iqtisodiy holatiga va muvozanatiga bog`liq bo`ladi. Shu o`rinda biz moliyaviy
siyosatning ajralmas bo`lagi bo`lgan soliq siyosati to`g`risida fikr yuritadigan
bo`lsak, soliq siyosati bu mamlakat iqtisodiyotining ajralmas bir bo`lagi bo`lib,
o`zining mustaqil soliq siyosatini yuritishga intila boshladi. Shunday qilib
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mustaqil soliq siyosatini shakllantirishga
qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirila boshlandi. O`zbekiston o`z
davlatchilik shaklidan kelib chiqib Respublika budjetini shakllantirish uchun
umumdavlat soliqlari va mahalliy budjetlarni shakllantirish uchun mahalliy
soliqlar va yig`imlar amal qiladi. Shuningdek bir qator umumdavlat soliqlari
o`tkazilishi yoki respublika va mahalliy budjetlar o`rtasida taqsimlanishi
takomillashtirish, bilvosita soliqqa tortish samaradorligini ta`minlash, resurs
soliqlariga ko`proq e`tibor qaratish, soliq tizimining soddaligiga erishish, davlat
26
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini shakllantirish
mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy
tamoyilga asosan amalga oshirildi. Mazkur tamoyillardan biri davlatning bozor
munosabatlariga o’tish sharoitida bosh islohotchilik rolini bajarish hisoblanadi.
Bu esa, iqtisodiyotga davlat aralashuvining faolligini belgilab beradi. Shubhasiz,
bu jarayonda asosiy o’rinni birinchi boshqaruv vositasi sifatida soliqlar
egallaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov soliqlarning iqtisodiyotni boshqarishdagi
ahamiyatiga to’xtalib, jumladan shunday dedilar: «Bozor munosabatlariga o’tish
sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim
boshqaruvchi omil bo’lib qoladi».
5
Soliq tushumlari hisobidan davlat qurilish va jamiyatni ta’minlash uchun
zarur bo’lgan pul mablag’lari jalb qilinadi. O’zining mohiyatiga ko’ra soliqlar
davlat byudjetining yuqori daromadli manbalaridan biri hisoblanadi. Buning
boisi shundaki, birinchidan, soliqlar davlat byudjeti tomonidan qaytarib
bermaslik sharti bilan undiriladi; ikkinchidan, ular byudjetning davlat xarajat
qilmaydigan qismi hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilgan holatlarning natijasi o’laroq, O’zbekiston
Respublikasi davlat byudjetining daromadlari tarkibida soliqlarning yuqori
salmoqni egallashi yuzaga keladi (1-jadval). Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib
turibdiki, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlar yuqori salmoqni
egallaydi. Agar soliqlar va bojxona boji bilan birgalikda hisoblaydigan bo’lsak,
ular davlat byudjeti daromadlarining 85-90 foizini tashkil etmoqda, bu
ko’rsatkich 2011 yil 85,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yil davlat byudjetini
asosiy daromadlarida soliqlarni hissasi 87,5 foizni tashkil etgan, 2013 yilda 87,8
foizni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Soliq turlari bo’yicha esa eng ko’p ulush
qo’shilgan qiymat solig’i (29-32 foiz) va aktsiz solig’i (14-15 foiz) hisobiga
to’g’ri kelmoqda. Aktsiz solig’ini hissasi esa yil sayin kamayib borishi
kuzatiladi.
5
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. –T.: O’zbekiston, 1998. –358 b.