Toshkent moliya instituti sh


Litsenziyaning bekor qilinishi



Download 0,49 Mb.
bet20/161
Sana01.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#292154
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161
Bog'liq
bank ishi

Litsenziyaning bekor qilinishi:


*tijorat banki tomonidan yo’l qo’yilgan qonun buzilishi holatiga nisbatan qo’llaniladigan qattiq xuquqiy sanktsiya;

*qonun buzilish holatiga davlatning o’z boshqaruv muassasasi Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati;

*bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi.

Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo’lib turadi, ammo bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi.

Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo’llanadigan og’ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo choralari natija bermagan quyidagi hollardagina qo’llaniladi;

*bank to’lov qobiliyatini yo’qotib, passivlari aktivlaridan ortib ketganida;

*litsenziya berilishga asos bo’lgan ma’lumotlarning xaqiqiy emasligi aniqlanganda;

*bank o’z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini o’tashga qobiliyatsiz bo’lib qolganda;

*hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib kursatilganda;

*bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof tarzda amalga oshirilganida;

*litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida;

*O’zbekiston Respublikasida shu’ba bank ochgan xarijiy bank litsenziyasining chaqirib o’z mamlakati tomonidan bekor qilinganida.

Litsenziyani bekor qilinishi Markaziy bankka tijorat bankning sudga murajaat qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo’ladi. Buni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi.

Likvidator (tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda aktsionerlar umumiy yig’ilishi tomonidan bankni tugatish to’g’risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab 3 kun mobaynida tayinlanadi. Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to’g’risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi. Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar xisob varag’ida xisobda turgan mablag’lari tugatuvchi tomondan bankni tugatish jarayoni boshlanganligi to’g’risidagi tasdiqnoma taqdim etilgandan so’ng bankning tugatish xisob-varag’ida aks ettiriladi. Markaziy bank tomonidan tugatish jarayoni bashlangandan so’ng cheklashlar kiritadi ya’ni aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi, boshqa organlar vakolatlari to’xtatiladi. Bank xisobidan va nomidan xech qanday ish bajarilmaydi, qarz majburiyatlari muddati o’tgan xisoblanadi. Bankning tugatilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

-moddiy nazorat va inventarizatsiya;

-aktivlarni tekshirish;

-aktivlarni baholash va sotish;

-sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;

-tugatish jarayonini aniqlash.

Markaziy bank tugatish jarayonini nazorat qilib turadi. Bankni tugatish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo’lishi mumkin: -ixtiyoriy tugatish yoki majburiy tugatishdir.

Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniga ega bo’lgan bank aktsiyadorlari umumiy yig’ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin.

Majburiy tugatish Markaziy bankning bank faoliyati amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib olish to’g’risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Banklarni tugatish to’g’risidagi nizomining 4-bo’limida tugatuvchi (likvidator) vakolatlari va majburiyatlari ko’rsatib o’tilgan. Bank tugatilishi boshlangandan so’ng Markaziy bank moddiy nazoratni o’rnatadi va likvidator inventarizatsiya o’tkazadi. Shuningdek, likvidator aktivlarni tekshirib tugatish xisobotini tayyorlashi lozim: unda yakuniy balans, vakillik xisob varaqalari ahvoli to’g’risidagi xisobotlar, pul mablag’lari va valyuta hisobini yuritish, balans va kredit portfeli bo’yicha kreditor qarzdorligini tekshirishi lozim. Likvidator bank aktivlarini: ya’ni pul mablag’lari, ssudalar, qimmatbaxo qog’ozlar, valyuta mablag’larini baholab sotadi. Likvidator nizomga asosan omonatchilar va kreditorlar talabini qondirish kerak. Tugatish ishlari yakunlangandan so’ng likvidator bajarilgan ishlar to’g’risidagi yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi va Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy bank likvidator taqdim etgan xujjatlarni o’rganib chiqib, bankni banklarni ro’yxatga olish Davlat Kitobidan chiqarib tashlash to’g’risida qarorni qabul qiladi.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish