Yalpi taklif – mavjud narx darajasida sotish mumkin bo'lgan,
sotishga chiqarilgan va tayyorlangan turli-tuman tovarlar va
xizmatlarning hajmidir.
Bu narxlarning har xil mumkin bo'lgan o'rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko'rsatadi. Ancha yuqori narxlar qo'shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag'bat yaratadi.Narxlarning past darajasi tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita bog'liqlik mavjud bo'ladi.
Bu bog'liqlik taklif egri chizig'ida aniq aks etadi.Yalpi taklif egri chizig'i uchta kesmalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |