25-modda. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar
asos hisoblanadi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik
tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini
muntazam yoki bir marta qo’pol ravishda buzganlik;
(25-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-son
Qonuniga
muvofiq to’rtinchi
xatboshi bilan to’ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)
auditorlik tekshiruvi o’tkazishda aniqlangan, xo’jalik yurituvchi
sub’ektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish
bo’yicha belgilab qo’yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan
yashirganlik;
Auditorning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvini o’tkazish chog’ida
aniqlangan qonun hujjatlari hamda buxgalteriya hisob-kitobi yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot hujjatlarini tayyorlashga doir talablar
buzilganligi hollarini yashirishi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining
179-moddasi
bo’yicha javobgarlikka
tortish uchun ham asos bo’ladi.
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo’lib, mazkur
shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o’z nomidan
foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning
muayyan
lavozimlarni
egallash
yoki
moliya-xo’jalik
munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan mahrum
qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala
layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi sud qarori.
413
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to’g’risida qaror
qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi, ushbu moddaning uchinchi qismida
nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
(25-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli
Qonuni
tahririda — O’R
QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda)
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab
bo’lgan qoidabuzarliklarga yo’l qo’ygan auditorlik tashkiloti rahbarining,
shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal
qilishini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
(25-modda O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli
Qonuni
asosida uchinchi qism bilan
to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda)
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal
qilishini tugatish to’g’risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi va ettinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra malaka sertifikatining amal qilishi
tugatilgan shaxs auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish to’g’risida qaror
qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish
to’g’risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
(25-modda O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli
Qonuni
asosida beshinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-
modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |