Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

2. Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish.  

 

 

Auditor  korxonaning  moliya-xo’jalik  faoliyatini  tekshirishni  boshlashdan 

oldin  buxgalterlik  hisobi  qanday  tashkil  etilganligi  va  yuritilayotganligini 

o’rganishi  lozim.  Bunda  u  korxonada  qo’llanilayotgan  nazorat  vositalarini 

o’rganadi va baholaydi, ular asosida taxmin qilinayotgan auditorlik amallarining 

mazmuni, miqyosi va qilinadigan xarajatlarni aniqlaydi.  

Eng  muhimi,  auditor  amaldagi  buxgalterlik  hisobi  tizimi  tekshirilayotgan 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  xo’jalik  faoliyatini  ishonarli  aks  ettirishi  hamda 

tekshirilayotgan  korxonadagi  mavjud  nazorat  vositalariga  qay  darajada  tayana 

olishiga  ishonch  hosil  qilishi  lozim.  Shuningdek,  hisob  tizimini,  ya’ni  hujjatlar 

aylanish reja-grafigining tuzilishini, buxgalteriya xodimlarining xizmat vazifalari 

qanday taqsimlanayotganligini ko’rsatishi, korxonaning asosiy muomalalarini aks 

ettirish  uchun  qanday  schyotlar  korrespondentsiyalari  (o’zaro  bog’lanishlari) 

qabul  qilinganligi  va  qanday  hisob  registrlaridan  foydalanilayotganligi  kabi 




 

 

92 



masalalarni bayon qilish lozim.  

Ko’pchilik auditorlar hisobni tashkil etish va uni yuritish uslubiyoti standart, 

markazlashtirilgan holda tartibga solishga bo’ysundirilgan va shuning uchun uni 

bayon qilishga ehtiyoj sezilmaydi degan noto’g’ri fikrga ega. Ular bunday fikrga 

asoslanib auditni rejalashtirishning bu qismiga etarli e’tibor bermaydilar. Bunday 

yondoshuvga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki markazlashtirilgan tizim shunga olib 

keladiki,  unda  turli  korxonalar  nafaqat  o’z  xususiyatlarini,  balki  namunaviy 

schyotlar  va  registrlar  nomi  ostida  ham  xatolarini  yashiradilar.  Masalan,  1010-

1090 «Materiallar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarni balansda hisob baholarida aks 

ettirish  hollari  ko’p  uchraydi.  Hisob  yuritish  siyosatidagi  «ishlab  chiqarish 

zaxiralarining  hisobi  ularning  o’rtacha  sotib  olish  bahosi  bo’yicha  yuritiladi» 

degan yozuv ostida nafaqat o’rtacha miqdorlarni hisob-kitob qilishning xilma-xil 

usullari,  balki  ulardan  to’g’ridan-to’g’ri  voz  kechish  va  materiallarni  korxona 

uchun  eng  qulay  bo’lgan  baholarda  hisobdan  o’chirish  va  shunga  o’xshashlar 

yashirinishi  mumkin.  Buxgalteriya  xodimlari  korxonada  yuritiladigan  oborot 

vedomostlari va shunga o’xshashlarni jurnal-orderlar deb tushunib, hisob jurnal-

order shaklida yuritilishini tasdiqlashlari ham mumkin.  

Buxgalterlik hisobi tizimini bayon qilish quyidagi hujjatlarni o’z ichiga olishi 

mumkin:  auditor  axborot  olishni  rejalashtirgan  asosiy  xodimlar  familiyalari 

ko’rsatilgan  korxona  buxgalteriyasining  tashkiliy  tuzilmasi;  tashkiliy  tuzilmada 

ko’rsatilgan  har  bir  xodimning  vazifalari  va  mas’uliyatlarining  bayoni;  hisob 

tsiklining  muhim  uchastkalari  bo’yicha  hujjatlar  aylanish  reja-grafigi;  hisob 

tsikllari  yo’nalishida  namunaviy  muomalalar  bo’yicha  provodkalar  bayoni;  bir 

martalik 

muomalalar 

va 


xato 

bo’lish 


ehtimoli 

yuqori 


bo’lgan 

muomalalar



«o’zining»  firmalari,  mavozalari,  komissiya  va  konsignatsiya 



shartnomalari,  qo’shma  faoliyat  shartnomalari,  lizing)  bo’yicha  schyotlar 

korrespondentsiyalari  bayoni;  hisob  yuritish  siyosatidagi  yoki  ayrim  schyotlarni 

yuritish  qoidalarida  me’yordan  chetga  chiqishlar;  hisobot  ma’lumotlarini 

tekshirishning nazorat varaqasi. So’nggi hujjat auditorning talabi bo’yicha mijoz 




 

 

93 



tomonidan tuziladi. Unda hisobotning butunligicha ham, qisman ham tekshirishga 

tayyor  ekanligi  mijozning  ushbu  tekshirishni  texnik  jihatdan  qay  darajada 

ta’minlay olishi so’raladi.  

Auditor  buxgalterlik  hisobi  va  hisobotining  tashkil  etilishi  hamda  holatini 

tekshirishda quyidagilardan foydalanadi: 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish