Toshkent moliya instituti sh


-§. Kreditni berishni hujjatlashtirish tartibi



Download 0,58 Mb.
bet114/125
Sana29.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#594813
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125
Bog'liq
Toshkent moliya instituti sh

2-§. Kreditni berishni hujjatlashtirish tartibi.


Kredit bo’yicha hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yil 22 fevralda tasdiqlangan holda 2001 yil 27 fevralda o’zgartirishlar kiritilgan


„O’zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to’g’risidagi nizom” asosida amalga oshiriladi.
Kreditni berish va hujjatlashtirish tartibi hozirgi paytda markazlashtirilmagan va u tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Lekin amaliyotda ko’rsatilishicha, kreditlashning umumiy ishlab chiqilgan tartibi hamon mavjud bo’lib, unga tijorat banklari amal qiladilar. Bunday tartibni shartli ravishda muhim sxema, ya’ni kreditlashning asosiy umumiy sxemalari asosida tasvirlanishi mumkin.

  1. Kredit olish uchun ariza.




  1. Qarzdorning kreditga layoqatliligini baholash va kreditning iqtisodiy samarasini aniqlash.




  1. Kredit shartnomasining, garov to’g’risida shartnoma, kafolat, kreditni sug’urtalashning xulosasi.




  1. Kreditni berish.




  1. Kreditni ishlatish bo’yicha joriy nazorat.




Variant «A»


6A. Kreditni va foizini o’z vaqtida qoplash.

Variant «B»


6B. Kredit va foizini qoplash bo’yicha qiyinchiliklar.
7B. Qarzni qoplash bo’yicha alohida tartib (kredit shartnomasini bekor qilish, kredit muddatini cho’zish, mijozning bankrot bo’lishi)
8B. Bankka qarzni qaytib kelishi.

Kredit olish uchun ariza, qarzdor kredit xizmatlaridan foydalanish uchun munosib bankni tanlagandan so’ng rasmiylashtiradi va taqdim etiladi. Bunda mijoz bankning kredit salohiyati hajmini, uning passivlari, bankning ishonchlilik darajasini, bankning ta’sischilar tarkibi, uning tarmoq harakteri va u yoki bu operatsiyalarga moslashuvi va ixtisoslashuvi shuningdek, kredit bo’yicha summa, foiz va kredit muddatlarini inobatga olishi mumkin. Bu kabi axborot manbalari sifatida ochiq muhr



(bankning yillik balans va hisobotlarni rasmiy e’lon qilingan, aktsiyalar emissiyasininng prospekti, va boshqalar) shuningdek, bank mijozlari bilan norasmiy shartnomasi bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy nobarqarorlik va doimiy ravishdagi kredit qaytarilmasliklar sharoitida banklar kreditni shu bankda hisob-kitob varag’iga ega bo’lgan qarzdorlarga berishni ma’qul ko’radilar, bu esa qarzdor tomonidan bankni tanlash imkoniyatini cheklaydi.
Bank qarzdorni tanlagandan so’ng, qarzdor arizani rasmiylashtiradi va unda ma’lum miqdordagi kredit summasi, muddati va maqsadlarini belgilaydi. Ariza qarzdor-tashkilot rahbarining imzosi va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. Bunday ariza kreditlashning quyidagi bosqichlarini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Kreditga layoqatlilikni baholash uchun bank mijozdan o’tgan davrdagi hisoboti hujjatlarni (hisobot, buxgalteriya balansi ilovasi bilan kvartal va yillik uchun) talab qiladi, ko’rsatkichlarni yanada aniqrok tekshirishga ehtiyoj tug’ilganda boshlang’ich buxgalteriya hujjatlari va agar mumkin bo’lsa uzoq muddatli hisobotlar talab qilinadi.
Kreditga layoqatsizlik riskini oldindan ko’ra bilish ko’pincha oson kechmaydi, chunki kerakli paytda mijozning faoliyatida kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Bu qiyinchiliklar mijozning qobiliyatsizligi tufayli uning mol etkazib beruvchilari, xaridor va boshqa tashqi omillarning xatosi va muammosi bunga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun bank kredit operatsiyalarining har bir turi kreditning qaytmaslik riski bilan bog’liq bo’ladi. Bunday riskni pasaytirish uchun bank bo’lajak mijozning mavjud o’tgan moliyaviy ahvoli bo’yicha kreditga layoqatliligini baholab, salbiy tomonlarni oldindan bilishga, mijozning kelajak muammolarini ko’rishga intiladi.
Qisman bu potentsial mijozning hisobot va balansini tahlil qilishga undaydi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish