Toshkent moliya instituti sh


Balans bo’limlarining qisqacha tavsifi



Download 0,49 Mb.
bet25/161
Sana01.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#292154
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161
Bog'liq
bank ishi

Balans bo’limlarining qisqacha tavsifi.


1 bo’lim "AKTIVLAR"

"Aktiv"lar bo’limi o’z ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisobraqami ajratilgan. Bu hisobvaraq nomi "Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari" bo’lib, o’z ichiga "Kassadagi naqd pullar", "Yo’ldagi naqd pullar",



"Valyuta almashtirish shaxobchalari kassasidagi naqd pullar", "Bankomatlardagi naqd pullar kabi bir qator sub-hisobraqamlarni birlashtiradi".

Bundan tashqari ushbu bo’limda 10300 - "O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankidagi hisob-raqamlari", 10500 - "Bankning boshqa banklardagi hisob- raqamlari" nomli asosiy hisobvaraqlar va ularga tegishli bo’lgan bir kator sub-hisob- raqamlari ochilgan. Respublikadagi mavjud qonun qoidalarga asosan barcha tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida o’z vakillik hisobvaraqlarini ochadilar. Mablag’ o’tkazish yoki mablag’larni tushirish bo’yicha amalga oshiriladigan banklararo operatsiyalar tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Majburiy zahiralar fondi ham Markaziy Bankdagi alohida hisobvaragida turadigan bank mablag’i bo’lib, O’zbekistonning barcha tijorat banklari tomonidan majburiy tartibda zaxiralanadi, bu esa tijorat bankining likvidliligini saqlab turishga malum darajada kafolat bo’ladi. Majburiy zahiralar fondiga ajratmalarning foiz stavkalarini belgilash Markaziy Bank tomonidan o’tkaziladigan tijorat banklari likvidligini saqlab turuvchi eng ta’sirchan mexanizm bo’lib hisoblanadi.

Oldi-sotdi uchun mo’ljallangan qimmatli kog’ozlar bo’yicha operatsiyalar hisobini yuritish uchun 10700 hisobraqam ajratilgan. 10900 hisobraqami esa oldi- sotdi uchun mo’ljallangan qimmatbaho metallarni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bu ikkala asosiy hisobraqamlar ham bir necha sub-hisobraqamlarni o’ziga birlashtiradi. Qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar tijorat bankining fond bozoridagi operatsiyalarini aks ettiradi va balans aktivining boshqa ko’rsatkichlari bilan taqqoslanganda qimmatli qogozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarida bankning amaliy faolligini ifodalaydi. 11300 "Sotib olingan veksellar" hisobraqamida bank tomonidan veksellarni sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar hisobga olib boriladi. Bankning sotib olingan veksellari 11301-11399 raqamli balans hisobraqamlarida hisobga olinadi. Veksellarni sotib olish -bu muomaladagi instrumentlar vositasida moliyalashtirishning bir shaklidir. Mijozlardan eksport bilan borliq va mahalliy hujjatli hamda xujjatsiz veksellarni sotib olish asosan ushbu veksellarni o’z vaqtida to’lanishi bo’yicha shartni O’z ichiga oladi. Ba’zi hollarda vekselni sotib olish yoki bank tomonidan kayta sotish shartlarini o’z ichiga olishi mumkin.

Bank tomonidan berilgan qisqa muddatli ssudalar quyidagi asosiy hisobraqamlarda hisobga olib boriladn: 11900- "O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga berilgan kisqa muddatli ssudalar", 12100- "Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar, 12300- "hukumatga berilgan qiska muddatli ssudalar, 12500- Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli ssudalar, 127000- “Davlat korxonalariga berilgan qisqa muddatli ssudalar”, 12900-“Qo’shimcha korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar” 13100- "Xususiy korxona 12500-«Jismoniy shaxslarga berilgan qisqka muddatli ssudalar» "Davlat korxonalariga berilgan qisqa muddatli korxonalarga ssudalar" va korporatsiyalarga berilgan qisqa muddatli ssudalarga tegishli bo’lgan qarz 13300-14300 hisob raqamlarda, uzoq muddatli ssudalar esa 14500-15500, o’rta va uzoq muddatli ssudalar xam turli mulkchilik shakllariga oluvchilar bo’yicha guruxlashtirilgan va o’rta muddatli ssudalar hisobraqamlarida hisobga olib boriladi. Umuman, kreditlar tijorat banklarining

ssudaga doir operatsiyalaridan bank foyda olishining belgilovchi moddasi hisoblanadi.

Balansda kredit muddatlari va xalq xo’jaligidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab klassifikatsiya qilinadi. Sud jarayonidagi ssudalar va avanslar 15300 asosiy hisob - raqamda olib boriladi. hisobraqamda sud muhokamasiga o’tkazilgan ssudalarning hisobi ular to’liq undirib olinmaguncha, qarzdorlarning majburiyati qayta ko’rib chiqilmaguncha, garovdagi mol - mulki olib qo’yilmaguncha yoki sud jarayonini to’xtatadigan boshqa o’zgarishlar bo’lmaguncha shu hisobraqamda yuritiladi.

Bank investitsiyalari 15900 asosiy hisobraqamda hisobga olinadi va ikki kategoriyaga bo’linadi:

Hukumat obligatsiyalariga investitsiya qilingan mablag’lar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining obligatsiyalariga hamda xususiy obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag’lar;

Uz qimmatbaho qog’ozlariga qo’yilgan investitsiyalar. Bu qimmatli kog’ozlarning hisobi yuqorida ko’rsatilgan hisob - raqamda olib borilmaydi.

Bosh bank agentliklaridagi mablag’larni hisobga olib borish uchun 16100 hisob - raqam ajratilgan. Bu hisobraqamda Respublikada joylashgan bosh bank va bo’limlar yoki bo’limlararo bo’ladigan milliy va xorijiy valyutalardagi operatsiyalarning hisobi olib boriladi. 16300 hisobraqam aktivlar bo’yicha hisoblangan foizlarni hisobga olishga mo’ljallangan. Bu hisobraqam va unga tegishli bo’lgan sub - hisobraqamlarda tegishli balans hisobraqamlarda hisobi yuritiladigan aktivlar bo’yicha yoki ko’rsatilgan hizmatlar bo’yicha hisoblangan va olinishi lozim bo’lgan, ya’ni xali kelib tushmagan foizlar hisoblanadi. Balans hisoboti davrida ushbu foizlar tegishli foizlar hisobraqami (16301 - 16397) ga debetlanadi va unga mos kelgan foizli daromadlar hisobraqamiga kreditlanadi.

Bankning asosiy vositalari 16500 va 16700 hisobraqamlarida hisobga olib boriladi.

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar - bank aktivlarining asosiy moddalaridan biri bo’lib hisoblanadi, chunki bank O’z faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart - sharoitga ega bo’lishi lozim. Bankning asosiy vositalariga bino - inshootlar, kapital kurilish uchun bank tomonidan qilingan xarajatlar, ofis va ish mebeli, jixozlar, kompyuter va boshqa hisoblash texnikasi aloqa vositalari kabilar kiradi. Markazny Bank belgilagan me’yorlar tijorat bankining kapital xarajatlari miqdorini bank aktivining 10 foiz miqdorida cheklaydi. Kliring hisob - varaqlari va boshqa aktivlar 17300 va 19900 hisob - raqamlarda hisobga olib boriladi.





Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish