Toshkent moliya instituti sh. To‘laganova


chizma. Reklama mohiyati va ahamiyati



Download 152,1 Kb.
bet18/83
Sana27.01.2022
Hajmi152,1 Kb.
#413396
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
7 Marketing asoslari Sh To laganova va boshq 2007 o quv qo llanma.doc

chizma. Reklama mohiyati va ahamiyati.


Albatta, tovarning xususiyatlari - uning hajmi, rangi, qadog‘i ham juda muhimdir. Biroq hal qiluvchi ahamiyatni boshqa omillar tashkil etadi.


Xarid vaqtida iste’molchi birinchi navbatda aynan ushbu mahsulotdan tegadigan nafga asoslanadi, masalan, xaridorni kir yuvish kukunining kimyoviy bog‘lanishlari emas balki, u kiyimlarni qanchalik toza yuvishi qiziqtiradi. Bundan kelib chiqqan holda, ishlab chiqaruvchilarning so‘nggi maqsadi ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish emas, balki uning yordamida biron-bir funksiyalarni sifatli bajarish vositasini taqdim etish bo‘lib qoladi.
Narx, mahsulot singari marketing majmuyining unsuridir. Narxni shakllantirishda biron-bir aniq siyosatni olib boruvchi korxona, bozorda sotilish hajmiga, shuningdek, olinayotgan daromad miqdoriga ham ta’sir etadi. Korxonaning tijorat natijalari, barcha ishlab chiqarish va sotish
darajalari samarasi, shu korxonaning narx siyosati qanchalik to‘g‘ri shakllantirilganiga bog‘liq.
Korxonaning narx borasidagi strategiyasi, to‘g‘irlash jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir.
Narxni shakllantirish strategiyasini quyidagi hollarda qayta ko‘rish lozim:

    1. Yangi mahsulotni ishlab chiqarganda;

    2. Mahsulot takomillashtirilayotganda;

    3. Bozorda raqobatchilik muhiti o‘zgarayotganida;

    4. Hayotiy davrining turli pog‘onalaridan o‘tayotganda;

    5. Ishlab chiqarish chiqimlari o‘zgarayotganda.

Narx siyosatini amalga oshirish yo‘li bilan hal qilinadigan tipik vazifalar:

  1. bozorga chiqish («bozorga mustaqil kirib borish» strategiyasi). Ushbu strategiya moliyaviy jihatdan mustahkam korxonalarga maqul keladi, chunki boshlang‘ich pallada ko‘p mahsulotlarni moliyalashga to‘g‘ri keladi. Ushbu strategiya qo‘llanilayotgan davrda narxni faqatgina iste’molchini tovarga bo‘lgan ishonchini qozongandan so‘ng oshirish mumkin.

  2. bozor segmentlaridan ketma-ketlikda o‘tish.

  3. yangi tovarni ishlab chiqarish («Qaymoqni olish» siyosati). Bu strategiya quyidagi shartlarni bajarishda qo‘llanilishi mumkin:

  • xaridorlar ko‘p qismining yuqori talab darajalari.

  • iste’molchi uchun yuqori narx - yuqori sifat ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.

  • boshlang‘ich yuqori qo‘yilmalar raqobatchilar uchun yoqimli ko‘rinadi.

  1. Sotuvni majmuaviy rag‘batlantirish.

  2. Narx bilan diskriminatsiyalash.

  3. yetakchi orqasidan borish.

Narx siyosatini olib borish bozordagi sharoitni, qaror qabul qila oladigan malakali shaxslarni bilishni, shuningdek, bozor sharoiti o‘zgarishini bashorat etishni talab etadi.
Narxlarni belgilash davrida faqatgina xorij amaliyotida o‘zini oqlamagan narxlarning yuqori va quyi chegaralarini bilishdan tashqari, shu oraliqda iste’molchi va xaridor uchun optimal ravishda suza olishni bilish kerak.
Talabni rag‘batlantirish maqsadida tovarni bozorga olib kirish vositalari marketingning muhim shakllantiruvchilaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Ulardan eng asosiylari: reklama, pablik rileyshnz, ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil qilish, kreditga savdo, chegirmalarni taqdim etish va h.k.
Reklama bu - buyurtmachi tomonidan moliyalashtirilgan, oldindan aniq bir guruh insonlarga mo‘ljallangan va shu guruhni buyurtmachi uchun zarur harakatlarga undaydigan ma’lumotnomadir. Avvallari ko‘rib chiqilgan iste’mol hulqi va tovarni sotib olishni rag‘batlantirish sabablari, reklama psixologiyasi hamda mutanosib bo‘lgan tovar va xizmatlarni reklama qilishning ba’zi qoidalarini tushuntirib beradi:

  1. iste’molchiga tovarni o‘zini emas, balki undan kutilayotgan foyda va samarani reklama qilish kerak. Chunki bu tovar o‘zi uchun emas, balki ma’lum bir ehtiyojlarni qondirish uchun vosita sifatida kerakdir.

  2. reklama iste’molchining ishonchini qozonishi lozim.

  3. asosiy tamoyillardan biri bu – auditoriyaga hurmat. Reklama ikki ma’noli, qo‘pol, jaholatni ko‘rsatadigan va rahmdillik tuyg‘ularini uyg‘otadigan bo‘lishi kerak emas.

  4. Reklama auditoriyaga har doim ta’sir o‘tkazishi kerak emas. Buning uchun reklamaga o‘zgartirishlar kiritish kerak.

  5. Reklama nafaqat tovarni balki korxonaning ham ijobiy obrazini shakllantirishi kerak.

  6. reklamaning mohiyati qanchalik dolzarb va muhim bo‘lmasin, unga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishning maxsus choralari ko‘rilmasa, bu mohiyat nishonga borib tegmaydi.

  • shakl va tuzilishining originalligi;

  • odatiy bo‘lmagan, ba’zan hijolatga soladigan vaziyatlar;

  • oldindan tayyorgarlik.

  1. reklama qilinayotgan mahsulotning rangi va shakli, reklamada olg‘a surilayotgan undirishga to‘g‘ri kelishi kerak.

  2. reklama rejalashtirilgan sistematik tarzda, yagona bir strategiyadan kelib chiqishi kerak. Reklama strategiyasining asosida sodda va tushunarli bo‘lgan g‘oya yotishi kerak.

Reklama kompaniyasini boshlashdan avval korxona qaysi bozorni zabt etmoqchiligini, reklamaning qaysi vositalaridan foydalanmoqchiligini, uni qachon va necha marta berishni hamda unga qancha mablag‘ sarflamoqchiligini aniqlab olishi lozim. Ko‘pincha, masalan, korxonalar sotayotgan mahsulot va xizmatlarini oddiy yoki arzonroq narxlarda reklama qiladilar, shuningdek asosiy e’tiborni chegirma va obro‘lariga qaratadilar. Shu tarzda, davlat obligatsiyalarni
va energo resurslarni ratsional ishlatish g‘oyasini reklama qiladi. Mahalliy hokimiyat organlari turizmni rivojlantirish, sanoat tashkilotlarini jalb qilish va aholiga faxr hissini singdirish uchun reklama beradilar. Notijorat tashkilotlari u yoki bu nomzodni qo‘llab quvvatlashni yoki tabiatni muxofaza qilishni reklama qiladilar. Shunday qilib, reklama hayotning istalgan bir kunida har birimizning qiziqishlarimizga bog‘liqdir va biz uni kundalik madaniyat sifatida ko‘ramiz.
Pablik rileshnz (PR) bu- tushuntirish ma’lumotlarini tarqatish, almashinuvni rivojlantirish va jamoa reaksiyasini baholash orqali bir guruh insonlarning shaxslarga, korxonaning jamoaga nisbatan bir- birlarini tushunishlariga yordamlashish» sifatida aniqlashtiriladi. Korxona rahbarlari bilan uchrashuvlarni, press- relizlarni, brifinglarni, press-konferensiyalarni, press-kokteyllarni, fotosuratlarni tayyorlash va boshqa matbuot uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish PR menejerning vazifasiga kiradi.
Eski aloqalarni ushlab turish, yangi aloqalarni boshlash va korxonani katta auditoriyaga taqdim etishning yo‘li bu ko‘rgazma va tarmoq konferentsiyalarida ishtirok etishdir.
Shu maqsadlarga sarflangan pullar bekorga ketmasligi uchun bu kabi yiginlardagi qatnashuv yaxshilab rejalashtirilishi kerak. Avvalambor, korxona uchun kerakli bo‘lgan ko‘rgazmalardan o‘ntasi va kelajakda doimiy qatnashish uchun ikki-uchtasi tanlab olinishi kerak. Keyin ekspozitsiyalar: stendlar, plakatlar, tarqatma va demonstrativ ma’lumotlar, bukletlar, prays-listlar, aksessuarlar, gazetalar va kalendarlar tayyorlanishi kerak. Nihoyat, ko‘rgazmada qatnashuvchi xodimlarni tayyorlash lozim.
Shunday qilib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va korxona imidji haqidagi tasavvurni ijobiy tarzda shakllantirish maqsadida, mavjud va potensial xaridorlar bilan aloqani o‘rnatish reklama va PR orqali amalga oshiriladi.
Oxirgi vaqtda tovarning butun hayotiy sikli davomidagi sotilish hajmlarini ko‘paytirishga ko‘maklashadigan uslublarning yig‘indisi deb tushuniladigan sotuvni rag‘batlantirish juda muhim ahamiyatni kasb etib kelmoqda. Rag‘batlantirish vositalari sifatida avvalambor narxlar chiqadi. Bular:

  • yangi yil, 8-mart, korxona ichidagi bayram munosabati bilan tushirilgan narxlar;

  • OAV orqali tarqatilgan kuponlar bo‘yicha tushirilgan narxlar.

«Pulli»dan tashqari yana «tabiiy» rag‘batlantirishlar ham bor:

  • namunalarni bepul tarqatish, yangi mahsulotni totib ko‘rish;

  • hamroh tovarlar sifatida sovg‘alar taqdim etish (masalan, ikki blok tamaki mahsulotlariga bir martalik yondirgich).

Rag‘batlantirishning «Aktiv» vositalari o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi: bellashuvlar, o‘yinlar, lotoreyalar. Hozirda bulardan yangi g‘oya va shaxslarni izlayotgan, ayniqsa, televideniye orqali, iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi barcha ilg‘or korxonalar tomonidan ishlatilmoqda.
Korxona tomonidan reklama bilan kelishilgan holda sotuvni rag‘batlantirish choralari bugungi kunda keng ko‘lamda foydalanilmoqda (sotilmalar hajmi va daromadliligini oshirishga qaratilgan).
Turli korxonalar sotish muammosini turlicha hal etadilar. Ko‘p korxonalarning o‘zlari taqsimlash kanallarini tuzishga harakat qilmoqdalar. Taqsimlash kanallarining strukturasi to‘g‘risidagi qarorga kelishda, avvalambor iste’molchi uchun qanday xizmatlar ko‘rsatish kerakligi, shuningdek, taqsimlash kanallarining chegaralarini aniqlashdan boshlanadi. Taqsimlash kanalining ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlik qo‘shma loyihalar va ma’lumotlardan birgalikda foydalanish tizimi shaklida bo‘lishi mumkin. Bunday hamkorlikning natijasida ko‘pgina korxonalar hodisalardan oldin ogohlantirishga asoslangan tizimdan voz kechib, hodisalarga ta’sirlanadigan tizimdan foydalanmoqdalar. Bu yerda eng asosiysi, ta’minot halqasining ishtirokchilari o‘z tovar va xizmatlarini maqsadli iste’molchilarga moslashtirishi va qiyinlashayotgan xalqaro raqobat muhitida samarali harakat qilishlari shart.
Mahsulotni ildamlab ketishiga marketing majmuyining tashqi ko‘rinish, sifat kabi boshqa unsurlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida tilga olinganlar bilan bir qatorda, shuni esda tutish kerakki, olg‘a surish vositalarining maksimal ta’siri ularning tuzilishi, vaqti va mohiyati bir kalitda kelgan davrda bo‘ladi.



      1. Download 152,1 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish