Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

Ushbu  inventarizatsiya 

ro’yxatida  qayd  qilingan  barcha  moddiy  boyliklarni  komissiya  mening 

ishtiroqimda  aslidan  tekshirdi  va  ro’yxatga  kiritdi,  bu  borada  inventarizatsiya 

komissiyasiga e’tirozim yo’q. Ro’yxatda qayd qilingan barcha boyliklar mening 

javobgarligimda saqlanmoqda» 

Auditor  hisobot  yilining  oxirgi  yoki  yangi  yilning  dastlabki  kunlarida 

tekshirilayotgan korxona xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan inventarizatsiyada 

qatnashishi  mumkin.  Biroq,  inventarizatsiya  ma’lum  bir  sana  oralig’ida 

o’tkazilgan  bo’lsa,  auditor  inventarizatsiya  o’tkazilgan  paytdan  hisobot 

sanasigacha  o’tgan  davrda  zahiralarning  kirimi  va  chiqimini  ko’zdan  kechirib 




 

 

277 



chiqishi zarur. Bu holda nakladnoylar, schyot-fakturalar, bojxona deklaratsiyalari 

va shunga o’xshash hujjatlar hisob ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.  

Ishlab chiqarish zahiralari bir necha omborlarda saqlanishi mumkin. Bu holda 

kamomadni  yopish  maqsadida  zahiralarni  bir  ombordan  ikkinchisga  o’tkazib 

qo’yishning oldini olish uchun inventarizatsiyani barcha omborlarda bir vaqtning 

o’zida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Agar qandaydir sabablarga ko’ra bunday 

qilishning imkoni bo’lmasa, auditor birinchi omborda inventarizatsiya boshlangan 

paytdan boshlab, u oxirgi omborda tugagunga qadar vaqt oralig’ida zahiralarning 

bo’linmalar  (omborlar)  o’rtasida  biri-biriga  o’tishini  ko’zdan  kechirib  chiqishi 

zarur.  


Agar  barcha  omborlarni  bir  vaqtning  o’zida  inventarizatsiyadan  o’tkazish 

imkoni  bo’lmasa,  ularning  hammasini  muhrlab  qo’yib,  so’ngra  birma-bir 

inventarizatsiya qilish va natijalarini rasmiylashtirish mumkin.  

Inventarizatsiya  o’tkazish  chog’ida  auditorda  zahiralar  to’g’risida  dalil-

isbotlar  olishda,  texnologik  jarayonlarning  xususiyatlaridan  kelib  chiqadigan 

murakkabliklar  yuzaga  kelishi  mumkin.  Buning  uchun  ayrim  hollarda 

mutaxassislar maslahatiga zarurat seziladi.  

Shuningdek,  zahiralarning  miqdorini  aniqlash  bilan  bog’liq  dalil-isbotlarni 

olishda  ham  murakkabliklar  vujudga  kelishi  mumkin.  Ular  quyidagi  shart-

sharoitlardan kelib chiqadi: 

a) tanlash usulining qo’llanilishi. Ma’lumki, bitta tekshiruv doirasida barcha 

zahiralarni  yoppasiga  tekshirishning  imkoni  yo’q,  ammo  zahiralar  to’g’risidagi 

hisob yozuvlari ularning haqiqatdagi qoldiqlariga yaqqol mos kelmagan hollarda 

barcha tovar-moddiy zahiralar tekshiruvdan o’tkazilishi zarur; 

b)  auditorning  zahiralar  saqlanadigan  barcha  joylarda  bir  vaqtning  o’zida 

ishtirok eta olmasligi; 

v) nazorat amallarining xususiyatlari  - takroran hisobga olish, tasodifan yoki 

ataylab  hisobga  olinmagan  qiymatliklar  yo’qligiga  ishonch  hosil  qilish  zarur. 

Nazorat  uchun  o’tkazilgan  tekshiruvlar  qiymatliklarni  jamlash  to’g’ri  amalga 

oshirilganligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi; 




 

 

278 



g)  inventarizatsiya  qilinadigan  qiymatliklarning  xususiyatlari  (masalan, 

fermalarda  pichan  g’arami,  elevatordagi  don  uyumi  va  h.  k.  ).  Bunday  hollarda 

auditor  maxsus  o’lchash,  baholash  usullaridan  foydalanib,  bu  vaqtda 

zahiralarning  bir  qismi  o’lchanadi  va  so’ngra  ularning  umumiy  miqdori 

aniqlanadi.  

Bunday tekshiruv natijalarining to’g’riligi ularni buxgalteriya hisobi va ombor 

hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.  

Ayrim  turdagi zahiralar  mavjudligini oddiy  hisob-kitob  yo’li  bilan  tekshirish 

mumkin  emas.  Masalan,  ishlab  chiqarish  jarayoni  uzluksiz  kechadigan  -  qayta 

ishlash,  sanoat  ishlab  chiqarishi  kabilarda.  Bunday  holda  auditor  ichki  nazorat 

amallariga tayanishi, hamda bunday moddiy qiymatliklarni inventarizatsiya qilish 

uchun mijoz ruxsati bilan ekspertlar jalb qilishi mumkin.  

Ayrim  hollarda  bir  qator  sabablarga  ko’ra  inventarizatsiya  o’tkazish  imkoni 

bo’lmaydi. Masalan, audit o’tkazish uchun shartnoma tuzish paytiga, yil oxirida 

mijoz tomonidan inventarizatsiya o’tkazib qo’yilgan va uni takroran o’tkazishdan 

bosh  tortsa  yoki  inventarizatsiya  o’tkazish  juda  qimmat  bo’lgan  hollarda.  Bu 

holda  auditor  matematik  metodlarni  qo’llashi  mumkin.  Ular  ma’lum  darajadagi 

ehtimol bilan zahiralar miqdorini baholashga imkon beradi. Shunday holat yuzaga 

kelishi  mumkinki,  mijoz  yoppasiga  inventarizatsiya  o’tkazishni  istaydi,  ammo 

auditorning iltimosiga ko’ra tovar-moddiy zahiralarning bir qismi inventarizatsiya 

qilinadi.  

Inventarizatsiya ishlari yakunlanib, tegishli tarzda rasmiylashtirilgandan so’ng 

inventarizatsiya ma’lumotlari bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari taqqoslanib, 

tafovutlar  aniqlanishi  lozim.  Bu  ish  taqqoslash  qaydnomalari  tuzish  yo’li  bilan 

amalga oshiriladi.  

Agar inventarizatsiya natijasida mavjud boyliklar qoldiqlarining buxgalteriya 

hisobi ma’lumotlaridan farq qilishi aniqlansa, auditor rasmiylashtirilgan ro’yxatni 

taqqoslash qaydnomasi tuzish uchun buxgalteriyaga topshiradi.  

Taqqoslash qaydnomalari faqat hisobga olish ma’lumotlaridan farq qilganligi 

aniqlangan moddiy boyliklar bo’yicha tuziladi. Ularni auditor, bosh buxgalter va 




 

 

279 



moddiy  javobgar  shaxs  imzolaydi.  Agar  kamomadlar  yoki  oshiqchaliklar 

aniqlansa,  moddiy  javobgar  shaxs  bu  haqda  yozma  tushuntirish  beradi. 

Boyliklarning  tabiiy  kamayishidan  ortiq  kamomadi  aybdor  hisobiga  yoziladi, 

oshiqcha chiqqan boyliklar esa kirim qilinadi. Bir tekshiriladigan davr ichida bir 

moddiy javobgar shaxsga tegishli bir xil nomdagi moddiy boyliklar qayta xillash 

(navlarga  ajratish)  natijasida  aniqlangan  oshiqchaliklar  va  kamomadlarning 

o’zaro o’rnini qoplashga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Moddiy boyliklarning 

tabiiy  kamayish  me’yoridan  ortiqcha  kamomadlari  va  buzilishdan  yo’qotishlari 

aniq  aybdorlari  noma’lum  bo’lgan  hollarda  korxona  daromadi  hisobidan 

qoplanadi.  

Taqqoslash  qaydnomasini  mazkur  korxona  buxgalteriyasi  tuzsa  ham  auditor 

uning  to’g’ri  tuzilganligini  va  unda  buxgalteriya  xodimlari  tomonidan  qayd 

qilingan raqamlar buxgalteriya ma’lumotlariga mos kelish-kelmasligini tekshirib 

ko’rishi lozim.  

Shuningdek,  inventarizatsiyada  aniqlangan,  tovar  moddiy  zahiralar 

kamomadi  va  oshiqcha  chiqishini  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirish  va  soliqqa 

tortish masalalari ham o’rganiladi.  

Moddiy 


boyliklarning 

but 


saqlanayotganligini 

tekshirishda 

moddiy 

boyliklarning  to’liq  kirim  qilinganligini  va  chiqimga  to’g’ri  hisobdan 

o’chirilganligini aniqlash muhim o’rin egallaydi. Chunki ayrim hollarda ortiqcha 

xom  ashyo  hosil  qilinib,  undan  noqonuniy  maqsadlarda  «chapga  ketadigan» 

mahsulot ishlab chiqarishga yo’l ochib beriladi.  

Odatda,  moddiy  boyliklarni  kirim  qilishni  nazorat  qilish  mol  etkazib 

beruvchilardan kelib tushgan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish yo’li bilan amalga 

oshiriladi.  Bunday  hujjatlar  jumlasiga  to’lov  talabnomalari,  schyot-fakturalar, 

turli  ilovalar  (spetsifikatsiyalar,  sertifikatlar,  sifat  yorliqlari  va  hokazo)  qo’shib 

yuboriladigan tovar-transport yuk xat (nakladnoy)lari kiradi.  

Korxonaga  keltirilgan  moddiy  boyliklar  tegishli  omborxonaga  o’z  vaqtida 

kirim  qilinishini  yoki  agar  ular  darhol  tsexga  beriladigan  bo’lsa,  omborxona 

orqali rasmiylashtirilib, bu haqda hujjatlarda qayd qilinadi.  



 

 

280 



Shunday qilib, bu holda omborxona xodimi moddiy boyliklarning mavjudligi 

va  tsexga  berilganligini  tasdiqlaydi.  Bundan  tashqari,  moddiy  boyliklarni 

tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: 

*

 



 yo’ldagi  moddiy  boyliklar  va  fakturasiz  jo’natilgan  moddiy  boyliklarni 

hisobga olish ishlari to’g’ri bajarilishini; balansda ko’rsatilgan, yo’ldagi moddiy 

boyliklar qoldiqlarining haqqoniyligi; 

*

 



 10-«Materiallarning  pul  ifodasidagi  harakati»  qaydnomasining  to’g’ri 

yuritilishini;zimmalarida  moddiy  boyliklar  qoldiqlari  hisobda  turgan  moddiy 

javobgar shaxslarning hammasi ham har oyda  moddiy hisobotlarni topshirishini; 

aytilgan  hisobotlar  topshirilmay  turib(moddiy  javobgar  shaxsning  kasalligi  yoki 

boshqa  sabablarga  ko’ra)  korxona  rahbarining  alohida  farmoyishi  bo’yicha 

materiallar  hisobdan  chiqarilishini  va  hisobdan  chiqarilgan  materiallarning  soni 

va qiymatiga keyin topshirilgan hisobot bo’yicha o’zgartirishlar qilinishi;moddiy 

boyliklar  ishdan  bo’shagan  xodimlar  hisobida  turgan  hollar  borligini  (agar  bor 

bo’lsa,  buning  sabablarini  va  aybdor  shaxslardan  ularning  qiymatini  undirish 

uchun qanday choralar ko’rilganligini );kelib tushgan(mol etkazib beruvchilardan 

va hokazo ) moddiy boyliklar hisob baholari bo’yicha qiymatining 6 yoki 7-jurnal 

orderlarda aks ettirilgan baholar bo’yicha qiymatiga mos kelishini; sarflangan va 

sotilgan  materiallar  hamda  foydalanishga  berilgan  va  ishga  yaroqsizligi  tufayli 

hisobdan  chiqarilgan  arzon  baholi  va  tez  eskiruvchi  buyumlarning  eskirishi 

tegishli  balans  schyotlarida  to’g’ri  hisobga  olinganligini;  moddiy  boyliklarning 

amaldagi  tannarxini  ularning  hisob  baholari  bo’yicha  qiymatidan  farqi  to’g’ri 

aniqlanganligini  va  hisobdan  chiqarilganligini;  hisob  baholarini  qo’llash  qiyin 

bo’lgan  inflyatsiya  sharoitlarida  moddiy  boyliklarni  baholash  usuli  borasida 

korxonada  qanday  hisob  yuritish  siyosati  qo’llanilayotganligini;  transport-

tayyorlov xarajatlarining tarkibi to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinayotganligi; 

moddiy  boyliklarning  harakatiga  doir  muomalalar  16-qaydnomada  to’g’ri  va 

to’liq  aks  ettirilganligini;jo’natilgan  moddiy  boyliklar  uchun  xaridorlar 

zimmasidagi  qarzlarning  haqqoniyligini;  da’vo  qilish  muddati  tugagan,  to’lash 

muddati  o’tkazib  yuborilgan  qarzlarning  bor-yo’qligini;xaridorlar  tomonidan 




 

 

281 



qisman  aktseptlangan  yoki  bankka  to’liq  summada  to’lash  rad  qilingan,  bankka 

inkassaga  qo’yilgan  schyotlar  bor-yo’qligini,  bunday  hollarda  qanday  choralar 

ko’rilganligini; 

*

 



 omborxona 

xo’jaligining  ahvolini;moddiy  boyliklarning  saqlanish 

sharoitlarini;  materiallar  miqdor  va  sifat  ko’rsatgichlari  bo’yicha  to’g’ri  qabul 

qilinganligini;moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarni saqlash va 

hisobga  olish  tartibi  to’g’risidagi  yo’riqnomaning  bajarilishini,  ularni  saqlash 

qoidalarining  buzilish  sabablarini;  korxona  omborxonasi  hududidan  moddiy 

boyliklarning  transportda  yoki  transportsiz  olib  chiqib  ketilishi  ustidan 

nazoratning ta’minlanishini; omborxona binolarining texnik holatini; 

*

 

 moddiy  boyliklar  biriktirib  qo’yilgan  xodimlar  bilan  to’liq  moddiy 



javobgarlik  to’g’risida  yozma  shartnoma  tuzilganligini;  moddiy  boyliklarning 

omborxonadagi  harakati  to’g’ri  va  o’z  vaqtida  rasmiylashtirilishini; 

ishonchnomalarni  berish  va  ulardan  foydalanishga  doir  hisobotlar  tuzish 

qoidalariga rioya qilinishini; 

*

 

 moddiy  boyliklarning  ishlab  chiqarishga  to’g’ri  hisobdan  chiqarilishini; 



amaldagi  me’yorlarning  hozirgi  zamon  texnologiyasi  va  ishlab  chiqarishning 

tashkil qilinish darajasiga muvofiqligini;materiallarni qayta ishlash uchun chetga 

berishning  to’g’ri  rasmiylashtirilishini;  moddiy  boyliklarni  saqlash  va  tashishda 

tabiiy  kamayish  me’yorlariga  muvofiq  ularning  kamomadi  va  yo’qolishlarini 

hisobdan chiqarishning asoslanganligi va boshqa shularga o’xshashlarni.  

 

Tovar-moddiy  zahiralarining  to’liq  kirim  qilinishini  tekshirish  chog’ida 



auditor  mol  etkazib  beruvchilar  bilan  hisob-kitoblarning  shakllari  va  shartlarini, 

tanlangan  baholash  usulini,  sotib  olingan  qiymatliklar  bo’yicha  QQSni  qoplash 

tartibini hisobga olishi zarur.  

Tovar-moddiy  zahiralarining  tushumi  va  kirim  qilinishi  mol  etkazib 

beruvchilar  bilan  tuzilgan  shartnomalar  va  kuzatib  boruvchi  hujjatlar  (tovar-

transport  nakladnoylari,  schyot-fakturalar,  qodoqlash  (upakovka)  yorliqlari,  sifat 

guvohnomasi, qabul kvitantsiyasi va boshqalar) asosida tekshiriladi.  



 

 

282 



Omborxona  kirim  hujjatlarini  mol  etkazib  beruvchilarning  kuzatib  boruvchi 

hujjatlari  yoki  materiallarni  chakana  savdoda  naqd  pulga  sotib  olish  hujjatlari 

bilan solishtirish omborxonada sodir bo’lgan kirim muomalalarini tekshirishning 

umumiy usuli hisoblanadi.  

Tezkor  va  xizmat  yuzasidan  uzatiladigan  axborotlar  ham  auditorlik 

tekshiruvning  ob’ekti  hisoblanadi.  Masalan,  kelgan  yuklarni  hisobga  olish 

jurnalidan  moddiy  qiymatliklarning  assortimenti  va  etkazib  berish  muddatlari 

to’g’risidagi  ma’lumotlarni  mol  etkazib  beruvchilar  bo’yicha  olish  mumkin. 

Auditor  bunday  hisobning  mijoz-korxonada  qanday  tashkil  etilganligini 

o’rganadi.  Xususan,  har  bir  mol  etkazib  beruvchi  bo’yicha  shartnomada 

materiallarning  etkazib  berilish  muddatlari  va  assortimenti  ko’rsatilayotganligi, 

hamda haqiqatda olingan materiallarning assortimenti, olinish sanasi ko’rsatilgan 

holda  qabul  qilinganligi  tekshiriladi.  Operativ  hisobda  keltirilgan  axborotlarning 

ishonchliligini  aniqlash  uchun  auditor  ularni  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirilgan 

ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Kelayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol 

etkazib berish shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo’yicha 

auditor  tekshirilayotgan  davr  ichida  qanday  mol  etkazib  berishlar  amalga 

oshirilganligini aniqlashi mumkin.  

Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga 

ega  bo’lmagan  tadbirkorlardan  naqd  pulga  sotib  olingan  bo’lsa,  auditor  xarid 

dalolatnomalarining  mavjudligi  va  to’g’ri  rasmiylashtirilganligiga  e’tibor 

qaratadi.  Xarid  dalolatnomasida  quyidagi  majburiy  rekvizitlar  bo’lishi  lozim: 

sotuvchining  pasport  ma’lumotlari,  moddiy  qiymatliklarning  nomi,  miqdori  va 

qiymati.  

Olingan moddiy boyliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yukni qabul 

qilib  oluvchi  shtampasi  bosilgan  mol  etkazib  beruvchilarning  kuzatib  boruvchi 

hujjatlari,  kirim  dalolatnomalari,  kirim  orderlari  va  yukni  qabul  qilish  tartibiga 

ko’ra ayrim boshqa hujjatlar kiradi.  

Sotib  olingan  moddiy  boyliklarning  to’g’ri  baholanishi  va  to’liq  kirim 

qilinishini  tekshirishni  boshlashda  auditor  moddiy  boyliklarni  hisobga  oladigan 




 

 

283 



vedomostlarda  aks  ettirilgan  jami  summalarning  boshqa  hisob  registrlari 

ma’lumotlariga mosligini aniqlaydi.  

Moddiy  boyliklarning  to’liq  kirim  qilinganligini  tekshirishda  auditor  mol 

etkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol 

etkazib  beruvchilardan  kreditor  qarzlarning  haqqoniyligiga  e’tibor  qaratadi. 

Buning  uchun  u  buxgalteriya  hisobi  registrlaridagi  yozuvlarni  taqdim  qilingan 

schyotlar,  shartnomalar  va  mol  etkazib  beruvchilarga  to’langanlik  to’g’risidagi 

pul hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtiradi.  

Tovar-moddiy  zahiralarining  kirimiga  doir  muomalalarni  hujjatlar  bo’yicha 

tekshirish  chog’ida  qabul  qilishning  miqdor  va  sifat  qoidalariga  rioya  qilinishi; 

qabul  qilish  dalolatnomalari,  tijorat  dalolatnomalari,  qabul  qilishda  aniqlangan 

tafovut  dalolatnomalarining  to’g’ri  rasmiylashtirilishi;  moddiy  javobgar  shaxslar 

hisobotlari  va  isbotlovchi  hujjatlar  reestrlarining  buxgalteriyaga  o’z  vaqtida 

taqdim  qilinishi  aniqlanadi.  Tafovutlar  aniqlanganida  hujjatlarni  qarama-qarshi 

tekshiruvdan o’tkazish zarur.  

Moddiy  boyliklarning  to’liq  kirim  qilinganligini  tekshirishda  ichki  hujjatlar 

mol  etkazib  beruvchilarning  kuzatib  boruvchi  hujjatlari  bilan  solishtiriladi. 

Auditor  olingan  moddiy  boyliklar  sifati  va  miqdoridagi  tafovutlarning 

dalolatnomalar  bilan  to’g’ri  rasmiylashtirilganligi  va  mol  etkazib  beruvchilarga 

yoki  transport  tashkilotlariga  (masalan,  avtobaza,  temir  yo’l  kompaniyasi)  o’z 

vaqtida  da’vo  qo’zg’atilganligini  o’rganadi.  Ayrim  hollarda  bunday  tafovutlar 

moddiy  boyliklarni  o’zlashtirish  va  kamomadni  yashirish  maqsadida  qalbaki 

dalolatnomalarni rasmiylashtirish oqibatida yuzaga kelishi mumkin.  

Zarur  hollarda  auditor  moddiy  boyliklarni  kirim  qilish  uchun  asos  bo’lgan 

hujjatlarni  ularning  mol  etkazib  beruvchilarda  saqlanayotgan  nusxalari  bilan 

solishtirib, qarama-qarshi tekshiruv ham o’tkazadi.  

Korxonaga  tegishli  bo’lmagan,  ammo  uning  ixtiyorida  saqlanayotgan  yoki 

ishlatilayotgan  tovar-moddiy  zahiralar  shartnomalar  shartlariga  muvofiq, 

shartnomada ko’rsatilgan bahoda balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.  



 

 

284 



Ma’sul 

saqlash  uchun  qabul  qilingan 

moddiy 

boyliklar,  hamda 

buyurtmachining xom ashyosi sifatida qayta ishlashga qabul qilingan xom ashyo 

va  materiallar  korxonaning  o’ziga  tegishli  ishlab  chiqarish  zahiralaridan  alohida 

saqlanishi  va  hisobga  olinishi  lozim.  Bunday  moddiy  boyliklar  №21  BHMS  ga 

muvofiq  002  -  «Ma’sul  saqlashga  olingan  tovar-moddiy  boyliklar»  va  003-

«Qayta  ishlashga  qabul  qilingan  materiallar»  degan  balansdan  tashqari 

schyotlarda hisobga olinishi lozim.  

