Aktiv
|
Passiv
|
Kassadagi mavjud pul
|
Pul emissiyasi
|
Oltin va boshqa qimmatbaho metallar
|
Tijorat banklarining pul mablag’lari
|
Banklarning korrespondent hisoblari
|
Xalqaro moliya institutlarining pul mablag’lari
|
Davlatga qarashli va boshqa qimmatli
qog’ozlar
|
Hukumat mablag’lari
|
Hukumatga berilgan ssudalar
|
Boshqa passivlar
|
Tijorat banklariga berilgan ssudalar
|
Ustav sarmoyasi
|
Nobank institutlariga berilgan ssudalar
|
Sarmoya qoldiqlari
|
Boshqa aktivlar
|
Zahiralar va fondlar
|
|
Taqsimlanmagan foyda (daromad)
|
Jami:
|
Jami:
|
"Tijorat Banklari".
Tijorat banki balansining jadvali.
6 - ilova
Aktiv
|
Passiv
|
Kassadagi mavjud pul
|
Talab qilib olinadigan
|
Boshqa banklardagi "nostro" hisoblari
|
Jamg’arma omonatlari
|
Davlat qimmatbaho qog’ozlari
|
Muddatli depozitlar
|
Kreditlar
|
Banklararo kreditlar
|
Sarmoyalar
|
Boshqa passivlar
|
Asosiy pul mablag’lari
|
hissadorlik kapitali
|
Boshqa aktivlar
|
Kapital qoldig’i
|
|
Zaxiralar
|
|
Taqsimlanmagan foyda
|
Jami:
|
Jami:
|
7 ilova
AQSh tijorat banki balansi.
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
Naqd pul va "nostro" hisoblari
|
22200
|
Talab qilinib olinadigan depozitlar
|
58800
|
Davlat qimmatbaho qog’ozlari
|
30000
|
Jamg’arma omonatlari
|
47000
|
Shtatlarning qimmatbaho qog’ozlari
|
28700
|
Muddatli depozitlar
|
68600
|
Davlat muassasalarining
boshqa qimmatbaho qog’ozlari
|
4100
|
Jami depozitlar
|
174400
|
Sotilgan federal fondlar
|
600
|
Sotib olingan federal fondlar
|
2000
|
Kreditlar
|
110140
|
Zayom (qarz) mablag’lari
|
4000
|
"yomon" kreditlarni qoplash uchun zahira
|
3240
|
Subordinatsiya veksel-lari va debenturalar
|
3100
|
Netto kreditlari
|
106900
|
Jami passivlar
|
183500
|
Asosiy vositalar
|
8940
|
hissadorlik kapitali
|
2000
|
Asosiy vositalarning eskirishi
|
4740
|
Kapital qoldig’i
|
8400
|
Netto-asosiy mablag’lari
|
4200
|
Taqsimlanmagan foyda
|
5200
|
To’plangan foiz
|
1400
|
Ehtiyotkorlik zahirasi
|
200
|
Boshqa aktivlar
|
1200
|
Jami o’z sarmoyasi
|
15800
|
Jami aktivlar
|
199300
|
Passivlar va sarmoyaning jami
|
199300
|
Quyidagi tayanch so’zlarga ta’rif bering.
Bank ta’sischisi Bank aktsiyadori Bank manfaati Mijoz manfaati Bank paychisi Bank operatsiyalari
Ochiq turdagi aktsiyador bank g’piq turdagi aktsiyador bank Xususiy banklar
Universal banklar
Tijorat bankning funktsiyalari Bank foydasi
Bank zarari
Ustav kapital Bank resurslari Katta bank Kichik bank
Ekvivalent mablag’ Bank turlari
Bank xususiyatlari Rezerv fondlar
Qayta moliyalashtirish stavkasi Foiz stavkasi
Foiz siyosati Brokerlar.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi rolini asoslab bering.
Tijorat banklari iqtisodiyotga qaysi jihatlari bilan ta’sir ko’rsatadi?
Xususiylashtirish sharoitida banklarning o’rni va rolini ko’rsating.
Banklar faoliyatini erkinlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslarini keltiring.
Qanday shartlar bajarilganda banklar faoliyatini olib borishga litsenziya beriladi?
Litsenziya chaqirib olinishi mumkinmi?
Markaziy bank bilan tijorat banlarining munosabatlarini keltiring v asoslang.
Tijorat banklarining ustav kapitaliga qo’yiladigan talablarni tushintirib bering.
Tijorat banklarining funktsiyalarini keltiring.
Tijorat banklarining balansi va uning tarkibiy qismlari, ularning mutanosibligini tushuntiring.
BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLIShDA IQTISODIY NORMATIVLARNING O’RNI
§. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan iqtisodiy normativlarning takomillashib borishi
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi munosabati bilan yangi banklarni shakllantirish, ularni nazoratini rivojlantirish masalasi keskin darajada ko’ndalang bo’lib turadi. Bugungi kunda Respublika hududdida 36 ta turli xil mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston bank tizimini qayta qurish mustaqil davlat iqtisodiy tizimini muhim yo’nalishlaridan biri bo’ldi. Xo’jalik mexanizmining bir maromda faoliyat yuritishi barqaror ishlaydigan banklar milliy tizimini taqozo etadi va iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida sifat jihatidan butunlay yangi bank tizimi hamda bank nazoratini tub asosini yaratish va qurish uzluksiz davom ettirilmoqda.
Mamlakatimizning rivojlangan bank tizimini shakllantirish, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan moliya siyosatining mahsuli bo’lishi kerak.
Banklar ustidan nazorat qilish, ular faoliyatida muayyan cheklashlarni o’rnatish iqtisodiy erkinlikka zid bo’lgan holat sifatida qaralishi mumkin. Lekin jahonning ko’pgina rivojlangan davlatlarida banklar, shuningdek, boshqa moliya tashkilotlarining faoliyatlari ko’p darajada davlat tomonidan tartibga solinadi. Boshqacha qilib aytganda, hatto rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy sektor jiddiy ravishda tartibga solinar ekan, o’tish davrida buni to’la oqlash mumkin.
Biroq bozor sharoitida moliyaviy sektorni tartibga solish tovarlar va xizmatlar narxiga ta’sir ko’rsatish uchun bozor mexanizmlariga etarli darajada harakat erkinligini berish, shuningdek, mayda-chuyda narsalarga aralashishdan voz kechish bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
To’g’ri, bank faoliyatini tartibga solish haddan tashqari bo’ladigan va raqobatning rivojlanishiga xalaqit beradigan omilga aylanadigan chegarani belgilash oson emas. Shuning uchun jahonda umumiy qabul qilingan printsiplar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo’llaniladi.
U yoki bu bankning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga majbur qilish uchun nazorat organi ixtiyorida ta’sir ko’rsatish choralarining muayyan to’plami bo’lishi kerak. Bizning yangi bank qonunlarimizga ko’ra turli vaziyatlarda foydalanish mumkin bo’lgan darajalangan choralar majmui ko’zda tutilgan. Jumladan, iqtisodiy me’yorllarni o’zgartirish, majburiy rezerv fondini oshirish, ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishni ta’qiqlab qo’yish, hissadorlarga dividentlar to’lashni to’xtatib qo’yish, bank ustidan vasiylik o’rnatish kabilardir. Eng so’nggi chora esa ularga berilgan ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qaytarib olishdan iboratdir.
Tijorat banklarini nazorat qilish deganda banklarning barqarorligini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi.
Davlatning pul-kredit siyosati, xususan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish siyosati qonun hujjatlari, hukumat qarorlari, Markaziy bankning yo’riqnomalari
asosida amalga oshiriladi. huquqiy me’yorlar banklar uchun majburiy bo’lgan cheklovlar va faoliyatining qat’iy chegaralarini belgilab beradi. Bu esa, bank yomon, sifatsiz boshqarilgan taqdirda jiddiy zararlar yuzaga kelishining oldini oladi. Bank faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslarining mustahkam emasligi banklarning bankrot bo’lishiga va umumiy nobarqarorlikni yuzaga kelishiga olib keladi.
Bank tizimini ishonchli tarzda himoya qilishni ta’minlaydigan huquqiy tartibga solish me’yorlarini yaratish lozim. Masalan, iqtisodiy normativlar barcha tijorat banklariga nisbatan bir xil tarzda qo’llanilishi lozim. Aks holda, ayrim banklar erkin raqobat muhitidan chetga chiqib qoladi.
Respublikamizda bank nazoratining rivojlanish tarixi milliy bank tizimimizning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Milliy bank tizimining rivojlanishi bilan bank nazorati ham takomillashib bordi. Shu jarayonni bank nazoratining asosi bo’lgan iqtisodiy me’yorlarning rivojlanishi misolida ko’rib chiqamiz.
Mustaqil respublikamizda dastlabki iqtisodiy me’yorlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliti to’g’risida»gi qonun talablaridan kelib chiqib yaratilgan bo’lib, keyinchalik ular takomillashtirildi.
Respublika Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining balans likvidliligini doimo ta’minlab borish yoki ularning o’z oldilaridagi majburiyatlarini o’z muddatida amalga oshirishlariga erishish, omonatchilarni manfaatlarini himoya qilish hamda, qisqacha ta’riflaganda Respublikada barqaror bank tizimini yaratish maqsadida 1992 yil 2 avgustdagi Markaziy bankning 10-sonli qoidasiga asosan tijorat banklari faoliyatini tartibga solib turish uchun iqtisodiy normativlar o’rnatildi.
Mazkur qoidaga binoan tijorat banklari uchun dastlabki 8 ta iqtisodiy normativlar belgilandi. Bular tarkibiga quyidagilar kiritildi:
N1 – bank sarmoyasining riskni hisobga olib chamalangan aktivlarning jami miqdoriga nisbati ko’rsatkichi (eng kami 0,05)
N2 – bank sarmoyasini yuqori riskli aktivlar miqdoriga nisbati ko’rsatkichi (eng kami 0,15)
N3 – bank sarmoyasi uning majburiyatlariga nisbati ko’rsatkichi (eng kami 0,2)
N4 – banklar jalb etgan fuqarolar omonatlarini bank sarmoyasiga nisbati (eng yuqorisi 1,00)
N5 – joriy likvidlilik ko’rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun 0,20, boshqa banklar uchun 0,30)
N6 – o’rta muddatli likvidlilik ko’rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun eng yuqorisi 1,50, boshqa banklar uchun 1,00)
N7 – uzoq muddatli likvidlililk ko’rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun 0,20, boshqa banklar uchun 0,30)
N8 – bir qarz oluvchiga to’g’ri keladigan kreditning eng yuqori miqdori ko’rsatkichi (eng yuqorisi 0,50).
Bundan tashqari, tijorat banklarining aktivlari ularning risk darajasiga qarab 6 guruhga ajratiladi.
guruh– riskdan xoli bo’lgan aktivlar.
guruh – risk darajasi kam bo’lgan aktivlar.
3-6 guruhlar – risk darajasi yuqori bo’lgan aktivlar.
Tijorat banklari uchun iqtisodiy normativlarning o’rnatilishi – bu avvalo Markaziy bank tomonidan samarali bank nazoratini olib borishga erishish, tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan muammolarni oldindan aniqlash va qolaversa barqaror bank tizimini yaratishda eng muqim instrumentlardan biri bo’ldi.
Lekin Respublikamizda banklar faoliyatining rivojlanib borishi, ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmat turlarining kengayib borishi va boshqa omillarni e’tiborga olgan holda Respublika Markaziy banki (1995 yil 2 avgustdan 10-sonli) «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish» qoidasini qaytadan ishlab chiqdi va joriy etdi.
Ushbu qoidani oldingisidan farqli tomoni shundan iborat ediki, avvalam bor, tijorat banklari uchun qo’yiladigan talablar bir muncha kuchaytirildi. Bular: birinchidan, yangidan tashkil etilayotgan banklar uchun o’rnatilgan ustav sarmoyasining eng kam miqdori minimal oshirildi. Ikkinchidan, tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezerv fondi ajratmasining miqdori ham oshirildi.
Uchinchidan, qisqa muddatli likvidlilik ko’rsatkichini aniqlovchi 3 xil me’yor o’rnatildi.
30 kundan 90 kungacha bo’lgan kreditlar va shu muddatdagi depozitlar bo’yicha ko’rsatkich.
90 kundan 180 kungacha bo’lgan kreditlar va shu muddatdagi depozitlar bo’yicha ko’rsatkich.
180 kundan 1 yilgacha bo’lgan kreditlar va shu muddatdagi depozitlar bo’yicha ko’rsatkich.
Bank sarmoyasiga bo’lgan talablar yuqori riskli bank aktivlarini chegaralashi bank majburiyatlarining o’z o’zidan chegaralanishiga olib kelishini nazarda tutib, bank sarmoyasining bank majburiyatlariga nisbati ko’rsatkichi bekor qilindi.
Barchamizga ma’lumki, keyingi davrga kelib bank tizimida, xususan banklarni nazorat qilish borasida yangi huquqiy asoslar yaratildi, ya’ni bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida» hamda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» yangi tahrirdagi, jahon andozalari talablariga to’lib javob beradigan qonunlar qabul qilindi.
Bundan tashqari, qonun hujjatlari asosida Markaziy bank tomonidan 1996 yilning iyul oyidan boshlab bank aktivlari sifatini tasniflash tartibi ishlab chiqildi.
1997 yilning mart oyidan boshlab esa dunyoga mashhur bo’lgan «Artur Andersen» firmasi ko’magida ishlab chiqilgan va banklar hisobotining xalqaro andozalariga mos bo’lgan buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasi joriy etildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublika Markaziy banki tomonidan 1997 yilning fevral oyidan boshlab banklar faoliyatini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat bo’lgan «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish» qoidasi Bazel qo’mitasi tomonidan o’rnatilgan standart va talablarni inobatga olgan holda qaytadan mukammal tarzda ishlab chiqildi.
Mazkur yangi qoidaga asosan bank sarmoyasiga nisbatan qattiqroq bo’lgan talablar o’rnatildi.
Banklarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi bajaradigan operatsiyalarining tobora rivojlanib borishi hamda ularni investitsion jarayonlarini kengayib borishidan kelib chiqqan holda qo’shimcha ravishda «Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlari uchun quyilmalar» va «Banklarning o’z mablag’laridan invsittsiyalarda foydalanish me’yori» ko’rsatkichi kabi yangi me’yorlar kiritildi.
Yangidan o’rnatilgan iqtisodiy normativlar quyidagilardan iborat:
Yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat ko’rsatayotgan banklarning eng kam nizom fondi miqdorini o’rnatish;
Sarmoyaning etarlilik koeffitsienti;
Bank sarmoyasi bilan uning majburiyatlari o’rtasidagi nisbat ko’rsatkichlari;
Bank balansi likvidliligi ko’rsatkichi;
Bir qarz oluvchiga to’g’ri keladigan riskning eng katta hajmi;
Barcha «katta» kreditlarga to’g’ri keladigan riskning eng yuqori hajmi;
Bir omonatchiga to’g’ri keladigan riskning eng katta miqdori;
qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalarda o’z mablag’laridan foydalanish ko’rsatkichi;
Daxldor shaxslar bilan ish olib borish.
Tijorat banklarida kapitalning etarliligi, aktivlarning sifati, foydaliligi va likvidliligiga qarab ularning moliyaviy ahvoli baholanadi, nochor banklar aniqlanadi. Ana shu ko’rsatkichlarning har biri bo’yicha chekli qiymatni aniqlash Markaziy bank va uning hududiy Bosh Boshqarmalariga bank muassasasini sog’lomlashtirish yoki uning beozor tarzda tugatish imkonini beradi.
Shulardan kelib chiqqan holda, tijorat banklarining asosiy vazifasi – iqtisodiy me’yorlarga rioya etishdan, kapital va likvid mablag’larni etarli darajada saqlashdan, shubhali va amal qilayotgan aktivlarga nisbatan rezervlarni vujudga keltirishdan, shuningdek mahrum bo’lish xavfini kamaytirish maqsadida aktivlarni diversifikatsiyalashdan iboratdir.
Quyida ilk bor belgilangan iqtisodiy me’yorlarning har biriga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |