O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-aprel,
774-I-son
2.
Yangiobod tumani hokimligi xodimlari vazifalar taqsimoti
2021 yil 19 oktabr kuni Yangiobod tumani hokimining ―Yangiobod tuman
hokimining birinchi oʼrinbosari, oʼrinbosarlari va tarkibiy boʼlinmalarining
funktsional vazifalarini tasdiqlash toʼgʼrisida‖gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror bilan tuman hokimining birinchi oʼrinbosari, oʼrinbosarlari va
tarkibiy boʼlinmalarining funktsional vazifalarini tasdiqlangan.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlari oʼz faoliyatida Oʼzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumatning hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, Yangiobod
tumani hokimining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi. Yangiobod tumani
hokimining oʼrinbosarlari oʼziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining
samaradorligi va natijadorligi, oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti
hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʼliq va sifatli
bajarilishini tashkil etish uchun Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida
shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlari tegishlicha Yangiobod tumani
hokimiga boʼysunadi.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining oʼziga biriktirilgan tarmoq
va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bogʼliq vazifalarini hal qilish boʼyicha
faoliyati Jizzax viloyati hokimining yo‘nalish bo‘yicha viloyat hokimi
o‘rinbosarlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlari ishlari Oʼzbekiston
Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida‖gi Qonuniga,
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga
muvofiq, Yangiobod tumani hokimligining choraklik va yarim yillik ish rejalari
asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalari asosida Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining
oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda Yangiobod tumani hokimi
tomonidan tasdiqlanadi. Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining hisoboti
Yangiobod tumani hokimining tezkor yigʼilishlarida har haftada eshitib boriladi.
Oʼzbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida‖gi
Qonuniga asosan Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining tegishli
hisobotlari xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
Yangiobod tumani hokimining oʼrinbosarlarining Oʼzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi ―Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali
tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʼshimcha
chora-tadbirlar toʼgʼrisida‖gi PF-6166-son Farmoni, 2017 yil 11 apreldagi
―Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va
natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʼzbekiston
Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning
komplekslari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi
hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʼgʼrisida‖gi PQ–2881-son qarori,
shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi ―Ijro intizomini
mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida‖gi 12-son qaroriga muvofiq ijro
intizomigasoʼzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |