VI. AUDITORLIK TAShKILOTLARINING
JAVOBGARLIGI
25. Auditorlik tashkilotlari, auditorlik tekshiruvini buyurtmachisi, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar va moliyaviy hisobot boshqa foydalanuvchilar, shu jumladan tijorat banklari, moliya
tuzilmalari hamda investorlar oldida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti va
boshqa moliyaviy axboroti haqida noto’g’ri auditorlik xulosalarini tuzishi oqibatida ularga
keltirilgan zarar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
26. Sifatsiz yoki batafsil bo’lmagan auditorlik tekshiruvi natijasida xo’jalik yurituvchi
sub’ekt va (yoki) auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga keltirilgan zarar, shu jumladan, boy
berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |