Mln sum
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Kapital
|
I
|
I-darajali kapital
|
Asosiy
I-daraja
|
Qo’shimcha
II-daraja
|
Jami
Kapital
|
1.
|
Oddiy aktsiyalar
|
570
|
|
570
|
2.
|
Nokumulyativ muddatsiz aktsiyalar
|
198
|
|
198
|
3.
|
Kapital ( ortiqcha kismi)
|
0
|
|
0
|
4.
|
Taqsimlanmagan foyda
|
31059
|
|
31059
|
5.
|
Aktsiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aktsiyadorlik xisob varaqalaridagi ulushi
|
0
|
|
|
II
|
I-darajali kapitaldan chegirmalar
|
|
|
|
1.
|
Nomaterial aktivlar
|
0
|
|
|
III
|
Sof I-darajali kapital
|
|
|
31827
|
IV
|
II-darajali kapital
|
|
|
|
1.
|
Joriy yilning foydasi
|
|
20463
|
20463
|
2.
|
Mumkin bo’lgan zararlarni qoplash
uchun zaxira (riskli tijorat aktiv 1.25%)
|
|
|
|
3.
|
Kapitalning boshqa instrumentlari
|
|
|
|
4.
|
II-darajali kapitalning I-darajali kapitaldan ortgan kismi
|
|
|
|
V
|
Umumiy kapital summasi chegirmalar olingunga kadar
|
|
52290
|
52290
|
VI
|
Umumiy kapital summasidan olinadigan chegirmalar
|
|
|
|
1.
|
Konsolidatsiyalashmagan korxonalarning kapitaliga
investitsiya
|
|
|
|
2.
|
Bank kapitalining barcha
investitsiya instrumentlari
|
|
|
|
VII
|
Riskka asoslangan kapitalning
umumiy summasi
|
|
|
52290
|
VIII
|
Riskni hisobga olgan holdagi aktivlar umumiy summasi
|
|
|
832036
|
IX
|
Birinchi darajali kapitalning etarlilik darajasi (III/VII)
|
|
|
0.06
|
X
|
Umumiy kapitalning etarlilik darajasi (VII/VIII)
|
|
|
0.062
|
Rezerv kapitali – bankning umumiy va maxsus maqsadlari uchun (masalan, devalvatsiya uchun zaxira, trast operatsiyalari buyicha biznes uchun zaxira, ko’zda tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun zaxira va boshqa maqsadlar uchun) yaratgan zaxirasining hisobi 30903-30906 balans hisobvaraqasida olib boriladi. Ushbu zaxira bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga tashkil etiladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan so’ng sof foyda hisobiga shakllangan zahiralardir.
Ushbu zahiralarga ajratiladigan chegirmalar miqdori ochiq e’lon kilinadigan hisobotda ko’rsatilishi lozim. Zahiradan bank faoliyatida vujudga keladigan turli zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalaniladi. Bundan mazkur zaxiralar hisobiga qoplanadigan barcha zararlar foyda va zararlar hisobida aks ettiriladi. 30903 – umumiy zaxira fondi bo’lib, bu hisobvarag’i bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan umumiy maqsadlar (masalan, bank faoliyatini kengaytirish, bank uchun zaruriy vositalarni sotib olish va ko’zda tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun va hokazo) uchun tashkil etgan zahirasi hisobini yuritish uchun mo’ljallangan.
30906-Devalvatsiya uchun zaxira bo’lib, bu hisobvaraqda milliy valyutaning devalvatsiyasi natijasida ko’rishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiraning hisobi yuritiladi. Ushbu zaxira mablag’lari bankning taqsimlanmagan foydasining ma’lum qismidan va valyutadagi bank aktivining ustav kapitaliga tegishli ekvivalentini qayta baholash natijasida hisoblangan mablag’lardan tashkil topgan.
Maxsus zaxiralar-«Standart», «Substandart», «Shubhali» va «Umidsiz» deb tasniflangan kredit va lizing operatsiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar buyicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun uchun zaxira tashkil qilinadi.
Taqsimlanmagan foyda. Bu hisobvarag’i bankning butun faoliyati davomida olgan foydasining taqsimlanmagan qismi hisobini yuritish uchun mo’ljallangan. O’z ichiga quyidagi hisobraqamlarni oladi: yillik, sof foyda; boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholanganda qo’shimcha qiymat.
31206-yillik sof foyda.
Bu hisobvarag’i hisobot yilida bank faoliyatining moliyaviy natijalari bo’yicha yillik foyda yoki zararlari hisobini olib borish uchun mo’ljallangan. Ushbu hisobvarag’i bankning yillik hisoboti topshirilgandan so’ng yopiladi.
Agar bank moliyaviy hisobot yakunlariga ko’ra foyda bilan chiqsa, ushbu hisobraqam kredit qoldiq bilan yopiladi.
Boshlang’ich qiymatga nisbatan qayta baholangandan qo’shimcha qiymat hisobvarag’i inflyatsiya natijasida bank asosiy vositalari qiymati qayta baholanganda ularning boshlang’ich va bozor qiymatlar o’rtasidagi ijobiy farq, ya’ni boshlang’ich bahosiga nisbatan qo’shimcha qiymatining summasi aks ettiriladi.
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |