Bunda:
LA-likvidli aktivlar.
Ызбекистон Республикаси Марказий банки «Тижорат банклари фаолиятини лицензиялаш ва тартибга солиш» департаментининг жорий щисобот маълумотлари.-Тошкент, 2002, 18 февраль
Э.Н. Василишен. Регулирование деятельности коммерческого банка.-М.: Финстатинформ, 1995-с. 43.
YaQQ-yaqin 30 kun ichida qaytariladigan quyilmalar. TD-transaktsion depozitlar.
YaTT-yaqin 30 kun ichida to’lanadigan to’lovlar.
1999 yilning 31 dekabr holatiga respublikamizning barcha tijorat banklarida joriy likvidlilik koeffitsienti bajarilgan. Ayniqsa, «G’alla»bankda (2,96),
«Olim»bankda (1,02), «Trast»bankda (1,13), «Privat»bankda (1,44)da koeffitsientning bajarilish darajasi yuqori bo’lgan. Buning asosiy sababi mazkur banklarning aktivlari tarkibida likvidli aktivlar salmog’ining yuqori bo’lganligi, berilgan kreditlarning sezilarli qismini qaytarilishini normativ hisoblanayotgan davrga to’g’ri kelganligi va bank to’lovlarining kamayganligi bilan izohlanadi. Masalan, «Trast»bankda mazkur sanada likvidli aktivlarning bank jami aktivlaridagi salmog’i 30,1 foizni tashkil qildi.
2000 yilning 31 dekabr holatiga barcha tijorat banklarida joriy likvidlilik koeffitsientini bajarilishiga erishilgan. Yuqorida sanab o’tilgan banklarda mazkur koeffitsientni yanada yuqori darajada bajarilishiga erishilgan. Bu esa qayd etilgan sabablarning asosli ekanligidan dalolat beradi.
2001 yilning 31 dekabr holatiga respublikamizning barcha tijorat banklarida joriy likvidlilik talabi bajarilgan. Shunisi xarakterliki, biz yuqorida qayd etib o’tgan tijorat banklaridan ikkitasida-«G’alla»bankda va «Trast»bankda oldingi davrga nisbatan joriy likvidlilik koeffitsientining keskin pasayganligi kuzatildi. Masalan,
«G’alla»bankda bu ko’rsatkich 0,78 ni, «Trast»bankda esa 0,68 ni tashkil qildi.» Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
Banklarning majburiy to’lovlari hajmining oshishi.
Bizga ma’lumki, «G’alla»bank asosan markazlashgan resurslar hisobidan faoliyat yuritadi. Markazlashgan resurslar bo’yicha to’lovlar so’mmasining tahlil qilingan davrda oshganligi bankning joriy likvidlilik darajasini oldingi davrlarga nisbatan sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.
Joriy likvidlilik koeffitsientining darajasiga kuchli va bevosita ta’sir ko’rsatadigan omil transaktsion depozitlar miqdorining o’zgarishi hisoblanadi. Mazkur ikkala bankda tahlil qilingan davrda joriy likvidlilik darajasining pasayishiga ushbu omil ta’sir etmadi. Chunki bu davrda transaktsion depozitlar salmog’ining oshishi yuz bermadi. Masalan, 1999 yilning dekabr holatiga transaktsion depozitlarning jami depozitlar hajmidagi salmog’i «G’alla»bankda 78,5 foizni,
«Trast»bankda esa 83,6 foizni tashkil etdi. 2001 yilning 31 dekabr holatiga kelib bu ko’rsatkich banklarda mos ravishda 53,2 va 77,6 foizlarni tashkil etdi. Demak, bu erda pasayish kuzatilgan. holbuki, transaktsion depozitlar salmog’ining pasayishi bankning joriy likvidlilik darajasini oshishiga olib kelishi lozim edi.
Banklarning jami aktivlari tarkibida likvidli aktivlar salmog’ining pasayishi. 1999 yilning 31 dekabr holatiga likvidli aktivlarning jami aktivlar hajmidagi salmog’i «G’alla»bankda 3,9 foizni, «Trast»bankda esa 30,1 foizni tashkil qildi. 2001 yilning 31 dekabriga kelib bu ko’rsatkichlar mos ravishda 3,5 va 24,7 foizni tashkil
qildi.
Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida, xususan, Germaniya, Avstriya, Yaponiya davlatlarining bank amaliyotida joriy likvidlilik koeffitsienti qo’llaniladi. Lekin bu ko’rsatkich ularning markaziy banklari tomonidan direktiv tarzda joriy
qilinmagan, balki har bir tijorat bankining o’zi mustaqil ravishda belgilaydi. Buning ustiga, rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida pul mablag’lari ko’rinishidagi aktivlarning jami aktivlar hajmidagi salmog’i kichik, transaktsion depozitlarning bank depozit bazasidagi salmog’i 48-50 foizni tashkil etadi. Shu sababli, ularda joriy likvidlilik koeffitsientining qo’llanilishi O’zbekiston tijorat banklaridagi kabi kassali aktivlarni yirik miqdorda to’planib qolishiga olib kelmaydi.
Mamlakatimiz tijorat banklariga nisbatan qo’llanilayotgan oltinchi normativ bitta mijozga yoki mijozlar guruhiga to’g’ri keladigan riskning maksimal miqdori, ta’minlangan ssudalar deb ataladi. Mazkur normativ birinchi darajali kapitalga nisbatan o’rnatilgan bo’lib, uning bajarilishi bankning kredit portfelini diversifikatsiya darajasini tavsiflaydi. Uning darajasi qanchalik kichik bo’lsa, kredit portfelining diversifikatsiya darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
1999-2001 yillar mobaynida mazkur normativga rioya etish amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, respublikamizning deyarli barcha yirik banklarida ushbu normativ talablari bajarilgan. o’rta va kichik banklarning ayrimlarida normativ talablari buzilgan. Masalan, 1999 yilning 31 dekabr holatiga «Namanganbank»da mazkur normativning bajarilish darajasi 0,44 ni, «ABN Amrobank»da 0,34 ni,
«Uyjoyjamg’armabank»da 0,25 ni, «O’zDEU»bankda 0,32 ni tashkil qildi. Buning asosiy sababi shundaki, mazkur banklarning kredit quyilmalarining asosiy qismi kam sonli bir guruh mijozlarda to’planib qolgan. Masalan, «Uyjoyjamg’armabank»ni olaylik. Bank kreditlarining asosiy qismi aholiga uy-joy qurish bilan bog’liq bo’lib, bu vazifa «Toshkentqurilish» aktsiyadorlik jamiyati orqali amalga oshiriladi.
Mazkur normativ talablarining buzilishi banklar faoliyatini jiddiy kredit riskiga duchor qiladi.
Respublikamiz tijorat banklari faoliyatiga nisbatan qo’llanilayotgan navbatdagi normativ bitta mijozga yoki mijozlar guruhiga to’g’ri keladigan riskning maksimal miqdori, ta’minlanmagan ssudalar deb nomlanadi. Bu normativ ham birinchi darajali kapitalga nisbatan o’rnatilgan bo’lib, uning maksimal darajasi 0,05 qilib belgilangan. Mazkur normativning bajarilishi bankning kredit riskidan sezilarli darajada himoyalanish imkonini beradi. Chunki mijozlarning pul oqimiga tashqi taqsirlar kuchli tarzda ta’sir etib turgan hozirgi sharoitda ta’minlanmagan ssudalarni bitta mijozga yoki mijozlar guruhiga yirik miqdorda berilishi bankni jiddiy tarzda kredit riskiga duchor qilishi mumkin.
Mazkur normativga respublikamiz tijorat banklari tomonidan 1999-2001 yillar mobaynida rioya etish amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, respublikamizning «O’zinvest» bankkidan tashqari barcha banklarida bu normativning doimiy asosda bajarilishiga erishilgan. Mazkur bankda 1999 yil mobaynida bir necha bor normativ shartlarini buzilishiga yo’l qo’yilgan. Masalan, 1999 yilning 31 dekabr holatiga «o’zinvest» bankda mazkur normativni bajarilish darajasi 0,11 ni tashkil etgan. Miqdoriy jihatdan olganda bu jiddiy buzilish emas, chunki normativ bajarilishning maksimal miqdori sifatida o’rnatilgan.
Mamlakatimiz tijorat banklariga nisbatan belgilangan amaldagi sakkizinchi iqtisodiy normativ barcha yirik kreditlar uchun riskning maksimal miqdori, deb ataladi. Mazkur normativ birinchi darajali kapitalga nisbatan belgilangan bo’lib, uning maksamal miqdori 8,00 qilib belgilangan. Ya’ni bank tomonidan berilgan
barcha yirik kreditlar miqdori birinchi darajali bank kapitali so’mmasidan 8 martadan oshib ketmasligi lozim.
Yirik kredit deganda bitta mijozga beriladigan, bank kapitalining 15 foizidan oshadigan kreditga aytiladi.
Yirik kreditlarga nisbatan o’rnatilgan mazkur normativ xalqaro andozalardan kelib chiqqan holda o’rnatilgan. Masalan, Germaniyada ham yirik kreditlarning umumiy summasi uchun kapitalga nisbatan 8 martalik limit belgilangan.
Frantsiyada bitta mijozga beriladigan kreditlar summasi bank aktsionerlik kapitalining 40 foizidan oshmasligi va yirik kreditlarning umumiy summasi bank kapitalidan 8 martadan oshib ketmasligi lozim.
Mazkur normativga banklar tomonidan rioya qilinish amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, respublikamizning barcha tijorat banklarida bu borada muammolar mavjud emas. Faqat 1999 yilning 31 dekabr holatiga
«O’zSanoatqurilish» bankida bu normativni 5,87 miqdorida bajarilishiga erishildi. Bu mo’’tadil holat hisoblanadi va boshqa banklarda ushbu normativni bajarilishi nisbatan kichik miqdorni tashkil etadi.
Respublikamiz banklariga nisbatan qo’llanilayotgan to’qqizinchi iqtisodiy normativ bitta emitentning qimmatli qog’ozlariga qilinadigan investitsiyaning maksimal miqdori hisoblanadi. Uning maksimal miqdori 0,15 qilib belgilangan. Mazkur normativning bajarilishi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar portfelini diversifikatsiya qilish darajasini tavsiflaydi.
Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan ushbu normativga rioya etish amaliyotining tahlili shuni ko’rsatdiki, hozirgi vaqtda respublikamiz banklarining barchasida mazkur normativning belgilangan darajasiga rioya etilmoqda. Faqat 1999 yilda «o’zinvest» bankda va «Trast» bankda bu borada ayrim muammolar mavjud edi va ushbu muammo «Trast» bankda 2000 yilning dastlabki oylarida o’z echimini topdi, «O’zinvestbank» esa mustaqil tijorat banki sifatida faoliyatini to’xtatdi.
Respublikamiz tijorat banklariga nisbatan qo’llanilayotgan navbatdagi iqtisodiy normativ sotish-sotib olish uchun qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning maksimal miqdori deb ataladi. Mazkur normativning maksimal miqdori 0,25 qilib belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarini risk darajasiga ko’ra ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
Davlatning qisqa muddatli obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar.
Bu operatsiyalarning risk darajasi past bo’lib, ular bankka qat’iy belgilangan foiz ko’rinishida barqaror daromad keltiradi. Buning ustiga, banklarning ushbu qimmatli qog’ozlardan oladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar.
Bu shakldagi investitsiyalarning risk darajasi yuqori bo’lib, bunda qimmatli qog’ozlarning bozor bahosini o’zgarishi va emitentlarning to’lovga qobilligi kafolatlanmagan.
Э.Н. Василишен. Регулирование деятельности коммерческого банка.-М.: Финстатинформ, 1995-с. 47.
Mazkur normativga rioya etish amaliyotining tahlili shuni ko’rsatdiki, respublikamizning barcha tijorat banklarida 1999-2001 yillar mobaynida normativ talablariga rioya etilgan. Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarni rivojlanmaganligi ushbu normativni bajarilishida muammolarni yuzaga kelmasligining bosh omilidir.
Respublikamiz banklariga nisbatan Markaziy bank tomonidan qo’llanilayotgan o’n birinchi iqtisodiy normativ barcha emitentlarning ustav kapitali va qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning maksimal miqdori hisoblanadi. Bu normativning maksimal miqdori 0,50 qilib belgilangan.
Ushbu normativni bajarilish amaliyotini tahlil qilish natijalari respublikamizning barcha banklari tomonidan ushbu normativga rioya etilganligini ko’rsatdi. Normativning belgilangan miqdori darajasida bajarilishi 2000 yil mobaynida ikki bankda- «XIF» bank va «Alp Jamol» bankda kuzatildi. Masalan, 2000 yilning 31 dekabr holatiga normativning bajarilish birinchi bankda 0,49 ni, ikkinchi bankda esa 0,41 ni tashkil etdi. Bu holat banklarning investitsiya faoliyatining faollashganligidan dalolat beradi.
Ayrim tijorat banklari Markaziy bankning 428-sonli Nizomining 3.2-bandiga hamda banklar tomonidan ishlab chiqilgan va ularning bank Kengashlari tomonidan tasdiqlangan «Investitsiyalash» to’g’risidagi nizomlari talablariga rioya qilmagan holda mijozlari ustav kapitalining 20 foizdan ortig’iga egalik qilmoqda.
Ayrim banklarda investitsiyalar bo’yicha etarli darajada zahira tashkil etilgan bo’lsada, ularning tashkil etilishi har bir emitent bo’yicha ko’rib chiqilganda real tarzda tashkil etilmaganligi ko’rinadi.
Respublikamizning bir qator banklarida korxonalarning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning daromadlilik darajasiga etarli e’tibor berilmayapti. Bu masalani respublikamizning yirik tijorat banklaridan birining misolida ko’rib chiqish natijalari shuni ko’rsatdiki, birinchidan, 1999 yil sentyabr holatiga mazkur bank
«Istlayn» qo’shma korxonasining 80 so’mlik va «Umid» Osiyo sug’urta kompaniyasining 2000 so’mlik aktsiyalariga egalik qilmoqda. Ushbu aktsiyalar 1991 va 1992 yillarda sotib olingan bo’lib, «Istlayn» qo’shma korxonasining aktsiyalari bo’yicha 1995 yildan buyon, «Umid» Osiyo sug’urta kompaniyasining aktsiyalari bo’yicha hozirgi kunga qadar umuman daromad olinmagan. Ikkinchidan, 1994 yildan buyon «Istlayn» qo’shma korxonasining moliyaviy faoliyati to’g’risida hech bir ma’lumot to’planmagan.
Bunday holatlar pirovard natijada bankning moliyaviy holatini yomonlashuviga olib keladi.
Tijorat banklariga nisbatan qo’llanilayotgan o’n ikkinchi normativ bitta mijozga yoki o’zaro bog’liq shaxslarga berilgan kreditlar, ta’minlangan ssudalar hisoblanadi. Mazkur normativ birinchi darajali bank kapitaliga nisbatan belgilangan bo’lib, uning maksimal miqdori 0,15 qilib o’rnatilgan.
O’zaro bog’liq mijozlar deganda ikki va undan ortiq mijozlar tushunilib, ularning o’zaro munosabati shu darajadaki, birining faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklarni yuzaga kelishi qolgan mijozlarning ham moliyaviy ahvolini yomonlashuviga olib keladi.
Respublikamiz bank amaliyotida o’zaro bog’liq mijozlar, Markaziy bankning 1998 yil 2 noyabrdagi 422-sonli yo’riqnomasiga asosan, quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
Mijozlardan biri boshqa mijozlarga sezilarli darajada ta’sir ko’rsata olishi mumkin.
Bankning mijozi bo’lgan ma’suliyati cheklangan yoki qo’shimcha mas’uliyat yuklangan jamiyatning, to’liq yoki kommandit uyushmalarining a’zosi bo’lgan mijoz.
Bitta shaxsning ta’siri ostida bo’lgan ikki yoki undan ortiq mijozlar.
Bankdan kredit sifatida olgan mablag’ni boshqa mijozga bergan mijoz yoki bankdan olingan kreditlarni bankning mijozi bo’lmagan shaxsga birgalikda yoki alohida holda o’tkazgan ikki yoki undan ortiq mijoz.
Bankdan olgan kreditlarini xo’jalik jamiyatlarida yoki uyushmalarda ishtirok etish uchun yoki birga faoliyat yuritish uchun ishlatadigan ikki yoki undan ortiq mijozlar, bunda kreditni qaytarish uchun ko’zda tutilgan manba barcha bunday mijozlar uchun bir hil hisoblanadi.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq, huquqiy shaxsga sezilarli darajada ta’sir ko’rsata oladigan shaxs sifatida huquqiy shaxsning ustav kapitalida 10 % va undan ortiq ulushga ega bo’lgan jismoniy va huquqiy shaxslar tushuniladi.
Amalga oshirilgan tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, 1999 yil mobaynida
«Parvina» bankda, «Karvon» bankda, «O’ktam» bankda mazkur normativlarni bajarishda muammolar tug’ildi. Ayniqsa, bu muammo «Karvon» bankda yaqqol sezildi. Bu normativga o’sha davrda mazkur banklarda rioya etilmasligining asosiy sababi ularning kapital bazasini nisbatan zaif bo’lganligi va ularning asosiy mijozlari bo’lgan korxonalarning yirik kreditlarga bo’lgan talabining yuzaga kelganligi hisoblanadi. 2000 yilda mazkur banklarda ushbu normativga rioya qilish bilan bog’liq muammo o’zining to’liq echimini topdi.
Mamlakatimiz tijorat banklariga nisbatan qo’llanilayotgan o’n uchinchi normativ bitta mijozga yoki o’zaro bog’liq shaxslarga berilgan kreditlar, ta’minlanmagan ssudalar hisoblanadi. Mazkur normativ birinchi darajali bank kapitaliga nisbatan belgilangan bo’lib, uning maksimal miqdori 0,05 ni tashkil etadi.
Ushbu iqtisodiy normativni bajarilishi banklarni bitta yoki bir necha o’zaro bog’liq mijozlarga kredit berishi natijasida yuzaga keladigan yuqori darajadagi kredit riskini minimallashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur normativga respublikamiz banklari tomonidan rioya etilishini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, 1999-2001 yilar mobaynida respublikamizning bironta bankida normativ talabini bajarilishi yuzasidan jiddiy muammo yuzaga kelmadi.
Amaldagi qonunchiliklarga asosan respublikamiz tijorat banklariga nisbatan qo’llanilayotgan so’nggi iqtisodiy normativ barcha insayderlarga berilgan kreditlar hisoblanadi. Ushbu normativning maksimal miqdori 1,00 qilib belgilangan.
1999-2001 yillar mobaynida tijorat banklari tomonidan iqtisodiy normativlarga rioya etish amaliyoti shuni ko’rsatdiki, 1999 yilda va 2000 yilda faqat «Karvon»bank faoliyatida mazkur normativni bajarilishida muammo yuzaga keldi. Buning asosiy sababi bankning bitta mijozga bog’liq bo’lib qolganligidir.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining deyarli barchasi Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, bank tizimini barqaror tarzdagi faoliyatini ta’minlamoqda. Ayni vaqtda, ayrim iqtisodiy normativlarni yuqori darajada bajarilayotganligi bank aktivlarining daromadlilik darajasini pastligidan dalolat bermoqda.
1-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |