Pul emissiyasi. Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida bo’lgani kabi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash xuquqiga ega, ya’ni u emissiya markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki chakana savdoda mahsulot haqini to’lash hamda qarz majburiyatlarini uzil-kesil uzish uchun mablag’ga ega bo’lishi lozimligini ta’minlash uchun naqd pul zarur.
Tijorat banklarining kassa zahiralarini jamg’arish va saqlash. Muomaladagi pul miqdori hajmini boshqarish uchun O’zbekiston Respublikasi Markazi banki jalb qilingan pul mablag’lari hajmiga qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan koeffitsientlarini belgilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi uning pul miqdori o’sish sur’ati va tuzilmasiga, shuningdek, pulning qadrsizlanish darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining moslashuvchanligi bog’liq. Ko’rib chiqilayotgan Qonunning 28-moddasiga muvofiq
majburiy zaxiralar alohida hisobvaraqda naqd pul yoki omonatlar tarzida deponentga olinadi. Zahiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bilan bog’liq qisqa muddatli muammolarni hal etish imkonini beradi. Ayrim hollarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zahiralarga foizlar qo’shib qo’yilishi ham mumkin. Tijorat banklarining mablag’larini zahiralash talablariga amal qilish borasida javobgarligini oshirish uchun qonunda moliyaviy sanktsiyalar (53-modda) ko’zda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to’lanmay qolgan pulni qonunda belgilangan tartibda so’zsiz undirib olish, shuningdek jarimalar solish huquqi berilgan.
Endi Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega. Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etadi.
Markaziy bank Qoraqalpog’iston Respublikasi poytaxtida, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan bosh boshqarmalar tuzadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bosh boshqarmalarining hududiy joylashuvi.
Markaziy bankning boshqaruv tarkibini quyidagi chizmada aks ettirish mumkin.
Boshqaruv tarkibi
O’zbekistno Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Markaziy bank raisi
Rais o’rinbosari
Bankning asosiy bo’linmalari rahbarlari
Markaziy bank raisi Boshqaruvining raisi hisoblanadi. Boshqaruv a’zolari Markaziy bank raisi taqdimnomasiga ko’ra Oliy Majlisning Kengashi tasdiqlaydi.
Markaziy bank raisi Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar bo’ladi.
Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqarish bo’yicha harakatlarni amalga oshiradi.
Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo’yicha Markaziy bank nomidan ish ko’radi.
Markaziy bank raisining birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari Markaziy bank raisining taqdimotiga ko’ra Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki departament, boshqarma va bo’limlardan tashkil topgan. (2 ilovaga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: |