3-§.Tijorat banklari likvidliligini boshqarish
Yuqorida aytilganidek, likvidlikni boshqarishni bajarish masalasi, talab etiladigan darajasi ushlab turilishi uchun tijorat banki mustaqil ravishda o’zining faoliyati va talablariga amal qilishi hamma tarmoqlardagi iqtisodiy asoslangan siyosatni o’tkazishi lozim.
Bu maqsadlarda tijorat banki doimo o’z kapitalini oshirib borishi boshqa korxonalar va tashkilotlardan jalb etilgan mablag’ va o’z mablag’lari o’rtasidan optimal nisbatni ta’minlashi, bankning oborotida bo’lgan uzoq muddatli «ishonchli» va «arzon» kredit resurslarini shakllantirishga intilishi kerak. Kredit siyosatini to’g’ri ishlab chiqish, kredit resurslarini foyda keltiradigan sohalarga qo’yishi, resurslarini jalb etishda kredit qo’yilmalar hajmi va ularni muddatiga etibor berish, likvid aktivlarning hajmini oshirish bilan bank aktivlarining optimal strukturani shakllantirishiga erishish lozim. Shuningdek, hissadorlarning qonuniy talablarini bajarishga tayyor bo’lishi uchun shu mablag’larning keragidan ortiqcha xarajat qilishiga yo’l qo’ymasligi orqali, bankning daromad va foydasini oshirishiga intilish zarur.
Bank likvidliligini boshqarish nazariyalari tijorat banklarini tashkil etilishi bilan bir vaqtda paydo bo’ldi.
Hozirgi kunda 4ta asosiy nazariyalar farqlanadi:
Tijorat ssudalari nazariyasi;
Joydan-joyga (aktivlarni) ko’chirish nazariyasi;
Kutiladigan daromad nazariyasi;
Passivlarni boshqarish nazariyasi.
Birinchi uchta nazariya bevosita aktivlarni boshqarish nazariyasi bilan bog’liq. Bank amaliyotida yuqoridagi nazariyalarning barchasi qo’llaniladi, lekin har xil banklarda ularning qaysigadir ko’proq e’tibor qaratiladi.
Likvidlik holatini boshqarishda 2 ta yo’nalishni ajratishimiz mumkin:
Birinchisi, rezervlarni doimiy nazorat qilish siyosati. Bu shuni anglatadiki, bankda daromad keltirmaydigan aktivlarni oshishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Ikkinchisi, rezervlarni bir darajada saqlab turishni qo’llab-quvvatlash siyosati, ya’ni majburiy rezerv normalari, jalb qilingan depozitlarga rezervlar va h.z.
Likvid mablag’larga bo’lgan talabni rejalashtirishda naqd pullarni boshqarish, ya’ni mijozlarning talabini qondirish maqsadida majburiy rezervlarni bir maromda saqlash lozimdir. Shularni inobatga olgan holda bank kassasidagi pullar kun davomida, ya’ni pul tushum va chiqim bitimlarini amalga oshirish natijasida o’zgarib boradi.
Bank amaliyoti shuni ko’rsatadiki, likvidlilikning etarli darajasini ta’minlanmasligi bank faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday holatning yuzaga kelishi odatda bankdagi depozitlarning yo’qotilishiga, bu esa naqd pul mablag’larining kamayishiga va bank aktivlaridaga o’ta likvid qimmatli qog’ozlarning sotilishiga sabab bo’ladi. Bank likvidliligini boshqa banklardan olingan kreditlar hisobiga ham qondirish mumkin. Ammo, boshqa banklar yuqori foiz stavkada kreditlar taqdim etadi yoki berilayotgan kreditlarga qo’shimcha
ta’minot qo’yishni talab etishadi. Bu esa, bank oladigan daromadning kamayishiga sabab bo’ladi.
Banklarning likvidlilik muammosini hal qilish uchun likvidlilikni boshqarishni bir qancha strategiyalari mavjuddir.
Bular:
Aktivlar hisobiga likvidlilikni ta’minlash strategiyasi (aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish). Bu strategiyaga muvofiq bank aktivlarni tez sotiladigan qimmatli qog’ozlarga joylashtirishni nazarda tutadi. Agar, likvid mablag’larga talab yuzaga keladigan bo’lsa bank naqd pullarga bo’lgan talabni qondirguncha o’z aktivlarini sotadi. Odatda likvidlilikni boshqarishning ushbu strategiyasi aktivlarning transformatsiyasi deb ataladi, chunki pul ko’rinishida bo’lmagan aktivlar naqd pulga aylanishi hisobiga likvid mablag’lar yuzaga keladi.
Likvid aktivlar uchta hususiyatga ega bo’lishi lozim:
tez pulga aylanishi uchun o’z bozoriga ega bo’lishi lozim;
bozorlarda barqaror bahoga ega bo’lishi ;
sotuvchi minimal risk orqali birlamchi investitsiyani qoplay olish imkoniyatining bo’lishi.
Aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish strategiyasi odatda mayda banklar faoliyatida qo’llaniladi, chunki ushbu likvidlilikni boshqarish metodi qarz likvid mablag’lari orqali aktivlarni transformatsiyalash strategiyasi likvidlilikni boshqarishning arzon yo’li hisoblanmaydi. Aktivlarni sotilishi bankning kelgusi daromadlarini yo’qolishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, ko’p aktivlarning sotilishi qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda brokerlarga to’lanadigan komission xarajatlar bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, naqd pul mablag’lariga ega bo’lish maqsadida aktivlarning sotilishi bank balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar (misol uchun davlat qisqa muddatli obligatsiyalari)ni mavjud bo’lishi bankning moliyaviy faoliyati barqarorligidan dalolat beradi. Aktivlarning sotilishi lozim bo’lgan paytda bozorda qimmatli qog’ozlarning bahosi tushayotgan davrga to’g’ri kelishi bank kapitalining yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Bank boshqaruvchilari kelgusi davr daromadlarini muqobil qiymatini minimallashtirish uchun, birinchi navbatda minimal foyda potentsialiga ega bo’lgan aktivlar sotilishini ta’minlab berishi kerak. Xullas likvid aktivlarning salmog’i oshib borgan sari bankning daromadlarini qisqarishiga olib keladi.
Pul mablag’lariga talabni qondirish uchun likvid qarz mablag’laridan foydalanish strategiyasi (passivlarni boshqarish). Ko’pgina yirik banklar likvid mablag’larning manbasi sifatida ko’proq pul bozoridagi qarz mablag’laridan foydalanishadi. Odatda bu strategiyani passivlarni boshqarish deb ataladi. Bunda tijorat banklari o’zlarining likvid mablag’larga bo’lgan talablarini yirik mikdordagi depozit sertifikatlarini va boshqa banklardan olingan kredit mablag’lari orqali ta’minlashadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi orqali ma’lum bir muddat uchun qarz mablag’lari hisobiga likvidlilik ta’minlanadi. Bu strategiyani yirik banklar amalga oshirishining asosiy sababi shundaki, banklarning o’z mablag’lariga nisbatan majburiyatlarining ortishi va bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning etarli darajada bo’lmasligi, bankning to’lovga layoqatsiz bo’lish riski yuzaga kelishi
mumkin hamda bank likvid mablag’larga bo’lgan talabini qondira olmay qolishi mumkin.
Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag’larini boshqarish strategiyasining riskliligini va aktivlarda likvid mablag’larning yuqori bahosini hisobga olgan holda, banklar likvidlilikni boshqarishning aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini tanlaydilar. Bu strategiga muvofiq likvid mablag’larga kutilayotgan talabning bir qismi tez sotiladigan qimmatli qog’ozlar va boshqa banklardagi depozit ko’rinishlarida saqlanadi, shu paytda likvid mablag’larga bo’lgan boshqa talablar bank korrespondentlar bilan ochilgan kredit liniyalari va boshqa mablag’lar orqali qondiriladi. Kutilmaganda yuzaga keladigan likvid mablag’larga talablar qisqa muddatli kreditlar orqali qoplanadi.
Tijorat banklari likvidliligini samarali boshqarishda bank va uning atrofidagi muhitning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan likvidlikni boshqarish siyosatining mavjudligi;
bankning turli bo’linmalarining muvofiqlashtirilganligi;
bank likvidlik holatining monitoringi vazifalari yuklangan bo’linmaning mavjudligi;
ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda bankning aktiv va passiv holatlarini tahlil qilish uchun axborot tizimining mavjudligi etakchi omillaridan hisoblanadi.
Likvidlilikni boshqarishda bank likvidlilikni boshqarish siyosatini ishlab chiqish, likvidlikni boshqarish bo’yicha qarorlar bank kengashida doimo muhokama qilib borilishi va zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi lozim. Tijorat banklarining tarkibiy bo’linmalari:
-bank likvidlik holatining har kunlik kuzatuvi;
-rahbariyatga bankning likvidlikka munosabati to’g’risida kundalik hisobotlarni tayyorlash, bunda likvidlikni qisqa muddatli rejalashtirish ham hisobga olinishi kerak;
-barcha bank bo’limlaridan kerakli bo’lgan axborotlarni olish vakolatiga ega bo’lishi lozim.
Kundalik hisobotlar etti kunlik davr ichida likvidlikning qisqa muddatli kamayishini yoki ortiqchaligani aks ettirish uchun etarli darajada batafsil bo’lishi hamda mablag’larni jalb etish va investitsiyalash bo’yicha talab qilingan tavsiyanomalar bilan ta’minlashi lozim. Ushbu bo’linma malum davr ichida (oy, chorak, yil yakunlari bo’yicha) bank Boshqaruvi Kengashiga bankning likvidlik pozitsiyasi holati to’g’risida umumlashgan hisobotlar taqdim etishi kerak. Likvidlik holati to’g’risidagi kundalik hisobot 10-ilovada keltirilgan.
Tijorat banklari likvidliligini baholashda bankning joriy likvidlilik holati va mablag’larga kelajakda bo’ladigan ehtiyojini etarli darajada baholash uchun
-moliyaviy resurslarning eng yirik manbalari, tarmoq va geografik hudud bo’yicha resurslar manbalarining jamlanganligi;
-asosiy nomuvofiqliklarni aniqlash uchun aktivlar va passivlarni to’lash jadvali;
-likvid aktivlar va depozitlarning oldingi trendlari (dinamikasini aks ettiruvchi jadvallar);
-balansdan tashqari majburiyatlar,
-berilishi kutilayotgan kreditlar,
-aktivlarning daromadliligi va jalb qilingan resurslarning qiymati;
-iqtisodiyotning ahvoli, shu jumladan, asosiy iqtisodiy indikatorlar va foiz stavkalarining o’zgarishi taxminlari.
To’liq axborot va ma’lumotlar berilishi lozim.
Bank likvidliligini boshqarishning samarali usuli aktiv va passivlarni boshqarishni o’z ichiga oladi.
Balansning aktiv qismida bank likvidligini boshqarish uchun sotilishi oson bo’lgan aktsiyalarni, ya’ni DQO ni xarid qilish yoki ularga egalik qilish yoxud zaxiralarni ko’proq tashkil qilish va sotilishi qiyinchilik tug’dirmaydigan pul mablag’lariga aylantirish ko’p vaqtni olmaydigan qisqa muddatli qo’yilmalarni amalga oshirish yo’li bilan erishish mumkin.
Banklarning likvidliligini boshqarishda:
-joriy likvidlik holati;
-resurslarga bo’lgan talabning davriy o’zgarib turishi;
-resurslarga bo’lgan talablarning mo’ljallanayotgan o’zgarishlari;
-resurslar manbalari. Rahbariyat banklararo bozorda aktivlarni sotish va xarid qilishni yoki boshqa manbalarni tanlashi lozim;
-resurslarning qiymati;
-aktivlarning sifati kabi omillarni inobatga olish lozim.
Bank aktivlarining sifati ham bank likvidliligiga ta’sir ko’rsatadi. Chunki, bankda muammoli kreditlar, muddati o’tgan, foyda keltirmaydigan kreditlar salmog’ining yuqoriligi, pul mablag’lari harakatining kamligi bank likvidligining tushib ketishiga olib keladi.
Bank faoliyatining barqaror va likvid bo’lishi uning resurslarining manbalari va hajmiga, resurslarni tashkil qilishda diversifikatsiya usulidan foydalanganligiga ham bog’liq. Agar, tijorat banki resurslarining asosiy qismini sanoqli yirik korxonalar mablag’lari yoki davlatning mablag’lari hisobidan tashkil qiladigan bo’lsa, bankning shu sub’ektlar depozitlariga qaramligini ko’rsatadi va sub’ektlar tomonidan turli xil byudjet to’lovlarini amalga oshirish, ish haqi to’lash bo’yicha depozitdan mablag’lar olishi bankning likvidlilik riski shuncha yuqori bo’lishiga olib keladi.
Undan tashqari, bank likvidliligi bankning kapitali va foydaliligini hisobga olgan holda bankning umumiy moliyaviy holati ham ta’sir ko’rsatadi.
Bankning moliyaviy holati yomon bo’lsa talab qilinayotgan vositalarni yuqori narxda olish yoki banklararo bozorga kira olmasligi mumkin.
Balansdan tashqari majburiyatlar va shartnomalar, jumladan, ishlamayotgan kredit liniyalar, akkreditivlar, qimmatli qog’ozlar va valyuta sotib olish uchun tuzilgan kelishuvlarning mavjudligi ham bank likvidliligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Tijorat banklarining likvidligini boshqarishda banklararo kreditlarning muddati 1 kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Foiz stavkalari kontragent banklar o’rtasidagi bitim asosida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi yoki DQO lari bo’yicha stavkalarni asos qilib olgan holda belgilanishi kerak.
Ta’minotga ega bo’lmagan banklararo kredit bitimlarini tuzganda bir qarz oluvchiga beriladigan qarz me’yorlariga amal qilish kerak. Faqatgina overnayt operatsiyalari bundan mustasno, ular bo’yicha limit chegarasi bank kapitalining 25 foizi atrofida o’rnatiladi.
Banklararo kreditlarning ta’minogi sifatida DQO lari kabi yuqori likvidli va oson sotiluvchi qimmatli qog’ozlar qabul qilinishi mumkin. Ta’minot sifatida topshirilgan qimmatli qog’ozlar uchinchi shaxsning (tijorat banki yoki Markaziy bankda) eskrou hisobvarag’ida joylashtirilishi yoki Markaziy bank daftarlarida ularning garovga olinganligi belgilanishi kerak.
Repo operatsiyalarida qo’llaniluvchi qimmatli qog’ozlar oson sotiluvchi va likvid vositalar, ya’ni DQO lari ko’rinishida bo’lishi kerak. Agar banklar boshqa qimmatli qog’ozlarni afzal deb bilsa, u holda qarz beruvchi tomon ularning yuqori likvidlik talablariga javob berishiga ishonch hosil qilishi va ularni o’zlarida saqlanishini ta’minlashi kerak. Bundan tashqari, tomonlar qimmatli qog’ozlarni uchinchi tomonda saqlash haqida kelishib olishi mumkin.
Repo operatsiyalari Markaziy bank talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim. Kelishuvda har bir tomonning huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Kredit beruvchi tomon qimmatli qog’ozlarning to’lov muddatiga qarab garov qiymatining kredit qiymatidan kamida 10 foizga yuqori bo’lishini ta’minlashi kerak. To’lov muddati qancha yaqin bo’lsa, marja shunchalik katta bo’lishi zarur.
Ta’minot sifatida DQO laridan foydalanilgan holda garov qiymatini, joriy diskont asosida aniqlash to’g’riroq bo’ladi. Kuponli qimmatli qog’ozlar qiymati ularning bozor narxi hamda hisoblangan foizlar miqdorida aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda garov turi bo’yicha ma’lum cheklovlar o’rnatilmagan bo’lsada, banklar bozorda kotirovka qilinmaydigan qimmatli qoyuzlar va asosiy vositalar kabi garovning nolikvid shakllarini qo’llashda o’zlarining zimmalaridagi xatarni anglashlari lozim. qimmatli qog’ozlar bozori rivojlanishining cheklanganligi va likvidligi korxonalar aktsiyalarini garov sifatida qo’llanilishiga imkon bermaydi. Shu tufayli, davlat qimmatli qog’ozlardan tashqari boshqa qimmatli qog’ozlar garovi asosida berilgan kredit "ta’minlangan" bitim deb hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |