Toshkent moliya instituti sh


-§. Tijorat bank kapitali va uning tarkibi



Download 0,58 Mb.
bet47/125
Sana29.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#594813
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125
Bog'liq
Toshkent moliya instituti sh

3-§. Tijorat bank kapitali va uning tarkibi


Bank o’z kapitali tushunchasini keng ochib berish uchun shuni aytib o’tish kerakki, bank nazariyasida bank o’z mablag’i va o’z kapitali tushunchalari farq qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan «O’z mablag’i» tushunchasi – keng ma’noli, u o’z ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni (bankning ustav, rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilgandagi hamma rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini) oladi. Bankning o’z kapitali



  • bu hisob-kitob yo’li bilan aniqlanadigan kattalik. U iqtisodiy ma’nosiga ko’ra bank kapitali funktsiyalarini bajaradigan o’zlik mablag’larni ichiga oladi.

Bankning o’z kapitali – bank vaqtincha jalb qilgan qarz mablag’laridan farqli o’laroq, bevosita bankning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapitalidan farqi shundaki, bankning o’z kapitali aylanma mablag’larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizni tashkil qiladi.
Bank kapitaliga bankning o’z mablag’larining asosiy elementlari kiradi, ya’ni qonunchilikka muvofiq tashkil topgan asosiy fondlar, bank faoliyatini ta’minlash maqsadida ichki manbalar hisobiga tashkil topgan rezervlar kiradi. Ular quyidagi shartlarga javob berishi kerak.

    • bank faoliyatining barqarorligi;

    • kreditor xuquqlari bo’yicha subordinatsiyalanganlik;

    • qayd qilib yozilgan daromadlarning yo’qligi.

Bankning o’z kapitali deganda, bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga, ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga qaratilgan maxsus tashkil qilinadigan fond va rezervlarni tushunishimiz kerak. Bank kapitaliga ustav kapitali, rezerv kapitali, ta’sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o’tgan va joriy yilda taqsimlanmagan foydasi, turli risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar kiradi va u bank faoliyatida muhim funktsiyalarni bajaradi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, bank kapitali I va II darajali kapitaldan iborat bo’lib,
I darajali kapital quyidagilarni o’z ichiga oladi:

      1. to’liq to’langan va muomalaga kiritilgan oddiy aktsiyalar;

      2. nokumulyativ imtiyozli aktsiyalar. Bu aktsiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga, egasining xohishiga ko’ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq, ular bo’yicha dividendlar to’lanmasligi mumkin.

v) qo’shimcha kapital – oddiy va imtiyozli aktsiyalar bozor narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;

  1. taqsimlanmagan foyda ;

    1. kapital zaxiralar;

    2. avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi;

    3. joriy yil zararlari.

d) aktsiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aktsiyadorlik hisobvaraqalarida o’sishi. Bu ulush shu’ba korxonalari hisobvaraqalari bank
moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.
II darajali kapital quyidagilardan iborat:

  1. joriy yildagi sof foyda;

  2. riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 125 foizi va hisob- kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdoridagi umumiy zahiralar. Nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aktsiyalar. Bu aktsiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga, egasining xohishiga ko’ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq, ular bo’yicha dividendlar to’lanmasligi mumkin.

v) hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar.
g) subordinar qarz bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to’lash muddati etib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 30 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarzlar garov ta’minotiga ega bo’lmasligi, bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitlar talablari qondirilganidan so’ng amalga oshirilishi, boshlang’ich to’lov muddati 5 yildan ortiq bo’lishi lozim.
4-jadval



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish