Marketing tekshiruvlarning asosiy maqsadlaridan biri bu - kompaniyaning bozordagi imkoniyatlarini aniqlash. Bozorning hajmini, o‘sish potensialini va ehtimolga yaqin bo‘lgan daromadni to‘g‘ri baholash va bashorat qilish kerak. Sotishni bashorat qilish moliya bo‘limlari tomonidan aylanma mablag‘larni yoki sarmoyalarni jalb etishda, ishlab chiqarish bo‘limlari tomonidan -
rejalashtirilayotgan ishlab chiqarishni va quvvatlarni aniqlashda, yetkazib berish bo‘limlari tomonidan - talablardan kelib chiqqan holda xaridlar qilishda, kadrlar bo‘limi tomonidan esa - kerakli ish kuchini yollashda ishlatiladi. Agarda bashorat haqikatga yaqin bo‘lmasa, korxona pul mablag‘larini xarajatlarni va ishlab chiqarish quvvatlarini qoplashga sarflab, bozor talablarini qondira olmay daromadni qo‘ldan boy berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |