Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

Notarial harakatlar bajarilganligi uchun davlat boji undirishning o’ziga xos 
xususiyatlari
Notarial harakatlar davlat notarial idoralari tomonidan bajarilganligi uchun 
davlat boji notarial harakatlar amalga oshirilganda undiriladi, notarial idoralardagi 
ishlarda mavjud bo’lgan hujjatlarning dublikatini, hujjatlarning nusxalarini 
berganlik uchun esa ular berilayotganda undiriladi. 
Davlat boji to’lashdan bir taraf ozod etiladigan bitimlar bo’yicha davlat 
bojini boshqa taraf to’liq to’laydi. 
Davlat notarial idorasi depozitiga qabul qilish uchun pul summalari pochta 
orqali yoki bankdan kelib tushgan hollarda davlat bojining tegishli summalari kelib 
tushgan puldan ushlab qolinadi, ularning qoldig’i esa depozitga qabul qilinadi. 
Ushlab qolingan davlat boji summalari davlat notarial idorasi depozit summalarini 
bankka navbatdagi topshirish chog’ida byudjetga o’tkazilib, bank kvitantsiyasi 
notarial idora ishlarida saqlanadi. 
Davlat notarial idorasi binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial 
harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, ozodlikdan mahrum 


99 
qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini 
notarial tartibda tasdiqlash bundan mustasno. 
Merosga bo’lgan huquq to’g’risida guvohnoma berganlik uchun davlat boji 
meros ochilgan kunda (meros qoldiruvchi vafot etgan kunda) vorislik tartibida 
o’tayotgan butun mol-mulkning qiymatidan undiriladi. 
Bir nechta merosxo’r (shu jumladan qonun bo’yicha, vasiyatnoma bo’yicha 
va merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega merosxo’rlar) bo’lgan hollarda 
davlat boji har bir merosxo’rga tegishli meros ulushidan hisoblab chiqariladi. 
Voyaga 
etmagan 
merosxo’rlar 
bo’lgan 
(shu 
jumladan 
meros 
qoldiruvchilarning bolalari bo’lmagan) taqdirda ham davlat boji butun meros mol-
mulk qiymatidan hisoblab chiqariladi, lekin faqat voyaga yetgan merosxo’rlardan 
ularning merosdagi ulushiga tegishli summadan undiriladi. 
Agar merosga bo’lgan huquq to’g’risidagi guvohnoma merosxo’rlarning 
arizasi bo’yicha meros mol-mulkning bir qismiga berilayotgan bo’lsa, davlat boji 
berilayotgan guvohnomada ko’rsatilgan mol-mulk qismining qiymati uchun 
belgilangan stavka bo’yicha hisoblab chiqariladi. Keyinchalik mol-mulkning 
qolgan qismiga guvohnoma berilganida davlat boji mol-mulkning umumiy 
qiymatidan hisoblab chiqariladi, to’lashga esa hisoblab chiqarilgan summa bilan 
birinchi guvohnoma berilganligi uchun to’langan summa o’rtasidagi farq taqdim 
etiladi. 
Qonun bo’yicha bir vaqtning o’zida boshqa merosxo’rlar mavjud bo’lgan 
taqdirda, meros mol-mulkning bir qismi merosxo’rlarga vasiyatnoma bo’yicha 
o’tgan hollarda davlat boji vasiyatnoma bo’yicha mol-mulk qiymatidan alohida 
hisoblab chiqariladi, qolgan mol-mulk qiymatidan esa umumiy tartibda hisoblab 
chiqariladi. 
Qonun bo’yicha va vasiyatnoma bo’yicha meros qilib olinayotgan mol-
mulkdan merosning majburiy ulushi ajratilgan hollarda davlat boji qonunga binoan 
vorislik huquqi bo’yicha o’tayotgan butun mol-mulk qiymatidan, shu jumladan 
majburiy ulush bilan birga hisoblab chiqariladi.
Sudlarning ilgari berilgan guvohnomalar haqiqiy emasligi to’g’risidagi hal 
qiluv qarorlari asosida beriladigan merosga bo’lgan huquq to’g’risidagi takroriy 
guvohnomalar uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi. Bunda birlamchi 
guvohnoma uchun to’langan davlat boji summasi qaytarilishi yoki soliq 
to’lovchining arizasiga ko’ra yangi guvohnoma berganlik uchun beriladigan 
summa hisobiga, agar summalar byudjetga o’tkazilgan kundan e’tiboran fuqarolik 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan da’vo muddati tugamagan bo’lsa, o’tkazilishi 
lozim. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan har qanday shartnoma takroran 
tasdiqlangan taqdirda, masala xuddi shunday tartibda hal qilinadi. 


100 
Davlat notarial idorasi reestrida takroriy guvohnomalar va shartnomalarni 
qayd qilishda tegishli katakchada davlat boji qachon va qancha summada 
undirilganligi hamda undirish to’g’risidagi yozuv qayerda borligi ko’rsatiladi. 
Bunda notarial idora ishlarida qoladigan asosiy hujjatlarga sudning tegishli 
guvohnomalar va shartnomalarni haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi hal qiluv 
qarorlari ilova qilinishi kerak. 
Kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan sertifikatlar va akkreditivlarga 
doir merosga bo’lgan huquq to’g’risida guvohnoma berganlik uchun davlat boji 
umumiy asoslarda undiriladi. 
Er-xotinning birgalikda yashaganda olingan va er-xotindan birining 
vafotidan keyin qolgan mol-mulkka doir merosga bo’lgan huquq to’g’risida 
guvohnoma berganlik uchun davlat boji meros bo’yicha haqiqatda o’tayotgan mol-
mulk qismining qiymatidan undiriladi. 
Davlat boji mutanosib ravishda undiriladigan notarial harakatlar bajarilganda 
uni hisoblab chiqarish taraflar ko’rsatgan summadan ushbu moddada belgilangan 
qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. 
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralar, dala hovlilari, 
garajlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlarni boshqa shaxsga o’tkazish 
shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji summasi ularning turar joyi yoki 
umumiy maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
To’lovlar vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan shartnomalarni tasdiqlashda 
davlat boji shartnoma bo’yicha u amal qilgan butun vaqt uchun to’lovlarning 
umumiy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi. Agar 
shartnoma uning amal qilish muddati ko’rsatilmagan holda tuzilgan bo’lsa, davlat 
boji shartnoma bo’yicha uch yil uchun to’lovlar summasidan kelib chiqqan holda 
hisoblab chiqariladi va undiriladi. 
Eng kam va eng ko’p summa ko’rsatilgan shartnomalarni tasdiqlashda davlat 
boji eng ko’p summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi. 
Talablardan o’zganing foydasiga voz kechish va qarzni o’tkazish 
to’g’risidagi, ilgari tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish 
to’g’risidagi yoki shartnomaning dastlabki summasini ko’paytirish to’g’risidagi 
shartnomalarni tasdiqlashda davlat boji amalga oshirilmagan huquqlarni hamda 
ijro etilmagan majburiyatlarni baholashdan yoxud ilgari tuzilgan shartnoma 
summasi ko’payayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va 
undiriladi. 
Ayirboshlash shartnomalari bo’yicha davlat boji qiymati yuqori bo’lgan 
mol-mulkdan hisoblab chiqariladi. 
Shartlariga ko’ra to’lovlar summasida ijaraga oluvchi tomonidan quriladigan 
imoratlar va boshqa inshootlar, xonalarni jihozlash qiymati, shuningdek ijaraga 


101 
oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan kapital ta’mirlash va boshqa shu 
kabilarning qiymati hisobga olinadigan mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda 
hisoblab chiqariladigan va undiriladigan davlat bojining summasi amalga 
oshiriladigan xarajatlarning qiymati hisobga olingan holda belgilanadi. 
Ijro yozuvlari bo’yicha yozuvni amalga oshirganlik uchun tegishli davlat 
boji summasi undiruvchi uni to’lashdan ozod qilingan taqdirda yozuv bo’yicha 
qarz undirilayotganda qarzdordan undiriladi. 
3. Yuridik shaxslarni tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jalikliklarini 
soliqqa tortish xususiyatlari. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo’jaliklari Soliq Kodeksda jismoniy shaxslar — soliq to’lovchilar uchun nazarda 
tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar to’laydi. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda dehqon xo’jaliklari 
quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laydi: 
1) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i; 
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
3) jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq; 
4) bojxona to’lovlari; 
5) Soliq Kodeksning XVII bo’limida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan 
bo’lmasa, davlat boji; 
6) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik 
uchun Respublika yo’l jamg’armasiga yig’im. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo’jaligi a’zolari ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar va 
majburiy to’lovlarni to’lash bilan bir qatorda Soliq Kodeksning 311-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta 
badallari to’laydi. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo’jaligi a’zolari qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish, o’zlari yetishtirgan 
mahsulotni qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat 
bilan shug’ullangan taqdirda, ular yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro’yxatdan 
o’tishlari hamda Soliq Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan tartibda soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlarni to’lashlari shart.
4. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarga soliq 
solish tartibi.
Yuridik va jismoniy shaxslar kontsert-tomosha faoliyatini qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. 


102 
Kontsert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun litsenziya 
oladigan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan stavka bo’yicha davlat boji 
to’laydi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish