2-§. Kredit shartnomasining tarkibiy qismlari
Kredit shartnoma tarkibi qonunda belgilanmagan. Kredit shartnomasini tuzishda bir qancha talablarni bajarish kerak:
kredit maqsadli bo’lishi shart;
kreditning summalari aniq belgilangan bo’lishi shart;
kreditni qoplash tartibi aniq ko’rstilgan bo’lishi lozim;
kredit muddati ko’rsatilishi shart;
kreditning ta’minlanganligi asoslangan bo’lishi lozim;
kredit foizlari ko’rsatilishi lozim va boshqalar.
Kredit shartnomaning tarkibi odatda quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
kirish qism - umumiy holat – shartnoma predmeti – kredit berish maqsadi, shartlari - hisoblanish shartlari va tarkibi – tomonlarning huquq va majburiyatlari – boshqa shartlari – yuridik manzillari, rekvizitlari, tomonlar imzolari.
Bu shartlarning har birini bank kredit bo’limlarining xodimlari chuqur bilishlari zarur. Chunki bu shartlardan birortasining asossiz belgilanishi kreditni o’z vaqtida va to’liq qaytarilmasligiga olib kelishi mumkin. Har bir kredit shartnomasi shakliga ko’ra quyidagi to’rtta asosiy tamoyillarga asoslanadi:
mustahkam huquqiy asos;
shartnoma tuzish erkinligi;
tomonlarning o’zaro manfaatdorligi;
shartnoma shartlarining kelishilganligi.
Kredit shartnomasining huquqiy asosini qonunlar, bank faoliyatiga oid boshqa yuridik va me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Kredit shartnomasini tuzish erkinligi mijozni ssuda olmoqchi bo’lgan bankni tanlash erkinligida va bankning shu mijozga kredit berish masalasini echish erkinligida o’z aksini topadi. Ikkala tomon shartnomaviy munosabatlarga o’z xohishlariga ko’ra kiradilar.
Tomonlarning bir-biridan o’zaro manfaatdorligi kredit shartnomasi shartlarini kelishish imkoniyatini bildiradi. Har bir tomon ham o’z manfaatlarini qondiruvchi optimal variantni topishga harakat qiladi.
Kredit shartnomasi tarkibini shakllantirishda muhim va yordamchi shartlarning bor ekanligiga ahamiyat berish kerak.
Muhim shartlar deganda, biz kredit shartnomasini tuzish imkoniyatini aniqlovchi shartlarni tushunamiz. Ularga tomonlarning nomi, shartnoma muddati, predmeti va summasi, ssudani berish va qaytarish tartibi, ssudadan foydalanish bahosining darajasi, kredit qaytarilishinng ta’minlanganligi, tomonlarning javobgarligi kiradi.
Qo’shimcha shartlar kredit qaytarilishini ta’minlashga, qo’shimcha garovni yaratishga qaratilgan bo’ladi. Ular aniq bir qarzdorlar uchun qo’laniladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
qarzdorning aniq bir kreditga layoqatlilik darajasiga erishish majburiyati;
hisob va hisobotning zaruriy holati;
garovga qo’yilgan mulkni saqlanganligi;
bank nazorat qoidalariga rioya qilishlik;
bank ruxsatisiz korxonani qayta tashkil etishni ta’qiqlanganligi va boshqalar.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganlarni hisobga olgan holda, kredit shartnomasining umumiy sxemasi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
Shartnoma maqsadi
Bank huquqlari
Qarz oluvchining huquqlari
Bank majburiyatlari
Qarz oluvchining majburiyatlari
Shartnomaning amal qilish muddati
Boshqa shartlar
Tomonlarning yuridik manzili va imzolari.
Shartnoma boshlanishida ishtirokchilarning yuridik shaxs sifatidagi rekvizitlari: qarz oluvchi uchun – nomi, bo’ysunganligi, hisob-kitob varag’i nomeri; bank uchun esa uning nomlanishi, ular tomonidan ish ko’ruvchi shaxslar mansabi, ismi, familiyasi, otasining ismi ko’rsatiladi. Bu bo’limda, shuningdek, mijozning huquqiy shaklini: u alohida korxonami yoki tashkilotmi(shirkat, korporatsiya) ko’rsatish kerak (-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |