Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


 Amerika Qo’shma Shtatlarida jismoniy shaxslarni soliqqa tortish



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

3. Amerika Qo’shma Shtatlarida jismoniy shaxslarni soliqqa tortish 
tartibi.
 
 
Rivojlangan mamlakatlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘ining byudjet daromadlari tarkibida etakchi o‘rin egallashi bir qator 
sabablarga bog‘liqdir. Bularning ayrimlari quyidagilardan iborat:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bevosita daromaddan 
olinadigan soliq bo‘lib, soliq solinadigan daromadning aniq hisob-kitobi 
deklaratsiyalash orqali amalga oshiriladi;

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliqqa tortishning 
klassik tamoyillariga mos keladi;

jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq investitsiyalarga 
mo‘ljallanadigan moliyaviy resurslar hajmiga ta‘sir etmaydi; 

ko‘pchilik rivojlangan xorijiy mamlakatlarning byudjet daromadlarida 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ulushining ortishi, aholi 
daromadlarining, ya‘ni soliqqa tortiladigan daromadning oshishiga bevosita 
bog‘liq bo‘ladi va boshqalar. 
Amerika Qo’shma Shtatlari taraqqiy etgan dunyodagi eng rivojlangan 
davlatlardan biri hisoblanadi. AQSh poytaxti Vashington shaxri. Pul birligi AQSh 
dollari. Mamlakatni prezident boshqaradi. 
AQShda o‘tgan asrning 80-yillarida o‘tkazilgan soliq islohotlari jarayonida 
fuqarolar daromadini soliqqa tortishda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. 1986 yilga 
qadar AQShda fuqarolardan daromad solig‘i 14 ta stavkada 11 dan 50% gacha 
miqdorda undirilgan edi. Keyinchalik uchta soliq stavkasi kiritildi (15%; 28%; 
33%). Bu stavkalar soliqqa tortiladigan daromad darajasiga bog‘liq holda 
qo‘llaniladi. Soliq stavkasining eng yuqori darajasi kamaytirilishidan tashqari, 
soliq imtiyozlarini qisqartirish orqali soliqqa tortilmaydigan eng kam daromad 
miqdori ham ko‘paytirildi.


124 
AQSh soliq tizimi uch darajali bo‘lib, ular: federal, shtat va shahar 
soliqlariga bo‘linadi. AQSh moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini federal, 
hukumatning byudjet mexanizmi hisoblanadi. Yirik va doimiy tushumga ega 
bo‘lgan soliqlar federal byudjetga yo‘naltiriladi. AQShning taxminan 70 foiz 
daromad va harajatlari federal byudjet hissasiga to‘g‘ri keladi. Federal byudjet 
daromadlarining asosiy qismini to‘g‘ri soliqlar tashkil etadi. Shtat va mahalliy 
hukumat byudjetlariga egri soliqlar ko‘proq tushadi. Federal jami yig‘ma 
byudjetida jismoniy shaxslar daromad solig‘idan keyin ikkinchi o‘rinda 
(byudjetdagi salmog‘i bo‘yicha) ijtimoiy sug‘urta ajratmalari turadi. Bu ajratmalar 
ish beruvchi va ishchi o‘rtasida teng ikkiga bo‘linadi. Yig‘im stavkasi har yilgi 
byudjet tizimiga qarab o‘zgaradi. Stavka ish haqi fondining bir qismiga nisbatan 
qo‘llaniladi. Bu yig‘im aniq yo‘nalish va maqsadga ega.
Federal byudjetning asosiy qismini tashkil qiluvchi jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Barcha daromadlar quyidagilardan tashkil topgan: 

ish haqi; 

tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar; 

nafaqa va pul yordami; 

qimmatbaho qog‘ozlardan olingan daromadlar va boshqalar. 
Mol-mulk va qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan kelgan daromadlar maxsus 
soliq yoki shaxsiy daromad tarkibida soliqqa tortiladi. Bu holda jami yalpi 
daromaddan xarajatlar chegirib tashlanadi. Bu xarajatlar tarkibiga quyidagilar 
kiritiladi: 

kapital aktivlarini sotib olish xarajatlari; 

yer maydoni; 

ishlab-chiqarish qurollari va uskunalari; 

joriy ishlab-chiqarish xarajatlari. 
AQShda jismoniy shaxslar daromadini deklaratsiyalash jarayonida soliq 
stavkalari qo‘llashda deklaratsiya topshiruvchilar to‘rtta toifaga ajratiladilar: 

yolg‘iz (uylanmagan yoki oilali bo‘lmaganlar); 

oilali birgalikda (oilaviy daromadidan); 

oilali yakka holda (alohida daromadlari bo‘yicha); 

oila boshlig‘i (boshqa daromad oluvchilar oilada bo‘lmaganda).

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish