Biznesni boshqarish bo‘yicha qiziqarli faktlar
1. Ko‘pincha kompaniyalar, masalan Hall Mark kompaniyasi tovarlari sotilishini tezlashtirish maqsadida ma’lum bir kelishilgan (belgilangan) davrda ma’lum bir tovarlariga yuqori narx belgilaydi va xaridorlar ushbu tovarlarni qimmat tovar, deb hisoblaydi. Kompaniya biroz vaqt o‘tgandan so‘ng chegirma narx qo‘yadi. Shopogoliklar(tovar sotib olishga ishtiyoqmand odamlar) esa ana shunday chegirmalarni qidirib yuradi va tovarlarni arzon sotib olyapmiz, deb hisoblaydi. Sotish qiyin bo‘lgan tovarlar shu yo‘l orqali sotiladi. Masalan, tovar qiymati 50 $ ni tashkil etsa, maksimal darajada 75 $ deb narx belgilab qo‘yadi va xaridor ushbu qimmat tovarni narxi arzonlashtirilgan, deb hisoblaydi va 50 % chegirmadan so‘ng ulgurji sotadi.
2. Kompaniya tovar sotilishini tezlashtirish uchun ma’lum bir vaqt ichida sun’iy defitsit bunyod etib sotiladigan mahsulot hajmini kamaytirilgan miqdorda belgilaydi va narx bir necha baravar ko‘tariladi. Ma’lum belgilangan davr kelgandan so‘ng tovar hajmi ko‘paytiriladi va oldingi narx bilan sotiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tovar xaridining oshishiga olib keladi (masalan, 1 oy belgilanib, shu davr ichida 45000 dona tovar 3$ sotilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ma’lum davrda belgilangan vaqtdan so‘ng 80000 dona tovarni bozorga oldingi arzon narxda 1,5 $ lik narxda chiqaradi, tovar sotilish hajmi ko‘payadi.
3. Marketologlar tomonidan supermarketlarda tajriba sinovi o‘tkazilganda aravacha (kard)larni 1,5 baravarga kattalashtirilganligi sababli xarid savati 19,1% ga ko‘tarilgan.
4. Kompaniyalar o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni o‘zaro nisbatda 3 ta tur bilan pozitsiyalaydi. GOLD BRONZA SILVER a)GOLD – oltin. Maksimal narx. Bu tovar qimmat, omborda yo‘q. Ushbu tovarni kompaniya faqat namuna uchun sotib oladi. b)SILVER-kumush. O‘rtacha narx-kompaniyaning o‘zi ishlab chiqargan tovar bo‘lib, xaridor qabul qiladigan narxga ega, bu tovarlar omborda bor. “Bizning tovarni sotib olishadi”shiorida harakat qilinadi. c)BRONZA-bronza. Juda past narx. Sifatsiz tovar.
5. Supermarketlarda kassa apparatlarini xaridorlar ko‘p tovar sotib oladigan bo‘limlarda, masalan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan bo‘limlariga yaqin joylarda o‘rnatishadi, chunki xaridorlar kassaga o‘z navbatlari yetib kelgunga qadar yana ayrim tovarlarni qaytib kelib sotib oladilar.
6. Supermarketlarda sinalgan tadqiqotlar: yurak urishi ritmidan past, yoqimli musiqa qo‘yilgan joylarda xaridor qayta-qayta aylanib, ayniqsa ayollar musiqa tugagunga qadar bir necha marotaba qaytib kelib, tovarlarni sotib oladilar.
7. Supermarket va gipermarketlarning kirish joylariga yaqin joyda yoqimli hidli (masalan, turk kabob, yumshoq jo‘ja, shirin makkajo‘xori) issiq holda tayyorlanib, iste’molchilarni dimog‘iga xushbo‘y hid taratib savdo majmuasidan e’tiborsiz o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi.
8. Marketologlar Yaponiya baliq do‘konlarida iste’molchilarni xohish-istakarini shunday yaxshi o‘rgandiki, ular(iste’molchilar)ni tirik baliqlarni iste’mol qilishni xush ko‘rishini aniqladilar. Shuning uchun sotuvchilar havzaga tirik, kichik akulani solib qo‘yadilar. Akula 1-2 baliqni yeganidan so‘ng qolgan baliqlar jon talvasasida qimirlab harakatda bo‘ladi va iste’molchilar bu tirik(yangi) baliqni xarid qiladi.
10-o‘rin. Yangi mahsulot–kartoshkaga bo‘lgan salbiy munosabatlar Fransiyada oddiy va amaliy usulda “sindirilgan”: Vazir Tyugo kartoshka ekilgan dala atrofiga qo‘riqchilar qo‘yishni buyurgan. “Qo‘riqlanayaptimi, demak, qimmatbaho narsa”, deb o‘ylagan xalq.
9-o‘rin. 1797–yilda Napoleon Bonapart o‘zining milliy valutasini a’lo darajada reklama qilgan. Unda “5frank qiymatidagi tangalardan birini “topgan odamga million frankli bank cheki beriladi”, deyilgan edi. Fransuz banki ko‘rsatilgan summani to‘lashga hozirgi kunda ham kafolat beradi.
8-o‘rin. Aviakompaniyalar semiz odamlarga bir varakayiga ikkita o‘ringa bilet sotishga bekorga uringanlari yo‘q. Gap shundaki, yo‘lovchilarning ortib borayotgan vaznlarini qoplash uchun avialiniyalar har kuni qo‘shimcha 275-300 million dollarlik yonilg‘i ishlatadilar.
7-o‘rin. Amerikan Airlines aviakompaniyasi 1987–yilda birinchi klass salonida uchuvchi yo‘lovchilarga beriladigan salatlarga solinadigan zaytun miqdorini kamaytirib, 40000 dollar tejadi.
6-o‘rin. Disney o‘z muvaffaqiyatlari uchun o‘sha paytlarda rangli plyonka ishlab chiqarish bo‘yicha hamma huquqlar egasi va uni ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan yagona shaxs oldida qarzdor. Chunki, uzoq yillar davomida rangli plyonka ishlab chiqargan bu odam bilan tuzilgan shartnoma sharofati bilan, u uzoq yillar davomida yagona rangli multfilm ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan.
5-o‘rin. Maykl Jordan Nike krossovkasi reklamasidan bu mahsulotni chiqaradigan Malayziyadagi kompaniyaning hamma ishchilariga nisbatan ko‘proq pul topadi.
4-o‘rin. Mahsulotingiz yaxshi sotilishini xohlaysizmi? Jeyms Bond haqidagi filmga tushing! BMW konserni o‘z mahsulotini “Oltin kuz” filmiga joylashtirgandan keyin 300 million dollarlik buyurtma oldi, Omega Seamaster soatining sotilishi esa 90 % ga o‘sdi.
3-o‘rin. Jahondagi eng qimmat savdo markalari bu Marlboro, CocaCola va Budweiserdir. Ya’ni ulardan ikkitasi sog‘lik uchun zararli mahsulot ishlab chiqaradi. Darvoqe, Marlboro kompaniyasining birinchi egasi o‘pka rakidan vafot etgan.
2-o‘rin. Donald Tramp o‘zining birinchi “nomdor” osmono‘par binosini qurayotib, u aynan Tiffany do‘koni qarshisida bo‘lishi kerak, deya qaror qilgan. Chunki Tiffany o‘z do‘konlari uchun hamisha shahardagi eng yaxshi joylarni tanlagan, bundan tashqari bu do‘konlar atrofida hamisha badavlat odamlar yurgan. Darvoqe, Tramp o‘zining ko‘p qavatli ofisi uchun inqiroz paytida ham ijara pulini arzonlashtirmagan yagona odam bo‘ldi. Uning adolatli fikricha, haqiqiy boylar uchun status pulga nisbatan muhimroq.
1-o‘rin. Insoniyat tarixidagi eng be’mani epizodlardan biri ham tijorat bilan bog‘liqdir. Ancha pul to‘lash uchun tovarga nisbatan qanchalik istak bo‘lishi lozim?! 1635– yilda, lola guliga ishtiyoqmandlik avjiga chiqqanda, lolaning bitta piyozi krovat, to‘rtta buqa, 12 ta qo‘y, to‘rtta cho‘chqa, to‘rt tonna bug‘doy, sakkiz tonna javdar, ikki tonna yog‘, kumush, kiyimlar to‘plami, 300 litr vino, 4 tonna pivo va 300 kg pishloqqa almashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |