Soliqlarning fiskallik funktsiyasi nuqtai-nazaridan bu salbiy holat hisoblanadi.
Chunki, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarini moliyalashtirish imkoniyatini
funktsiyasi nuqtai nazaridan bu ijobiy holat hisoblanadi. Buning boisi shundaki,
iqtisodiyotga aralashuvini qisqarayotganligi, yuridik va jismoniy shaxslarning
soliq yukining engillashayotganligining natijasi bo’lishi mumkin. Bizning
chunki milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi bosqichida hukumat
tomonidan xo’jalik sub’ektlari va aholining soliq yukini engillashtirish,
davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasini tobora qisqartirib borish siyosati
Soliqlar mohiyati va shakliga qarab egri soliqlar va to’g’ri soliqlarga
bo’linadilar. Egri soliqlar tovarlar (xizmat ko’rsatishlar) narxini oshiradilar,
Moliya vazirligi va Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida hisoblandi. –Toshkent, 2012.
30
chunki ular bevosita narxning tarkibiga kiritiladi. Odatda, ular byudjetga
korxonalardan, tashkilotlardan va xo’jaliklarning boshqa tarkibiy qismlaridan
tushadi.
Shuni
ham
ta’kidlash
joizki,
haqiqiy
to’lovchilar-narxni
shakllantiruvchi
va
tegishli
soliqlarni
to’lovchilardir. D.Rikardoning
ta’kidlashicha, soliq daromaddan olinadimi yoki kapitaldan olinadimi, baribir
pirovard natijada ular davlat tomonidan soliqqa tortiladigan tovarlar miqdorini
kamayishiga olib keladi. D.Rikardo turli tovar guruhlariga nisbatan soliqlarni
belgilashda tabaqalashgan yondoshuvni yoqlab chiqdi. Uning fikriga ko’ra,
shohona predmetlarga nisbatan belgilanadigan soliqlar birinchi ehtiyoj
predmetlariga nisbatan belgilangan soliqlarga qaraganda bir qator afzalliklarga
egadir. Ular daromaddan to’lanadi va shuning uchun mamlakatning ishlab
chiqarish kapitalini kamaytirishga olib kelmaydi.
Demak, D.Rikardo soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra Dj.Keynsning
soliqlar xususidagi ilmiy izlanishlarini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, u
to’g’ri soliqlarni egri soliqlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan afzal ekanligini
e’tirof etadi. U ayniqsa, aholidan olinadigan daromad solig’iga katta e’tibor
beradi. Dj.Keyns aholidan olinadigan daromad solig’ini progressiv stavkalarda
olinishini taklif qildi. Uning fikriga ko’ra ortiqcha jamg’armalar soliqlar
yordamida davlat foydasiga olib qo’yilishi kerak. Daromad solig’i, ayniqsa,
mehnatsiz topilgan daromadga, kapitaldan olingan foydaga, merosga va boshqa
soliq ob’ektlariga nisbatan o’rnatilganda uning jamiyatdagi roli foiz me’yorining
rolidan kam bo’lmaydi.
Mamlakatimizning taniqli iqtisodchi-olimlaridan T.Malikov, O.Olimjonov,
N.Haydarov, X.Sobirov, Q.Yahyoevlar soliqlarni tadqiq qilish jarayonida ularni
to’g’ri va egri soliqlarga ajratish zarurligini hamda ular o’rtasida oqilona
nisbatni shakllantirish masalasining dolzarbligini e’tirof etganlar. To’g’ri
soliqlar bevosita daromaddan yoki soliq to’lovchilarga tegishli bo’lgan mol-
mulklardan olinadi. Egri soliqlar esa, tovarlarni sotish aylanmasidan, xizmatlar
ko’rsatish hajmidan ularning bahosiga qo’shimcha shaklda undiriladigan
soliqlardir.
31
To’g’ri soliqlarning asosiy turlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig’i, aholidan olinadigan daromad solig’i va mol-mulk soliqlari kiradi.
To’g’ri soliqlar tovarlar bahosini o’sishiga bevosita ta’sir ko’rsatmaydi,
lekin ular korxonalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga bevosita ta’sir
ko’rsatadi.
Biz quyida O’zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida to’g’ri
soliqlarning tarkibini va undagi o’zgarishlarni tahlil qilamiz.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: