Toshkent moliya instituti sh


Balansdan tashqari aktivlar



Download 0,49 Mb.
bet48/161
Sana01.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#292154
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   161
Bog'liq
bank ishi

Balansdan tashqari aktivlar.


Risk darajasi hisobga olingan aktivlar summasi hisob-kitob qilinganda barcha balansdan tashqari aktivlar hisobga olinadi, ichki bozorda tuzilgan forvord, svop bitimlari, sotib olingan optsionlar va shunga o’xshash boshqa (derevativ) vositalar bundan mustasno.

Balansdan tashqari moddalarning risk toifasi quyidagicha aniqlanadi: balansdan tashqari moddaning to’lanmagan qoldig’i kreditni hisoblash omiliga ko’paytiriladi. Olingan natija balansdan tashqari moddaning balans ekvivalenti bo’lib, unga balans hisobraqamlari qoidalariga muvofiq tegishli risk darajasi belgilanadi. Past risk omili balansdan tashqari vositaning Markaziy bank uchun qulay garov yoki kafolat bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan ma’lum bir qismiga qo’llanishi mumkin.

Masalan, bank tijorat buyurtmachi nomidan 10 mln. so’mlik alohida depozit hisobraqami bilan ta’minlangan moliyaviy zaxira akkreditivni chiqardi. Bunday akkreditivlar bo’yicha kreditni hisoblash omili quyida ko’rsatilganidek, 100 foiz

miqdorida belgilanadi. Bankda alohida depozit hisobraqam bilan ta’minlangan balans aktivlari 0 foiz miqdorida balans riskligi darajasiga ega. Balansning yakuniy risk darajasi 10 million so’mni kreditni hisoblash omiliga 1.00 (100 foiz) va 0 foizli riskli toifasiga ko’paytirish orqali aniqlanadi.

100 foizli kreditni hisoblash omili qo’llanadigan balansdan tashqari moddalarga quyidagilar kiradi:


  1. nomidan kafolatlar yoki zahira akkreditivi berilgan bank mijozi bitim va boshqa majburiyatlarga muvofiq holda uchinchi tomonga majburiyatlarni qoplashga layoqatsiz bo’lsa, bankning uchinchi tomonga to’lovlar to’g’risidagi yuridik jihatdan chaqirib olinmaydigan majburiyatlarini o’zida aks ettirgan bevosita kredit o’rnini bosuvchilar, jumladan, umumiy kafolatlar, zaxira akkreditivlari va boshqa shunga o’xshash bitimlar;

  2. qayta sotib olish haqidagi kelishuv yoki belgilangan shartlarda aktivlarni bankka qaytarish haqidagi kelishuvga muvofiq sotilgan aktivlar;

v) aktivlarni kelajakda ma’lum bir muddatga sotib olish majburiyati.

50 foizli kreditni hisoblash omili qo’llanadigan balansdan tashqari moddalar quyidagilardan iborat:



  1. bitim kafolatlari yoki muayyan bitimga nisbatan akkreditivlar singari bitimlar bilan bog’liq majburiyatlar. Bu majburiyatlar agar nomidan majburiyatlar chiqarilgan bank mijozi nomoliyaviy tijorat majburiyatlarini amalga oshirolmagan bo’lsa, bankning uchinchi shaxsga kompensatsiya to’lash bo’yicha chaqirib olinmaydigan majburiyatlari hisoblanadi. Masalan, mol etkazib beruvchi yoki subpudratchi sifatida ma’lum bir funktsiya bajarilishini kafolatlovchi akkreditiv;

  2. boshlang’ich to’lov muddati bir yildan ortiq bo’lgan kredit liniyasi yoki shunga o’xshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning bajarilmagan qismi.

20 foizli kreditni hisoblash omili qo’llaniladigan balansdan tashqari moddalar quyidagilardan iborat:

  1. tovarlarni etkazib berish bilan ta’minlangan hujjatli akkreditiv singari savdo bilan bog’liq majburiyatlar. Ular qisqa muddatli yoki o’z-o’zini tugatuvchi bo’lishi kerak;

  2. boshlang’ich to’lov muddati bir yil va undan kam bo’lgan kredit liniyasi yoki shunga o’xshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning bajarilmagan qismi.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish