Toshkent moliya instituti sh. To‘laganova


Birinchi bosqich -marketing taqsimlash unsuri sifatida. Bu bosqichda tovarlarning sotilishi oson edi. Marketing taqsimlash



Download 152,1 Kb.
bet54/83
Sana27.01.2022
Hajmi152,1 Kb.
#413396
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Bog'liq
7 Marketing asoslari Sh To laganova va boshq 2007 o quv qo llanma.doc

Birinchi bosqich -marketing taqsimlash unsuri sifatida. Bu bosqichda tovarlarning sotilishi oson edi. Marketing taqsimlash


masalalari bilan chegaralanadi. Sotish bo‘limi muhim ahamiyatni kasb etadi. Bozorni o‘rganish, sotuvni rejalashtirish va reklama katta ahamiyatga ega emas.
Ikkinchi bosqich - sotuv funksiyasi sifatida marketing masalalarini tashkiliy to‘plash. Sotish muammosini paydo bo‘lishi va marketing rolini yaxshiroq tushunmoq tashkiliy o‘zgarishlarga olib keldi. Sotish faoliyati yagona rahbar qo‘liga o‘ta boshladi. Bundan tashqari boshqa bo‘limlarning sotish bilan bog‘liq funksiyalar (sotuvchilarni o‘qitish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, sotuvni rejalashtirish) ham uning rahbarligi ostiga o‘tmoqda.
Uchinchi bosqich - marketingni mustaqil xizmat sifatida ajratish, boshqa bo‘limlar bilan teng huquqqa ega bo‘lgan maxsus marketing xizmati paydo bo‘lishi bilan baholanadi. Marketing xizmati, nafaqat, mahsulotni rejalashtirish va rivojlantirishga balki, narx-navoni shakllantirishga ham javob beradi. Marketing rahbari (ishlab chiqarish rahbari emas) mahsulotning tashqi ko‘rinishi, qadoqlanishi, qanday nomlanishi haqida qaror qabul qiladi. Lekin har bir bo‘lim boshqalardan ajralib turadigan o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi.
Keyingi bosqich - marketing kompaniyaning eng asosiy funksiyasi sifatida - marketing talablari asosida kompaniyaning barcha sohadagi faoliyatlarni yo‘naltirishdan iborat. Marketing kompaniyaning eng asosiy funksiyasi sifatida ko‘riladi. Ba’zan bu konsepsiya kompaniya rahbarligiga «marketing odami» bo‘lgan taqdirda ishlatiladi. Mohiyatiga ko‘ra korxonalarning ko‘pchiligi marketing rivojlanishining uchinchi bosqichida joylashgan.
Amalda marketing xizmatini tashqi qilishning ko‘p shakllari bor, lekin biz ba’zi bir bazis tashkiliy tizimlarni ko‘rib chiqamiz:

  1. marketingning funksional tizimi. Bunday tashkiliy shakl, marketing kompaniyalarning boshqa funksional bo‘limlari bilan barobar huquqqa ega ekanligini bildiradi. Bunday tashkiliy shakl bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar: a) guruh manmanligi, o‘zaro muvofiqlashtirish qiyinchiligi; b) o‘z doirasidan tashqariga chiqqan masalalarni yechishni yuqoriga uzatish o‘ta markazlashtirishga olib kelish havfini tug‘diradi;

  1. xodimlar hamma vaqt ham oxirgi maqsadni tushunmaydilar, ya’ni motivatsiya pasayadi. Muhitga moslashuvchanlik nuqtayi nazaridan funksional struktura talabni miqdoriy tebranishlariga ta’sir qilishi mumkin, lekin muhimroq bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun koordinatsiya yetishmaydi. Shuning uchun bu bir xil ishlab chiqarish dasturiga moslashgan kompaniyalar uchun to‘g‘ri keladi.

Funksional tashkillashtirish doirasida muvofiqlashtirish muammolarini yengish uchun ba’zan mahsulotning menejmenti kiritiladi. Uning vazifasi -ushbu mahsulot chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotning barcha xizmat ishlarini muvofiqlashtirishdan iborat.
Mahsulot menejerlarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:

    • menejerning faoliyati mahsulotning yutug‘i bilan baholanadi;

    • menejer odatda boshqaruv vakolatisiz muvofiqlashtirish rolini bajaradi;

    • mahsulot bo‘yicha har xil menejerlar kompaniyaning boyliklari uchun kurashadilar (quvvatlar, moliya va h.k.).

    • mahsulotni boshqarish vaqtida to‘qnashuvlar yuz berish holati yuqoridir, shuning uchun vakolatlarni keskin bo‘lib olish kerak.

Mahsulot bo‘yicha menejment mahsulotni rejalashtirish jarayonini, bozorga moslashuvini, bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilaydi, ammo buning uchun, albatta, korxona rahbariyatining ko‘magi lozim.

  1. mahsulotlar bo‘yicha tashkil qilish. Dastur qanchalik turli bo‘lsa, korxona shunchalik tabaqalashgan bo‘ladi, bozor qanchalik jo‘shqin bo‘lsa, mahsulotni tashkil qilish shunchalik to‘g‘ri kechadi. Ushbu tizimlar marketing bo‘limiga yoki kompaniya rahbariyatiga bo‘ysunishi mumkin. Mahsulotni tashkil qilishda, barcha mahsulotlarga tegishli funksiyalar (korporativ strategiyasi, jamoa bilan ishlash) odatda yuqori pog‘ona boshqaruviga uzatiladi.

  2. iste’molchilar bo‘yicha tashkil qilish. Iste’molchilar bo‘yicha tashkil qilingan marketingda har bir bo‘limiga qandaydir alohida iste’molchi guruhi yoki bozorning bir qismi (masalan, ulgurji savdo, chakana savdo va sanoat korxonalari bilan ishlash) topshiriladi. Ba’zan menejerga bitta, lekin juda muhim xaridor topshiriladi. Bunday tizim, bozor segmentlari yetarli darajada yuqori va bir-biridan ancha farq qilganda o‘zini oqlaydi. Bu holda boshqarishning eng muhim masalasi, barcha mahsulotlar nuqtayi nazaridan, tashkilot uchun qulay bo‘lgan xaridorlar bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ushbu tizimning muammolari asosan ayrim yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish va umumiy funksiyalarni (izlanish, ta’minlash va h.k.) bajarishdan iborat.

  3. Geografik tamoyilda tashkil qilingan marketing. Shunga o‘xshash tizimlar katta sotish hajmiga ega bo‘lgan, mahsulotga qo‘yilayotgan talablarni o‘z doirasiga olgan kompaniyalarga to‘g‘ri keladi. Lekin amalda bunday boshqaruv tizimi nisbatan kamdan-kam uchraydi.

  4. Matritsaga oid marketing tuzilishi kamida ikkita alomatli tuzilishga asoslanadi. Ular yordamida kompaniyalar bir me’yorlik boshqaruv tizimlariga xos bo‘lgan muammolarni yengishga harakat qiladilar. Matritsaga oid tizimlarning alomatlari deb mahsulot bo‘yicha boshqaruv va loyiha- menejmentlarni aytsa bo‘ladi.

Har bir sharoitga mos keladigan yuqori darajali marketing xizmatining tashkiliy tizimi yo‘qligini hisobga olish kerak, tizim shaklini tanlaganda, avvalo, kompaniyani maqsadi va muhit shartlarini inobatga olish kerak.



Download 152,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish