Tayanch iboralar
Marketing
Ehtiyoj
Talab
Tovar
Taklif
Ayirboshlash
Marketingni boshqarish
Marketing konsepsiyalari
Konyunktura
Bozor
Tijorat
Narx
Nazorat uchun savollar:
Marketing nima, uning qanday ta’riflarini bilasiz?
Marketing boshqaruvining 4 ta asosiy bosqichlarini bilasizmi?
Korxona muvaffaqiyatli ishlashi uchun qaysi bozorni qo‘llashi zarur?
Marketingni boshqarish nimani anglatadi?
Talab nima, uning qanday turlarini bilasiz?
Marketing konsepsiyalari nima, uning nechta turi bor?
Marketing konsepsiyasining mohiyati nimada?
Marketingni boshqarish jarayonlarining nechta bosqichlari mavjud?
Marketingning obyektiv qonunlari va tamoyillari
Marketingning umumiy tavsifi
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida xo‘jalik yurituvchi barcha subyektlar - korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik tizimidagi subyektlarda ularning funksional vazifalari tubdan o‘zgaradi. Boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usuli o‘rnini zamonaviy usullar egallab, unda talab va taklif, raqobatchilik, o‘z strategiya va taktikasini aniqlashda korxonalarga hamkorlik qilish uchun korxonalarni tanlash erkinligi va iqtisodiyotning erkinlashuvi asosiy rol o‘ynaydi.
Bozor munosabatlari bevosita baholar darajasiga, moliya kredit tashkilotlari orqali kredit ajratishdagi uning ustama foizlari, sug‘urta shartlari, valyuta kursi va boshqalar ta’sir etadi. Ana shu omillar ishlab chiqarish korxonasining tuzilishini, ishlab chiqarish masshtabini, korxonalar resurslarini joylashtirish, yangi mahsulot ishlab chiqarish va ularni bozorda sotilishini ta’minlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish va boshqalar bilan belgilanadi.
Raqobat natijasida mehnat taqsimotining tobora chuqurlashuvi asosida davlatning iqtisodiyotni va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni boshqarishdagi roli tubdan o‘zgaradi. Davlatning bevosita rahbarligida atrof-muhit ekologiyasini saqlash, davlat mudofaasi, mehnat havfsizligini ta’minlash kabi masalalar hal qilinadi.
O‘tish davrida, nafaqat, ishlab chiqarish masalalari, balki har bir rahbarning, asosan, chet el firmalari, korxonalari bilan ishlayotgan korxona rahbari o‘z strategiyalarini bozor sharoitiga qarab o‘zgarishiga erishish lozim. Normal holda ishlayotgan bozorni tashkil etish murakkab va uzoq muddatli. Ma’lumki, mahsulotlari ko‘p bo‘lgan bozor, mahsulotlar taqchil (defitsit) bo‘lgan yoki monopol bo‘lgan bozordan tubdan farq qiladi. Bu farq asosan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi farqdir.
Mahsulotlarga boy bozorda ishlab chiqaruvchilar o‘zaro raqobatlashib, turli mahsulotlarning sifatini yaxshilashga yoki bahosini kamaytirishiga majbur bo‘ladilar, ya’ni iste’molchining talabiga bo‘ysinishga majburdirlar.
Shuning uchun bu kabi bozorni iste’molchi bozori deb ham ataydilar. Taqchil (defitsit) bozorda esa iste’molchilarning talabi ishlab chiqaruvchilarning talabidan ko‘p bo‘lib, bunda iste’molchi ishlab chiqaruvchining taklifiga bo‘ysinishga majbur. Shuning uchun bu kabi
Sotish
Do'stlaringiz bilan baham: |