Hujjatsiz 

(schyot-fakturasiz) 

olingan 

materiallarni 

tekshirish 

ayrim 


xususiyatlarga  ega.  Ular  6010  -  «Mol  etkazib  beruvchilarga  va  pudratchilarga 

to’lanadigan  schyotlar»  (joriy  qismi)  yoki  7010  -  «Mol  etkazib  beruvchilar  va 

pudratchilarga  to’lanadigan  schyotlar»  (uzoq  muddatli  qismi)  schyoti  bo’yicha 

yuritiladigan  hisob  registrida  har  bir  olingan  materiallar  bo’yicha  alohida  so’ngi 

kirim qilingan partiya bahosi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o’rniga 

«N» harfi (fakturlanmagan) qo’yiladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim 

qilishga  doir  yozuv  hisobda  qanday  aks  ettirilganligini  aniqlashi  zarur.  Chunki, 

keyingi oyda mol etkazib beruvchilar hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu 

yozuvlar mol etkazib beruvchilarning hisob-kitob hujjatlariga asosan materiallarni 

haqiqiy  sotib  olish  bahosi  bo’yicha  kirim  qilish  bilan  bir  vaqtning  o’zida 

tuzatilishi (storno qilinishi) kerak.  

Hujjatsiz  mol  olingan  holatlar  mavjud  bo’lganida  auditor  quyidagilarni 

tekshiradi:  

*

 



 qabul 

qilish 


dalolatnomalarini 

tuzish 


tartibiga 

qanday 


rioya 

qilinayotganligi; 

*

 

 hujjatlarsiz  olingan  moddiy  boyliklarni  kirim  qilishning  to’liqligi  va 



to’g’riligi; 

*

 



 baho belgilashning to’g’riligi; 

*

 



 mol  etkazib  beruvchilarning  qarama-qarshi  hujjatlari  kelib  tushganda 

qilingan  tuzatish  (korrektirovka)  larning  to’g’riligi  (buning  uchun  auditor 

qabul  qilish  dalolatnomalaridagi  yozuvlarni  keyinchalik  olingan  mol  etkazib 

beruvchilar hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirishi zarur).  




 

 

285 



Agar  mijoz-korxona  hisobida  yo’lda  kelayotgan  ya’ni  puli  to’langan,  lekin 

hali  oy  oxirigacha  kelib  tushmagan  moddiy  boyliklar  mavjud  bo’lsa,  u  holda 

auditor  bunday  moddiy  boyliklar  qiymatini  buxgalteriya  hisobi  va  balansda  aks 

ettirishning  ishonchliligini  tasdiqlashi  uchun  ular  keyinchalik  olinganligi  va  puli 

to’langanligi  yoki  balans  tuzilayotgan  sanaga  kreditor  qarzlar  tarkibiga 

kiritilganligiga ishonch hosil qilishi zarur.  

Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida auditor 

olinayotgan  moddiy  boyliklar  bo’yicha  QQSning  hisobda  aks  ettirilishini  ham 

tekshiradi.  

№4  –«Tovar-moddiy  zahiralar»  nomli  BHMSda  tovar-moddiy  zahiralarini 

sotib  olish  xarajatlarining  taxminiy  tarkibi  keltirilgan.  Ularga,  xususan, 

materiallarni  tayyorlash  va  tashib  keltirish,  import  bojxona  to’lovlari  va 

yig’imlari,  mahsulotlarni  sertifikatsiyalash  xarajatlari,  ta’minotchi  va  vositachi 

tashkilotlarga  to’langan  komission  to’lovlar,  soliqlar  (korxona  keyinchalik 

qaytarib  oladigan soliqlardan  tashqari,  masalan, qo’shilgan  qiymat  solig’i kabi), 

hamda  tayyorlov-transport,  xizmat  ko’rsatish  va  zahiralarni  sotib  olish  bilan 

bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar kiradi. Savdo diskontlari, chegirmalar 

va shunga o’xshash summalar tovar - moddiy zahiralarni sotib olish xarajatlarini 

aniqlashda chegirib tashlanadi. 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida 

yoxud  1000  (1010-1090)  –  «Materiallarni  hisobga  oladigan  schyotlar»da 

aniqlanib,  hisobdan  o’chirilgan  transport-tayyorlov  sarflari  yoki  hisob 

baholaridan  chetga  chiqishlarni  tekshirishda  transport  tashkiloti  yoki  vositachi 

tashkilot  to’lovga  taqdim  qiladigan  schyot,  tovar-moddiy  zahiralar  kirim 

qilinganidan  so’ng  kechikib  olingan  holatlarga  e’tibor  qaratilishi  kerak.  Bunday 

holda  transport  sarflari  materiallarni  kirim  qilishda  ularning  haqiqiy  tannarxiga 

qo’shilishi mumkin emas.  

Korxonaning omborxona-tayyorlov apparatini saqlash uchun qilingan sarflari, 

uning  hisob  siyosatida  ko’rsatilgan  qoidalarga  muvofiq  tayyorlangan  materiallar 

tannarxiga  qo’shilishi  mumkin.  Bunday  sarflar,  odatda,  hisobot  oyining  oxirida 

taqsimlanadi.  




 

 

286 



Amaldagi  qoidalarga  muvofiq  moddiy  boyliklar  hisob  va  hisobotda  haqiqiy 

tannarxi  bo’yicha  aks  ettirilishi  lozim.  Haqiqiy  tannarx  ularni  sotib  olish  uchun 

qilingan  sarflar  (transport  -  tayyorlov  xarajatlari),  ushbu  resurslarni  etkazib 

beruvchi  tomonidan  taqdim  qilingan  qarz  hisobiga  sotib  olganlik  uchun 

to’lanadigan  foizlarni  ham  qo’shgan  holda  aniqlanadi.  Shuningdek,  tashqi 

iqtisodiy  va  boshqa  tashkilotlarga  to’langan  xizmat  haqlari,  ustama  haqlari, 

bojxona  to’lovlari,  chet  tashkilotlar  tomonidan  amalga  oshirilgan  saqlash, 

yuklash-tushirish  va  tashish  xarajatlari  (QQS  siz)  ham  haqiqiy  tannarxga 

qo’shiladi.  

Agar ishlab chiqarish zahiralari hisob baholari bo’yicha hisobga olinsa, ushbu 

baholar  va  sotib  olingan  materiallarning  haqiqiy  tannarxi  o’rtasidagi  farqlarni 

tovar-moddiy zahiralarning turlari o’rtasida taqsimlash ishlari audit ob’ekti bo’lib 

hisoblanadi.  

Korxona  faoliyatining  moliyaviy  ko’rsatkichlari  ishlab  chiqarish  zahiralarini 

baholash usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog’liq. Tovar-moddiy zahiralar 

yil  davomida  har  xil  baholarda  sotib  olinganligi  sababli,  ularning  to’g’ri 

baholanganligini  aniqlash  asosiy  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Ishlab 

chiqarish  zahiralarining  yakuniy  qiymatini  maxsus  baholash  usullari  yordamida 

tartibga  solish  mumkin.  Tekshiruv  usuli  korxonada  tovar-moddiy  zahiralarni 

hisobdan  o’chirishning qaysi  uslubi  (har  xil  moddiy  boyliklar uchun  ular  xilma-

xil bo’lishlari mumkin) qo’llanilishiga bog’liq.  

№4 - «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSga muvofiq, ishlab chiqarishga 

xarajat  qilinadigan  moddiy  boyliklarning  haqiqiy  tannarxini  aniqlash  chog’ida 

ishlab  chiqarish  zahiralarini  baholashning  quyidagi  usullaridan  foydalanish 

tavsiya qilinadi: 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish