Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (TVEFJMSQ) - Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (TVEFJMSQ)
- Avtomobilda harakatlanish – doim xavf-xatar demak. Eng katta xavf-xatar va Sizning eng katta javobgarligingiz – o‘zganing mulkiga ziyon keltirish yoki insonlarning hayoti va salomatligiga shikast yetkazish. Avtomobillar, turli inshootlar, yo‘l to‘siqlari, belgilar, to‘xtash joylari – bularning hammasi YTH oqibatida shikastlanishi mumkin, insonlarning salomatligi to‘g‘risida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (TVEFJMSQ) Sizni shikastlangan mol-mulk egalari yoki YTHda jabrlangan kishilarning da’volaridan himoya qilishga yordam beradi.
- «Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, transport vositasi egasi transport vositasidan foydalanishda o‘zgalarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga shikast yetkazganlik uchun o‘zining javobgarligini sug‘urtalashi lozim.
- Qonunchilikda sug‘urta mablag‘i 40 mln. so‘m ekvivalenti miqdorida belgilangan bo‘lib, ulardan:
- 65%i – hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash uchun
- 35%i – moddiy zararni qoplash uchun sarflanadi.
Yer usti transport vositalari kompleks sug‘urtasi - Yer usti transport vositalari kompleks sug‘urtasi
- KASKO — avtotransportning ixtiyoriy sug‘urtasi.
- Yengil va yuk avtomobillari, tirkamalar va yarim tirkamalar, avtobuslar, mikroavtobuslar, mototsikllar, qishloq xo‘jaligi va qurilish mashinalari hamda o‘ziyurar mexanizmlar va h.k.lar.
- Oddiy qilib aytganda, KASKO – bu: avtomobilingiz bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplanishidir.
- 1) Yo‘l-transport hodisasi (YTH): avtomobil transportining yo‘lda harakatlanishi jarayonida va uning ishtirokida ro‘y bergan voqea bo‘lib, bunda boshqa avtomobil transporti bilan to‘qnashuv, harakatlanayotgan yoki harakatsiz predmetlar (inshootlar, to‘siqlar, qushlar, hayvonlar va h.k.)ni bosib (ularga urilib) ketish, ag‘darilish, cho‘kish, shuningdek, unga biror-bir buyumning tushib ketishi yuz beradi;
- 2) Uchinchi shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari: TV (mol-mulk) va uning alohida qismlari, detallari, TV komplektatsiyasiga kiruvchi qo‘shimcha uskunalarini olib ketish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik; TVni olib ketish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik yoki olib ketish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlikka urinish bilan bog‘liq holda uni yo‘q qilish yoki uni shikastlash; uchinchi shaxslarning olib ketish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik yoki olib ketish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlikka urinish bilan bog‘liq bo‘lmagan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida TVning shikastlanishi;
- 3) Tabiiy ofatlar: bo‘ron, dovul, do‘l, yashin urishi, zilzila, sel, ko‘chki, o‘prilish, toshqin, suv bosishi, suvning ostida qolish, tuproqning cho‘kishi;
- 4) Boshqa ko‘zda tutilmagan voqealar: begona buyumlarning qulashi, yong‘in, portlash, muz yorilib, tagiga tushib ketish, vodoprovod, isitish yoki kanalizatsiya tizimlari ishdan chiqishi, ko‘prikdan qulash.
- Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasi Tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi, biroq shartnoma tuzish vaqtiga transport vositasining bozor qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |