Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan


Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash



Download 27,54 Kb.
bet2/6
Sana26.01.2022
Hajmi27,54 Kb.
#411005
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SST YN 4-v

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash

Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ra¬vishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.

Tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi. Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va mukofot haqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan.

Keyingi davrlarda soliq hisoblashning «yalpi foyda» (chegirish) usuli asta-sekin «hisobga olish-hisobvaraq» usuliga aylanib bordi. Soliq kodeksi kuchga kirgandan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning «yalpi foyda» (chegirish) usuli faqat vositachilik va «O‘zdonmahsulot» DAK tizimi tarkibiga kiradigan, birlamchi ishlovdan keyingi don, qo‘shimcha mahsulot va chiqindilarni sanoatdan donni qayta ishlashga sotishni amalga oshiradigan korxonalar uchun qo‘llaniladi. Boshqa holatlarda «hisobga olish hisob-faktura» usuli qo‘llaniladi.



Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning «hisobga olish hisob-faktura» usulining mohiyati shundaki, korxona byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarga (xizmatlarga) hisoblangan soliq miqdoridan shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sotib olingan xom-ashyo, materiallar uchun to‘langan soliq miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Chegirishga hisobot davrida hisob-faktura bilan qabul qilingan xom-ashyo, materiallar, shu jumladan import qilingan tovarlarga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qabul qilinadi.

Vositachilik xizmatlari ko‘rsatilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi. Vositachilik xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda «yalpi foyda» (chegirish) usuli qo‘llaniladi. Ushbu usulning mohiyati shundaki, soliq baho farqi, ustama va mukofotlar sifatida olingan daromaddan hisoblanadi. Byudjetga soliq to‘lashda hisoblangan soliq summasi ushbu daromadni olishga sarflanadigan xizmatlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga kamaytiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini vositachilik korxonalari mukofotlar summasidan hisoblaydilar.


Download 27,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish