan birga yashaydigan qarindoshlarining yong‘in, o‘g‘irlik
yoki boshqa shaxs tomonidan egallab olish oqibatida ko‘rilgan zararlar summasi
chegiriladi.
2) Tibbiy xarajatlarga chegirma.
Agar shaxs o‘zi uchun yoki u bilan birga yashaydigan qarindoshlari uchun
tibbiy xarajatlarni to‘lasa, belgilangan summa 2.000.000 ien miqdorida chegiriladi.
3) Ijtimoiy sug‘urta uchun badallarga chegirma.
Agar shaxs o‘zi uchun yoki u bilan birga yashovchi qarindoshlari uchun
nafaqa jamg‘armasiga va milliy tibbiy sug‘urtalashga badallar to‘laydigan bo‘lsa,
ushbu badallar summasi chegirib tashlanadi.
4) Kichik korxonalar uchun o‘zaro yordam fondiga chegirma.
Kichik korxonalarga o‘zaro yordam fondlari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq
o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnomalar mavjud va belgilangan sharoitlarda bu
fondlarga ajratilgan summalarga chegirma beriladi.
5) Hayotni sug‘urta qilish badallari bo‘yicha chegirma.
Belgilangan shartnomaga muvofiq o‘z hayotini yoki qarindoshlarining
hayotini sug‘urta qilish uchun sug‘urta badallarini kiritganda, 50.000 iendan ko‘p
bo‘lmagan miqdorda chegirma beriladi.
6) Mulkni sug‘urta qilish badallari bo‘yicha chegirma.
O‘z mulkini yong‘indan sug‘urta qilish yoki zararlarni qoplash uchun
sug‘urta qilish uchun sug‘urta badallarini ajratganda, 15.000 iendan ko‘p
bo‘lmagan miqdorda chegirma beriladi.
7) Hayriya badallari uchun chegirma beriladi.
8) Nogironlar uchun beriladigan chegirma.
Agar soliq to‘lovchining o‘zi, uning turmush o‘rtog‘i yoki uning
qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar nogiron bo‘lsa, xar bir nogiron uchun 270.000 ien
(o‘ta og‘ir nogironlar uchun 400.000 ien) miqdorida chegirma beriladi.
9) Keksalik chegirmasi.
136
Agarda soliq to‘lovchi 60 yoshdan oshgan bo‘lsa va umumiy daromadi 10
million iendan ortmaydigan bo‘lsa, 500.000 ien chegirma beriladi.
10) Bevalar uchun chegirma.
Agarda soliq to‘lovchi ajrashgan bo‘lsa yoki turmush o‘rtog‘i vafot etgan
bo‘lsa va unga keksalik chegirmasi berilmagan bo‘lsa, 270.000 ien chegiriladi.
Agarda beva bolalar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa, qo‘shimcha yana 80.000 ien
chegirma beriladi.
11) Ishlovchi talabalar uchun chegirma.
Agarda soliq to‘lovchi ishlayotgan talaba bo‘lsa, belgilangan shartlar bilan
(masalan umumiy daromad xajmi 650.000 iendan oshmasligi kerak) 270.000 ien
chegirma beriladi.
12) Turmush o‘rtog‘i (soliq to‘lovchining qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar)
uchun chegirma.
Agar daromad turiga qaramasdan, birga yashayotgan turmush o‘rtog‘ining
umumiy daromadi hajmi 380.000 iendan ortmaydigan bo‘lsa (oila biznesidan
tashqari), 380.000 ien chegirma beriladi.
Agarda turmush o‘rtog‘i 70 yoshdan oshgan bo‘lsa, 480.000 ien chegirma
beriladi. Belgilangan guruhdagi nogironlar uchun – 730.000 ien, agar u 70 yoshdan
oshgan bo‘lsa – 830.000 ien chegirma beriladi.
13) Soliq to‘lovchining qaramog‘ida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i uchun maxsus
chegirma.
Agar soliq to‘lovchining qaramog‘ida turmush o‘rtog‘i bo‘lsa, 380.000 ien
miqdorida summa chegiriladi, lekin quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
soliq to‘lovchining umumiy daromadi miqdori 10 million iendan
ortmasligi;
ular oila biznesi bilan shug‘ullanmasligi va boshqa shaxslarning
qaramog‘i ostida bo‘lmasligi kerak.
14) Soliq to‘lovchining qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar uchun chegirma.
Agar daromad hajmi 380.000 iendan ortmaydigan (oila biznesidan tashqari)
qarindoshlar soliq to‘lovchi bilan birga istiqomat qiladigan bo‘lsa, quyidagi
summalar ajratiladi:
har bir farzand yoki qarindosh uchun – 380.000 ien;
har bir 16 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan farzand yoki qarindoshlar
uchun – 630.000 ien;
birgalikda yashayotgan ota-onalar yoki turmush o‘rtog‘ining ota-onalari
uchun – har biri uchun 580.000 ien;
boshqalar uchun, ular birgalikda yashashi yoki nogiron ekanliklariga
qarab – qo‘shimcha belgilangan summani ajratish mumkin.
137
15) Asosiy chegirma.
Asosiy chegirma sifatida har bir soliq to‘lovchi jismoniy shaxsga 380.000
ien chegirma beriladi.
Soliq stavkalari soliqqa tortiladigan daromad miqdoridan kelib chiqib
belgilanadi va 6 ta bosqichda soliq undiriladi. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i
stavkalari quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |