6
Moliya Vazirligi auditorlar palatasi professional buxgalterlar uyushmasi va
boshqalar Respublikadagi auditorlik tashkilotlari faoliyatini tekshirib, ish
sifatlarini nazorat qilib turadilar.
Auditning zarurligi.
Auditorlik xizmatiga bo’lgan ehtiyoj quyidagi omillar
sababli vujudga keladi:
-
Axborot tuzuvchilar (rahbariyat) tomonidan ob’ektiv bo’lmagan
hisobotlar tuzilishi ehtimoli va uning oqibatida axborot foydalanuvchilar va uni
tayyorlovchilar orasida nizo vaziyatlari vujudga kelishi;
-
Qarorlar qabul qilishning sifatli axborotga bog’liqligi;
-
Axborotlarni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi;
-
Foydalanuvchilarga axborotning sifatliligini baholash uchun ruxsatning
mavjud emasligi;
Yuqoridagi va boshqa sabablar mustaqil ekspert, etarli darajadagi
tayyorgarlik, kvalifikatsiya tajriba va bunday xizmat ko’rsatishga huquqi bo’lgan
xizmatni ijtimoiy taqazo qiladi. Auditorlik xizmati - bu moliyaviy axborotlarning
ishonchliligini belgilovchi va boshqa buxgalteriya hamda maslahat xizmatlarini
ko’rsatuvchi faoliyat.
Ishonchli axborot kapital bozorining samarali amalga oshishi va baholash
imkoniyatini hamda turli iqtisodiy qarorlarning istiqbolini aniqlashga yordam
beradi. Auditorlik tekshiruvlarini, u majburiy bo’lmagan holda o’tkazilishi ham
katta ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona kredit muassasalari va boshqa xo’jalik
sub’ektlari bilan mulk, mablag’ va tijorat operatsiyalari hamda investitsiya
faoliyatlarida
shartnoma
asosida
munosabatda
bo’ladilar.
Ushbu
munosabatlarning ishonchliligi va hamkorlikning hamma qatnashchilari
moliyaviy axborotlardan foydalanishlari asosida tashkil etiladi. Bu axborotlarning
ishonchliligi mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat uchun iqtisodiyot va soliqqa tortish sohalarida qarorlar qabul qilishda,
sud, prakratura va tergov jarayoni uchun moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini
7
korxonalar faoliyati natijalari to’g’risida axborotlarni mustaqil tasdiqlash
muhimdir. Ayrim mualliflarning fikricha audit zarurligini asoslash uchun agentlar
nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaga asosan audit ma’lum bir shaxslar
moliyaviy axborotlarining ishonchliligi va doirasi tushuniladi. Aniq va to’g’ri
ma’lumot nafaqat investorlar yoki aktsionerlar, balki kreditorlarga qarzning
qaytarilishini to’g’ri baholash va foizlarni hisoblash uchun ham zarur. Davlat
iqtisodiy siyosatni va soliq tizimini ishlab chiqish uchun ushbu aniq
ma’lumotlarga tayanadi.
Auditorlik xizmatlarining asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga
taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir.
Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va
asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu vazifani
malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga
bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy
tanazzuli katta turtki bo’ldi. Bu davrda aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa
korxonalarning ko’pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan,
balans, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini
qat’iy belgilash, ularning to’g’riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar
tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan .
Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo’lib, barcha investorlar,
aktsiyadorlar, kreditorlar auditorlarni o’zlarining himoyachisi sifatida qabul
qilganlar.
Auditorlar haqida ularni aktsiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash
1929 yilda «Kompaniyalar to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu
qonunga muvofiq barcha kompaniyalar o’zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda
va zararlarni majburiy ravishda ko’rsatishlari belgilab qo’yildi.
Oxirgi
25 yil mobaynida
auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan
o’tdi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: