Toshkent moliya instituti sh



Download 0,58 Mb.
bet23/125
Sana29.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#594813
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125
Bog'liq
Toshkent moliya instituti sh

III bo’lim "KAPITAL".


Ushbu bo’lim o’z ichiga 30300- "Aktsionerlik kapitali", 30600- ''Qo’shimcha kapital" va 30900- ''Zaxira kapitali" deb nomlangan asosiy hisobraqamlarini oladi. Tijorat bankining aktsiyadorlik kapitali bankning o’z mablag’lari xajmini ifodalaydi.
Markaziy Bank tijorat Banklarining kapital hosil qilish darajasini va tuzilmasini tartibga solib turadi, bu esa bank daromadlarini yaxshilaydi.
Kapital bo’limida yuqoridagi hisobraqamlardan tashqari 31200 hisob-raqam "Taqsimlangan foyda"ni hisobga olib borish uchun, 31500 hisobraqam esa boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo’shimcha qiymatni hisobga olib borish uchun ochilgan. Ushbu hisobraqamda inflyatsiya natijasida bank asosiy vositalari qiymati kayta baholanganda ularning boshlang’ich va bozor qiymatlari o’rtasidagi ijobiy fark, ya’ni boshlangich bahosiga nisbatan qo’shimcha qiymatining summasi aks ettiriladi.


    1. bo’lim "DAROMADLAR".


"Daromadlar" bo’limi o’z ichiga bankning hisobot davridagi barcha daromadlarini oladi. Barcha foizli daromadlar 40200 - 44900 hisobraqamlarda aks ettiriladi. Bankning aktivlari bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalari natijasida olgan foizli daromadlari 40201 - 44901 hisobraqamlarda hisobga olib boriladi. Agar foizli daromadlar to’lov hujjatlari ko’rinishida olinsa, o’z navbatida, bankning vakillik hisob - raqami, mijozning hisobraqami yoki kassa hisobraqamlari debetlanadi. Balans hisoboti davrida hisoblangan, lekin hali olinmagan daromadlar summasiga 16300 - "Aktivlar bo’yicha hisoblangan foizlar" hisobvarag’idagi tegishli balans hisobraqamlari debetlanadi va unga mos kelgan daromadlar balans hisobraqami kreditlanadi.
Vositachilik va boshqa xizmatlar bo’yicha daromadlar 45200 asosiy hisobraqamda, xorijiy valyutadagi foyda esa 45400 hisobraqamda hisobga olib boriladi. "Xorijiy valyutadagi foyda" hisobraqami bankning spot, forvard, fyuchers shartlari asosida tuzgan valyuta bitimlari bo’yicha olingan hamda hisobot davrida amalga oshirish muddati kelmagan valyuta bitimlari revalvatsiya natijasida qayta baholanganda, ushbu bitimlar bo’yicha amalga oshmagan foydalarning hisobini yuritish uchun mo’ljallangan.
Tijorat operatsiyalari bo’yicha olingan foyda 45600 asosiy hisobraqamlarida hisobga olinadi. Ushbu asosiy hisobraqamga tegishli bo’lgan, barcha hisob - raqamlar bankning qimmatli qog’ozlar, qimmatbaho metallar vositasida amalga oshirgan tijorat operatsiyalari natijasida olingan foydasining hisobini yuritish uchun mo’ljallangan.
45800 asosiy hisobraqamda investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar hisobga olib boriladi. Investitsiyalarni sotish qiymati ushbu aktivlarni sotib olingandagi qiymati yoki balansga kirim qilingan qiymatga nisbatan yuqori bo’lganda foyda olinishi mumkin.
Boshqa foizsiz daromadlar 45900 asosiy hisobraqamda hisobga olib boriladi. Bu hisobraqam bankning imoratlari, jihozlari, ko’chmas mulki va boshqa xususiy mulklari kabi aktivlari ijarasidan olingan daromadlarning hisobini yuritish uchun mo’ljallangan. Bir yil va undan ortiqroq muddatga ijaraga berilgan aktivlar uchun bank ijara xaqini o’zaro tuzilgan shartnomaga asosan oldinroq undirib olishi mumkin. Bu xolda oldindan undirib olingan daromadlar 22896 "Boshqa muddati surilgan daromadlar" balans hisobraqamining kreditida aks ettiriladi va muddat o’tishi bilan ishlab olingan daromad tegishli daromadlar hisobraqamlariga o’tkazib beriladi.

    1. Download 0,58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish