Savol: Yosh rahbar qanday qaror qabul qilishi lozim?
2-masala
“Sharq” kinoteatrida xar bir seansda biletlar narxi 1500 so’m bo’lganda – 300 tomoshabin, 1000 so’m bo’lganda – 600 tomoshabin, 700 so’m bo’lganda 1200 tomoshabin zalni to’ldirishi kuzatilgan. Zalda o’rindiqlar soni 2000 ta.
Savol: Maksimal daromad olish uchun chiptalarni qanday narxda sotish kerak?
3-masala
Sut sotuvchi mahsulotni ikkita etkazib beruvchidan qabul qiladi. Har ikkisi ham miqdoran bir xil, lekin sifati 2 xil sut olib kelishdi. Shuning uchun ham sutning narxlari har xil, qimmat sut 1 litri 1 p.b., arzoni esa 2 litri uchun shuncha. Shunda sotuvchi ikki sutni ham aralashtirib 3 litrini 2 p.b. dan sotishga qaror qildi. Barcha sut sotib bo’linganidan so’ng sotuvchi pulni sanasa 50 p.b. etmadi.Agar sutni aralashtirmasdan sotganida bu pul qancha chiqardi?
Savol: sotuvchi aralashmani sotayotganda har bir sutdan kancha yo’kotdi va qancha yutdi?
4-masala
Futbol uyinining chiptasi 2000 sum bo’lganida o’yingohga 30 mingta ishqiboz kelgan. Chipta bahosi 4500 so’mga ko’tarilganda ishqibozlarning soni 5 mingtaga kamaygan. Agarda talab funktsiyasi to’g’ri chiziq bo’lsa, bunda chipta bahosi 1000 sum bo’lsa, u holda o’yingohga qancha ishkibozlar kelishi mumkin (ming kishi hisobida)?
5-masala
Korxonaning umumiy harajatlari (Ts, ming sum) bilan bir kunlik ishlab chiqarish hajmi(Q,dona xisobida) o’rtasidagi aloqadorlik quyidagi jadvalda keltirilgan:
Q
|
0
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
Ts
|
0
|
75
|
95
|
140
|
200
|
280
|
Korxona uzoq muddatli davrda tovarning bahosi qanday bo’lganida uni ishlab chiqarishni to’xtatadi?
6-masala
Mukammal raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi firma bir yilda 1750 ming so’m o’rtacha o’zgaruvchan harajatlarda va 2500 ming so’m o’rtacha ishlab chiqarish harajatlarida 20 mingta telefon ishlab chiqaradi. Firma bozor bahosi 25,0 ming so’mga teng bo’lgan bir dona telefon ishlab chiqarsa qancha foyda olishi mumkin?
7-masala
Poyabzalchilik korxonasi bir oylik ishlab chiqarish hajmi 1000 juft bo’lganda doimiy harajatlar 200 ming so’mga to’g’ri keladi. Agar mehnat yagona o’zgaruvchan omil bo’lsa, uning bir soatlik harajati 1250 so’mni tashkil qilsa, bir soatlik ishlab chiqarish hajmi 5 juft poyabzal bo’lsa, u holda o’rtacha ishlab chiqarish harajatlari va o’rtacha o’zgaruvchan ishlab chiqarish harajatlari qancha mikdorni tashkil etadi?
8-masala
Bosmaxona reklama plakatlarini ishlab chiqarish uchun uchta xodim mehnatidan foydalanadi. O’rtacha mehnat mahsuli bir kunda 25 donaga to’g’ri keladi. Har bir xodimning bir kunlik ish haqi 600 so’mni va bir kunga to’g’ri keladigan doimiy harajatlar 1000 so’mni tashkil etadi. Bosmaxonaning o’rtacha o’zgaruvchan harajatlari qanday bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |