Tijorat bank aktivlarining likvidlilik darajasiga qarab guruhlanishi
Aktivlar
|
1.01.2001
|
1.01.2002
|
Farq +, -
|
Birinchi guruh aktivlar
|
|
|
|
Aktivlar summasi
Foizda
|
6614
21,0
|
9548
14,6
|
2934
- 6,4
|
Ikkinchi guruh aktivlar
|
|
|
|
Aktivlar summasi Foizda
|
16639
52,7
|
45270
69,0
|
28631
+ 16,3
|
Uchinchi guruh aktivlar
|
|
|
|
Aktivlar summasi
Foizda
|
8324
26,3
|
10737
16,4
|
2413
- 9,9
|
Jami:
|
31577
|
65555
|
33978
|
Jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, likvidlik darajasi bo’yicha ikkinchi guruh aktivlar asosiy o’rinni egallaydi va ularning salmog’i 69% ni tashkil qiladi, ularning miqdori 2001 yilga nisbatan 2,7 marta o’sgan, yuqori likvid mablag’lar 14,6% ni tashkil qilib ularning miqdori 1,4 marta o’sgan bo’lsa, uchinchi guruh aktivlar 16,4% ni tashkil qilib yil davomida 1,3 marta o’sgan. Shu bilan birga birinchi va uchinchi guruh aktivlarining miqdori 1.01.2002 yilda 1.01.2001 yilga nisbatan mos ravishda 6,4% va 9,9% ga kamaygan.
Tijorat banklari aktivlari bilan bog’liq bo’lgan risklar ichida kredit operatsiyalar bo’yicha risklar asosiy o’rinni egallaydi. Bu aktiv operatsiyalar bilan bog’liq bo’lib, bu risklarga berilgan kreditlar, hamda to’lov muddati kechiktirilgan ssudalar bo’yicha risklar kiradi.
Kredit riski nafaqat kredit ob’ektiga, balki kredit sub’ektiga yangicha yondashishi orqali ham o’sib boradi.
Bu risk to’g’ri mijozning moliyaviy ahvoli og’irlashganda, ularning faoliyatida ko’zda tutilmagan qiyinchilik va muammolar yuzaga kelganda, bozorda noqulay sharoit yuzaga kelgani sababli paydo bo’lishi mumkin.
Xuddi shuning uchun ham har bir tijorat banki o’z aktivlarini joylashtirishni va uni boshqarish usullarini o’zi ishlab chiqmog’i zarur. Ma’lumki, tijorat banklari aktivlarining qiymati va ulardan olinadigan foyda o’zgarib turishi mumkin. Aktivlar bilan bog’liq risklar aktivlar bahosining va ular bo’yicha olinadigan foyda miqdorining kamayishi aktivlar bo’yicha risklar salmog’ining oshishiga olib keladi.
Bu masalani aktivlarni to’g’ri diversifikatsiya qilish yo’li bilan hal qilish mumkin. Chunki ba’zi bir aktivlar bo’yicha ular qiymatini pasayishi boshqa aktivlar qiymatini o’sishi bilan qoplanishi va natijada bank aktivlarining umumiy qiymatlarini saqlab qolishi imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin.
Bank aktivlarining qiymatini va ulardan keladigan daromadlarni to’g’ri hisob- kitob qilib rejalashtirish bank faoliyatining samaradorligiga olib kelishi, aktivlar qiymatini noto’g’ri hisoblash, ularni joylashtirish bankning moliyaviy ahvolida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |